doliy», ya‟ni «dolga o„xshash kof» deb ham ataganlar. Demak, kof, gof harflari
alif va lom harflari bilan bog„langanda, o„zgacha shakl kasb etadi
Isloh qilingan eski o„zbek yozuvi haqida. Asrlar davomida qo„llanib
kelingan arab alifbosi xalq ommasining savod chiqarushi uchun birmuncha
qiyinchilik tug„dirardi. Shuning uchun ham o„zbek ziyolilari oldida alifboni
soddalshtirish yoki boshqa osonroq imloni qabul qilish masalasi ko„ndalang
turardi. Nihoyat, 1921 yilda arab yozuvi isloh qilindi. Ya‟ni yozuv oldingisiga
nisbatan birmuncha soddalshtirildi. Ommaning osonroq savod chioqarishi uchun
muayyan qulaylik yaratildi.
Isloh talabiga muvofiq, yozuvda barcha harflar ifodalandi, arab tiliga xos
bo„lgan tovushlarni ifodalovchi ayrim harflar ( ﺚ ,ز ,,ﺺ , ﺾ , ﻄ , ﻈ ) yozuvdan
butunlay chiqarib tashlandi. Ular o„rniga esa talaffuzi jihatidan o„zbek tilidagi
tovushlarga yaqin bo„lgan harflar qo„llaniladigan bo„ldi. Eski yozuvdagi ﺺ (sod),
ﺚ (se), harflari o„rniga isloh qilingan alifboda ظ (sin) harfi, ﻈ (zo), ﺾ (zod), ز
(zol) harflari o„rniga ض (ze), ﻄ (to) harfi o„rniga ﺖ (te) ishlatila boshlandi
Ma‟lumki, eski yozuvda qisqa unlilar yozuvda ifodalanmas edi. Isloh
qilingan arab alifbosida esa ular yozuvda to„la aks etadigan bo„ldi. Hatto ular
uchun maxsus harfiy belgilar ishlab chiqildi. Eski yozuvda ﻮ (vov) harfi uch xil
tovushni, v, o„ va u ni ifodalab kelar edi. Isloh qilingan yozuvda esa ular bir biridan
farqlanib turuvchi harfiy belgilar bilan yoziladigan bo„ldi.
Eski yozuvda ﻯ harfi isloh qilingan yozuvda uch xil ifodalanadi. Eski
yozuvdagi ﮛﻨ (ng) yoki ﮛﻨﯿ (ing) tovushi birikmalari isloh qilingan alifboda ﯔ
yoki ﯕ shakllariga muvofiq kelgan.
Dostları ilə paylaş: |