Urganch davlat universiteti «yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari»



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/38
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175004
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Xom ashyoni yigirishga tayyorlash 22

Sintetik tolalar – 
quyi molekulali moddalardan sintez yo‘li bilan polimerlar ishlab 
chiqarish yo‘li bilan xosil qilinadi. 
Kapron tolasi
-
kaprolaktam monomerini sintezlab olinadi. Tolasi juda pishiq, uni har 
xil chiziqli zichlikda ishlab chiqarish mumkin, ho‘l holatida pishiqligi deyarli o‘zgarmaydi. 
Kaprondan turli xil ko‘ylaklar va texnikada ishlatiluvchi gazlamalar, trikotaj matolar 
ishlab chiqariladi. 
Lavsan tolasi 

yuqori molekulali poliefirli birikmalardan olinadi. Lavsan tola.va ip 
ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Bu tola pishiq, qayishqoq, erish harorati yuqori. Lavsandan 
asosan ko‘ylakbop, kostyumbop, plashbop gazlamalar ishlab chiqariladi. 
Nitron tolasi 

poliakrilnitril yuqori molekulali birikmalardan olinadi. Asosan tabiiy 
jun tolasiga aralashtirilgan holda ishlatiladi. Nitron ipining pishiqligi kapron va lavsanga 
qaraganda past, lekin sirti tukli bo‘ladi. Bu esa tolaning va undan to‘qiladigan gazlamalarning 
issiqlikni saqlash qobiliyatini oshiradi. Toza nitron ipi asosan trikotaj mahsulotini to‘qish 
uchun ishlatiladi. 
Xlorin tolasi- 
Xlorin etilen yoki atsitelendan ishlab chiqariladi. Polivinilxlorid tolalar 
Fransiyada rovil, termovil, GFRda PS, Yaponiyada tolon deb ataladi. Xlorin qayishqoq, suv, 
kislota va ishqorlar, oksidlovchilar ta’siriga chidamli, chirimaydi, mogordan shikastlanmaydi. 


Issikdi saqlash xossalari jihatidan xlorin jundan qolishmaydi. Uning uzilishdagi uzayishi 18- 
24 %, gogroskopikligi juda past - 0,1%. Xlorin yorug‘lik ta’siriga uncha chidamaydi. 
Xlorinning asosiy kamchiligi - issiqqa chidamsizligi. Xlorin 60 °S da butunlay kirishadi, 90 
°S da esa emiriladi. Xlorin yonmaydi va alangani avj oldirmaydi. U alangaga tutilganda 
jizg‘anak bo‘lib kuyadi, dustning hidi anqiydi. 
Ishqalanganda elektr zaryadlarini yig‘ish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun xlorin 
davolashda ishlatiladigan kiyimlar tikishda qo‘llaniladi. Polivinilxlorid tolalar relefli shoyi 
gazlamalar, gilam, sun’iy mo‘yna, texnik gazlamallar tayyorlashda ham ishlatiladi. 
viskoza 
lavsan 
kapron 
neylon 
poliefir 
polyester 
nanotola 
sintepon 
shishasimon 
3.3-rasm. Kimyoviy tolalarning ko‘rinishi 



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin