Urganch davlat universiteti


Ilmiy tadqiqot natijalarini ifodalovchi tezis,maqola,monografiyalarni tayyorlashda bilimning ahamiyati va ularning taqdimoti. Bilim



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə13/82
tarix13.09.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#63601
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi u

Ilmiy tadqiqot natijalarini ifodalovchi tezis,maqola,monografiyalarni tayyorlashda bilimning ahamiyati va ularning taqdimoti. Bilim — kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar va ilmning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va hodisalarga (qoidalarga) zid kelmasa bunday ishonch bilim hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:
birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi;
ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi;
uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni bilim darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmaslikdan bilishga, mavhum bilimlardan mukammal va aniq bilimlar hosil qilish tomon boradi. Kishining moddiy dunyo toʻgʻrisidagi bilimi nisbiydir, u doimo rivojlanib boradi. Bilim kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi. Bilimlarni tadqiq etuvchi taʼlimot — epistemologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy — kundalik (sogʻlom aql) va ilmiy bilim shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda bilimlarning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari bilimlarga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va ilmiy sohalarga oid bilimlar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan bilimlar ekzoterik (koʻzga tashlanuvchan) bilimlar deb atalsa, astrologiya, va shahrik. sohalarga oid bilimlar ezoterik (pinhoniy) bilimlar deyiladi. Ilmiy tadqiqot natijalarini ifodalovchi tezis,maqola,monografiyalarni tayyorlashda bilimning ahamiyati juda katta. Tadqiqotchi tadqiqot natijalarini aniq dalillarni keltirgan holda chiroyli qilib,o’quvchiga tushunarli holda yetkaza bilishi lozim. Qanday qilib? Albatta tezis,maqola yoki monografiyalar orqali.
Tezis (yun. thesis — qoida, isbot) — I) keng maʼnoda — baxeda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; tor maʼnoda — asosiy fikr, prinsip; 2) mantiqda isbot kilishni talab etuvchi fikr, mulohaza.
Maqola — publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:

  1. Kirish — bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.

  1. Asosiy qism — muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi.

3. Xulosa — mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til meʼyorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo'lishi lozim. Maqola Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha maʼlumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Monografiya (mono... va ... grafiya) — muayyan mavzu yoki muammoni, biror olim yoki yozuvchi hayoti va faoliyatini atroflicha, chuqur tadqiq etuvchi ilmiy asar. M.da yoritilayotgan masala boʻyicha mavjud adabiyot umumlashtiriladi va tahlil etiladi, fanni rivojlantirishda yordam beradigan faraz va xulosalar ilgari suriladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin