Havoning nisbiy namligini aniqlash Havoning nisbiy namligini aniqlash uchun ikki xil aspiratsion va sodda
psixrometrlardan foydalaniladi.
Havoning nisbiy namligini quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
h x
A (
t k
t x )
H
100
h c Bu erda:
- havoning nisbiy namligi, %;
h x - havodagi to‘yingan suv bug‘i bosimi, mm.qo‘rg‘.ustuni
(ho‘l termometr ko‘rsatkichi bo‘yicha)
h c
bu ham,
t k
quruq termometr harorati;
H – barometrik bosim, mm.qo‘rg‘.ustuni;
A - havo harakati tezligiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient.
(Yuqoridagi ko‘rsatkichlar qiymatlarini S.S. Ivanov va O.A. Filatovlarning «Texkontrol v
xlopkopryadenii» kitobining 1 va 2 jadvalidan olinadi).
Aspiratsion psixrometr yordamida havoning nisbiy namligini aniqlash. Aspiratsion psixrometr yordamida nisbiy namlik aniqlanadi. U metall qobiqqa
joylashtirilgan ikkita quruq va nam termometrlardan tashkil topgan.
Termometrning har bir ko‘rsatkichi oralig‘i 0,2
0
S. Quruq termometr bu oddiy
termometrdir. Ho‘l termometrning pastki zoldiriga yupqa ip gazlama bilan o‘ralgan bo‘lib,
maxsus moslama yordamida ho‘llab turiladi. 1 va 2 termometr yonidan havo o‘tadi va u
ventilyator yordamida doimiy tezlikda so‘rib olinadi.
Agar psixrometr hozirgina binoga olib kirilgan bo‘lsa, termometr qo‘rsatkichi bino
harorati bilan bir xil bo‘lmaguncha kutib turiladi, so‘ngra tekshirish boshlanadi.
ho‘l termometr zoldiriga o‘ralgan gazlamani yo‘niqnomada ko‘rsatilgandek qilib ho‘llagach,
soat mexanizmi yoki elektrodvigatel ishga tushiriladi. Biroz (4-5 minut) kutib turilgach, quriq
va ho‘l termometrlar ko‘rsatkichi aniqlanadi. Har bir kuzatish oralig‘i 5 minutdan kam
bo‘lmasligi kerak. Bu ikki termometr ko‘rsatkichi aniqlangach jadvaldan nisbiy namlik
aniqlanadi (S.S. Ivanov va O.A. Filatova «Texnicheskiy kontrol v xlopkopryadeniy». 13-bet,
3- jadval).