Urganch davlat universiteti



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə25/82
tarix13.09.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#63601
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi u

Informatizastiya nisbatan yangi atama bo‘lib, bizga ilgari ham tanish bo‘lgan “avtomatizastiya”, “kompyuterizastiya”, «elektronizastiya” kabi tushunchalar bilan birga ishlatilmoqda.
Bir qator mualliflar fikricha “Informatizastiya o‘ziga uchta bir – biriga bog‘liq jarayonni mujassamlashtiradi”19 :mediatizastiya – axborotni yig‘ish, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni; kompьyuterizastiya – axborotni izlash, qayta ishlash vositalarini takomillashtirish jarayoni; intellektualizastiya – axborotni yaratish va idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish jarayoni, ya’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish. Bu uch jarayon, ayniqsa ular jamiyatga jadal suratlar bilan kiritilgan ijtimoiy tizimni radikal o‘zgarishiga olib keladi.
Axborot texnikasi insonni og‘ir va ba’zan mazmunsiz jismoniy mehnatdan insonni ozod qiladi. Aqliy mehnatning ahamiyati va salmog‘i oshib boradi. Mehnat, inson ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy va ijtimoiy kuchlarni o‘zgartirish jarayoni sifatida, insonning mehnat predmeti bilan bilvosita aloqasi kuchayishi bilan tavsiflanadi. Agar ilgari mehnat qurollari inson tabiiy jismoniy a’zolarining davomi hisoblangan va ularni kuchaytirishga xizmat qilgan bo‘lsa, endi axborot qurilmalari inson aqlining ishini davom ettiradi va kuchaytiradi. Malakasiz mehnatning juda ko‘p shakllari o‘rnini malakali mehnat egallaydi. Axborot texnologiyasining rivojlanishi mehnatkashlar ma’lumot va malaka darajasining o‘sishiga, ishlab chiqarishda yuqori malakali mutaxassislar miqdorining ko‘payishiga va past malakali kasblar sonining kamayishiga olib keladi. Mehnat unumdorligiga mehnatning og‘irlashishi natijasida emas, balki bu ishning oqilona bajarilishi natijasida erishiladi. Mehnat jarayoni ijodiy faoliyat turiga, insonning o‘z qobiliyatini namoyon etish vositasiga aylanadi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish o‘rnini insonni intelektual o‘stirish egallaydi, inson qobiliyatini rivojlantirish hayotiy faoliyatning asosiy shakliga aylanadi, mehnatning insonparvarlashuvi sodir bo‘ladi.
Ishlab chiqarishni axborotlashtirish va avtomatlashtirish ishchilar va xizmatchilarga turli talablar qo‘yib, ularni bevosita ishlab chiqarish jarayonidan olib chiqadi va mazkur jarayon bilan bir qatorda turuvchi sub’ektlarga aylantiradi. Inson shaxsining o‘ziga xosliklarini namoyon etish uchun shart-sharoit va ijtimoiy erkinlikni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratiladi. Bir kasbiy faoliyatdan boshqa kasbiy faoliyatga o‘tish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Mehnat ijtimoiy yoki shaxsiy zaruriyatga qarab o‘zgaruvchi xususiyat kasb etadiki, bu standartlashtirilgan ommaviy ishlab chiqarishdan moslashuvchan, ya’ni ko‘p o‘zgaruvchi, iste’molchilarning ommaviy ehtiyojlariga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishga o‘tishda muhim ahamiyatga egadir. Axborot texnikasi ilgari olingan axborotni izlashni engillashtiradi va yangi ilmiy muammolarni qo‘yish maqsadida olingan natijalarga qat’iy baho berish uchun shart-sharoit yaratadi. Bundan tashqari, kompьyuterlar tadqiqot natijalarini oldindan taxmin qilishi va hatto bunday natijaga erishish yo‘llari va vositalarini belgilashi, ya’ni tadqiqotning ideal rejasini tuzishi mumkin. Xullas, ilmiy faoliyatning barcha bosqichlarida axborot texnikasi tadqiqotchiga yaqindan yordam beradi.
Kompyuterlar ilmiy xodimlarni og‘ir mehnatdan xalos etib, ilmiy ijod uchun qo‘shimcha imkoniyat, ijodiy tafakkur erkinligining oshishi uchun shart-sharoit yaratmoqda. Kompьyuterlar olimga juda katta axborot to‘plamidan foydalanish imkonini beradi, tizimli tadqiq qilish va ilmiy modellashtirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Axborot texnologiyasi yordamida ilmiy bilimlar formallashtiriladi va ayni vaqtda ma’lumotlarni ifodalashning ko‘rgazmali shakllari (sxemalar, grafiklar)dan foydalaniladi. Axborot texnikasi ilgari olingan axborotni izlashni engillashtiradi va yangi ilmiy muammolarni qo‘yish maqsadida olingan natijalarga qat’iy baho berish uchun shart-sharoit yaratadi. Bundan tashqari, kompьyuterlar tadqiqot natijalarini oldindan taxmin qilishi va hatto bunday natijaga erishish yo‘llari va vositalarini belgilashi, ya’ni tadqiqotning ideal rejasini tuzishi mumkin. Xullas, ilmiy faoliyatning barcha bosqichlarida axborot texnikasi tadqiqotchiga yaqindan yordam beradi.
Hozirgi zamon fanining rivojlanishi, xususan, ilmiy tadqiqot usullari va vositalari muttasil murakkablashib borishida namoyon bo‘ladiki, bu axborot texnikasini qo‘llashni taqozo etadi. Bunday holat ilmiy tadqiqotning barcha darajalari – empirik darajasiga ham, nazariy darajasiga ham xos. Empirik tadqiqot bosqichida informatika ilmiy eksperimentni hunarmandchilik ko‘rinishidagi faoliyatdan katta-katta axborot to‘plamlarini avtomatlashtirilgan yo‘sinda olish va ularga ishlov berishga yo‘naltirilgan zamonaviy ilmiy tahlilning alohida turiga aylantirish uchun imkoniyat yaratadi. Nazariy tadqiqot bosqichida axborot texnikasi har xil ilmiy gipotezalarni tekshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, tartibga keltirilmagan ma’lumotlar yig‘indilarini ilmiy-nazariy qoidalarga aylantirishga yordam beradi.
Axborotni kiritish, unga ishlov berish, uni saqlash va berish uchun fanda avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari – mantiqiy, matematik, lingvistik va texnik vositalarning o‘zaro bog‘liq majmuidan keng foydalanilmoqda. Bunda avtomatlashtirilgan axborot- qidiruv tizimiga qo‘yiladigan talablar yo tadqiqot ob’ekti tomonidan, yo mazkur fan sohasining nazariy negizi va axborot-texnika vositalari yordamida shakllanadi. Bunday tizimlar matematik usullar va algoritmlar majmui shaklida matematik ta’minlash vositalariga ega bo‘ladi. Mazkur vositalar eksperimentlarning natijalariga ishlov beradi, qarorlar qabul qilish usullari va algritmlarini belgilaydi. O‘ta murakkab hodisalar va jarayonlarni tadqiq qilishga fanning o‘tishi, qisqa muddatda aniq natijalarga erishish talabining qo‘yilishi fanda eksperimentlar o‘tkazish va ularning natijalariga ishlov berishni avtomatlashtirishni taqozo etadi

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin