Urganch davlat universiteti «yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari»



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/38
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175004
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Xom ashyoni yigirishga tayyorlash 22

Tosh paxta 

ma’danlardan olinuvchi tola bo‘lib, ba’zan tog‘ jinslari ana shu ma’dan 
toladan tashkil topadi. Rossiyada tosh paxta, asosan Uralda ishlab chiqariladi. Uning uzunligi: 
6-18 mmni tashkil qiladi. Undan faqatgina yo‘g‘on kalava iplar ishlab chiqariladi. Tosh 
paxtani 10 foizgacha boshqa tolalarga aralashtirib yigiriladi. Tosh paxta yonmaydi, issiqlikni 
yomon o‘tkazadi. SHuning uchun o‘ta chidamli gazlamalar to‘qishda va himoya materiallari 
tayyorlashda ishlatiladi. 
Kimyoviy tolalar 
guruhiga sun’iy va sintetik tolalar kiradi. 
Sun’iy tola 
- yuqori birikmali moddalarni kimyoviy ishlov berish yo‘li bilan olinadi. 
YA’ni tabiiy tolalarning chiqindi (sellyuloza va oqsil) larini qayta ishlab, so‘ng kimyoviy 
moddalar ta’sir ettirish yo‘li bilan xosil qilinadi. 
Viskoza 

sellyulozaning efiri ksantogenat sellyulozadan olinadi. Tolalari bir tekis, 
ularni yigirish oson, yaxshi bo‘yaladi, narxi arzon, lekin ho‘l holatda pishiqligi 50 foizga 
qadar kamayadi. Asosan sof va boshqa tolalarga qo‘shib ishlatiladi. 
Atsetat tolasi 

sellyulozaning efiri asetil sellyulozadan olinadi. Atsetat tolasining 
xususiyati viskoza xususiyatiga yaqin. 
Miss-ammiak tolasi 

Bunday tola paxta sellyulozasidan tayyorlanadi. Paxta 
momig‘ini mis-ammiak reaktivida eritish yo‘li bilan yigiruv eritmasi olinadi. Bunday tola ho‘l 
usulda olinadi; cho‘ktirish vannasiga suv yoki kuchsiz ishqor eritmasi solinadi. Mis-ammiak 
tolaning ko‘ndalang kesimi deyarli yumaloq, bo‘ylama ko‘rinishi silindr shaklida, viskoza 
tolalariga qaraganda ingichkaroq, mayinroq, kamroq tovlanadi va ho‘l holatida pishiqligini 
yo‘qotadi. 
Bu tola viskoza tolalariga qaraganda ingichkaroq, mayinroq, kamroq tovlanadi va ho‘l 
holatda 40-45 %gacha pishiqligini yo‘qotadi. Mis-ammiak tolalarining kimyoviy xossalari 
viskoza tolalarining xossalariga o‘xshaydi. Bu tolalar unchalik ko‘p ishlatilmaydi, chunki 
ularni ishlab chiqarishga viskozaga nisbatan ko‘p mablag‘ sarflanadi. 
Kazein tolasi- 
Bu tola turi asosan tarkibida oqsil bo‘lgan maxsulot (sut) turlari va 
ularning chiqindilarini qayta ishlash yo‘li bilan ishlab chiqariladi. Kazein tolasi koza ya’ni 
echkini suti va uni chiqindilaridan ishlab chiqariladi. Asosan kazein tolasi Italiyada ishlab 
chiqariladi va junga qo‘shib ishlatiladi. 
Zein tolasi- 
AQSHda makkajo‘xori oqsilidan va uni chiqindilarini qayta ishlab zein 
(vikara) tola ishlab chiqariladi. Bu tola turi jun, viskoza va ba’zi bir sintetik tolalarga qo‘shib 
ishlatidi. Er yong‘oq oqsilidan tola olish usuli ham ma’lum. Go‘sht, konserva, baliq va tabiiy 
ipak sanoati chiqindilaridan oqsil tolalarini olish yo‘llari ham ishlab chiqarilgan. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin