Urganch davlat universiteti


-MA‟RUZA  Mavzu: O„zbek xalqi boshidan kechirgan yozuvlar



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/51
tarix26.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#51586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
IMLO MAJMUA 21-22

2-MA‟RUZA 

Mavzu: O„zbek xalqi boshidan kechirgan yozuvlar. 

 

Reja

1. Qadimiy yozuvlar haqida. O„rxun-Enasoy bitiklari yozuvi. 

2. Uyg„ur yozuvi namunalari. Ayrim harfiy belgilar va alifbo tizimlari. 

3. Arab yozuvi tarixidan. Lotin va kirill yozuvlari  

4. Qadimiy yozuvlarda bizgacha yetib kelgan manbalar.  

 

Qadimiy  yozuvlar  haqida.  O„rxun-Enasoy  bitiklari  yozuvi.  Yozuvning 

paydo bo„lishi insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk madaniy kashfiyotlardan 

sanaladi.  Yozuv  jamiyat,  til,  adabiyot,  san‟at  tarixini  o„rganish,  insoniyat  qo„lga 

kiritgan madaniy obidalar, fikriy natijalarni avloddan-avlodga yetkazishda muhim 

ahamiyat kasb etadi. Yozuvlar jamiyat taraqqiyotini yana ham jadal sur‟atlar bilan 

rivojlanishiga  olib  keldi.  Yozuvlar  orqali  biz  nafaqat  tilimiz,  balki  ota-boblarimiz 

turmush tarzi, urf-odatlari, kasb-kori, davlat tuzilishi va boshqa jihatlari to„g„risida 

keng ma‟lumotlarga ega bo„lamiz. 

Yozuvlarning  hozirgi  ko„rinishlari  talab  va  ehtiyojlar  tufayli  oldin  paydo 

bo„lgan  yozuvlarni  takomillashtirish  hamda  bir  qancha  izlanishlar  natijasida 

yuzaga  kelgan.  Ayniqsa  harfli  yozuvlar  asosida  paydo  bo„lgan  ilmiy  simvolika 

tafakkur  taraqqiyotini  tezlashtirishda,  fikrlash,  o„ylash  qobiliyatlarining  yuqori 

darajaga ko„tarilishida muhim rol o„ynagan. 



 

Ilmiy  manbalarda  ta‟kidlanishiga  ko„ra  insoniyat    o„z  taraqqiyoti  davomida 



piktografik,  ideografik,  bo„g„inli  va  alifboli  yozuvlardan  foydalanib  kelgan. 

Yozuvlar  tarixida  alifboli  yozuv  alohida  ahamiyatga  ega.  Alifboli  yozuvlarning 

dastlabki shakllari miloddan oldingi 1-mimg yillikda Nil vodiysiga bostirib kirgan 

giksos  qabilasida,  keyinchalik  Finikiyada  rivojlangaligi  tarixiy-ilmiy  manbalarda 

ta‟kidlanadi. 

Keyingi  ma‟lumotlarga  qaraganda,  hozirgi  kunda  dunyoda  3  mingdan  ortiq 

tillar mavjud bo„lib, bu til egalari bir qancha yozuvlardan foydalanadilar. Jahonda 

hozirgi paytda eng keng tarqalgan yozuv bu – lotin alifbosi asosidagi yozuv bo„lib, 

undan  dunyo  aholisining  30  foizi  foydalanadi.  Bundan  tashqari,  ieroglif  (Xitoy) 

yozuvidan  25  foiz,  Hind  yozuvidan  20  foiz,  arab  yozuvidan  10  foiz,  kirill 

yozuvidan  10  foiz,  Yunon,  Yahudiy,  Gruzin,  Arman,  Efiopiya  va  boshqa 

yozuvlardan 5 foiz dunyo aholisi foydalanadi.

1

 


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin