Urganch davlat universiteti «yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari»



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/38
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175004
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Xom ashyoni yigirishga tayyorlash 22

Laboratoriya ishining maqsadi: 
Kimyoviy tolalar va ularning xossalari o‘rganish. 
Laboratoriya darsi uchun kerak bo‘lgan anjomlar va materiallar: 
To’qimachilik 
tolalari

kimyoviy tolalar bo’yicha piakatlar va na’munalar . 
 
Topshiriq 


1.
To’qimachilik tolalarining olinishi. 
2.
To’qimachilik tolalarining siniflanishi. 
3.
Kimyoviy tolalar va ularning xossalari. 
Uyda: 
Laboratoriya ishi bo’yicha hisobot tayyorlang. 
Asosiy ma’lumot 
To‘qimachilik tolasi 
deb, egiluvchan, pishiq, uzunligi chegaralangan, to‘qimachilik 
mahsulotlarini ishlab chiqarishga ishlatiladigan xom-ashyodir. 
Elementar tola 
- uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan yakka tolaga aytiladi. 
Kompleks(texnik) tola 
- uzunligi bo‘yicha bir qancha elementar tolalarning birikishiga 
aytiladi. 
Tabiiy tolalar 
- tabiatdan (o‘simliklardan, jonivorlardan va ma’danlardan) olingan 
tolalar. 
Kimyoviy tolalar 
- tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali moddalardan olingan 
kompleks iplarni kesish yoki uzish usuli bilan ishlab chiqarilgan tolaga aytiladi. 
To‘qimachilik tolalarining olinishi 
Tabiiy tolalar uch guruhga: o‘simliklardan (paxta, zig‘ir, kanopli, kanop, sizal va 
hokazo), jonivorlardan(jun, ipak), ma’danlardan olinuvchi(tosh paxta) tolaga bo‘linadi. 
Paxta issiq iqlimli joylarda etishtiriladi. g‘o‘zaning asosiy qismi chigitni qoplab turgan 
tola bo‘lib, eng muhim to‘qimachilik xom ashyodir. Paxta pishgandan so‘ng, qo‘lda va 
mashinada terib olinadi va ularni dastlabki ishlash zavodlarida tolalar chigitdan ajratiladi. 
Paxta tolasi ko‘pgina ajoyib xossalarga ega: juda qayishqoq ilashuvchan, ingichka, lekin 
pishiq va cho‘zishga chidamli, yaxshi bo‘yaladi. SHu xossalari tufayli paxta tolalaridan turli- 
tuman kalava iplar olinadi va ulardan juda nafis gazlamalardan (mayya, batst, shifon, va h.k) 
tortib, ro‘zg‘orda keng ishlatilagan matolar (chit, satin, surp va h.k), dag‘al (payandozlar, 
shalchalar) va texnikada keng ishlatiladigan to‘qimalar (kord, kirza, belting) olinadi. 
Poya po‘stlog‘idan olinuvchi tolalar -har xil o‘simliklarning poyalarida, barglarida 
bo‘ladi. To‘qimachilik sanoatida asosan poya po‘stlog‘idan olinadigan tolalar ishlatiladi. 
Ulardan eng muhimi zig‘ir tolasidir. To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan 
poya 
po‘stlog‘idan olinuvchi tolalar ichida zig‘ir tolasi 95-97 foizni tashkil qiladi. 
Po‘stlog‘idan olinuvchi tolalar zig‘ir, kanop va boshqa o‘simliklarning poyasida dasta- 
dasta bo‘lib joylashgan bo‘ladi. Tolalarni poyasidan ajratib olish uchun o‘simliklar uzoq 
muddat hovuzalarda ivitilishi yoki kimyoviy moddalar ta’sirida ishlov berilishi, siqish, 
yuvish, quritish, so‘ngra ezish va titish kerak. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin