1. Abu Hayyonning turkcha-arabcha «Kitob-ul idrok li-lisonul atrok» asari
10
3. Alisher Navoiyning «Muhokamat-ul lug„atayn» asari (XV asr). Sart (fors-
tojik) va turkiy til (o„zbek tili)ning she‟riyat sohasidagi imkoniyatlarini
qiyoslashga va o„zbek tilining boyligini namoyon qilishga bag„ishlangan ilmiy
asar. O„zbek tilida (turkiy til) yozilgan bu asarda sart va turkiy tillarning tabiati,
o„zbek tilining fonetik va leksik-grammatik imkoniyatlari, uslubiy xususiyatlari
batafsil ilmiy dalillar bilan ochib berilgan. Shu sababdan mazkur asar tilimiz
tarixini o„rganishda qimmatli ilmiy manba bo„lib xizmat qiladi.
4. Toli‟ Imoniy Hiraviyning Navoiy asarlari asosida tuzgan turkcha-forcha
«Badoe‟ ul lug„at» va «Abushqa» lug„atlari (XV asr).
5. Muhammad Ya‟qub Chingiyning «Kelurnoma» nomli o„zbekcha-forscha
lug„ati (XVII asr).
6. Muhammad Rizo Xoksorning Navoiy asarlarida uchraydigan qiyin
so„zlarni o„zbek tilida izohlab beruvchi «Muntaxab-ul lug„at» (XVII asr).
7. Mirzo Mahdiyxonning Navoiy asarlari so„zligini fors tilida izohlashga
qaratilgan («Mabani-ul lug„at») «Sanglox» lug„ati (XVIII asr).
8. Fath Alixon Kojariyning Navoiy asarlari asosida tuzilgan va 8ming so„z
izohini o„z ichiga olgan «Lug„ari atrokiya» (XIX asr) asarlari shunday manbalar
jumlasiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: