2-bob. Moddiy rag‘batlanishga tavsiya etilayotgan talabalarlarga qo‘yiladigan talablar
7. Moddiy rag‘batlanishga tavsiya etilayotgan talabaning o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi o‘rganilayotgan davrda (birinchi bosqich talabalari mustasno uchun o‘quv yilining birinchi semestr natijalari bo‘yicha) o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “a’lo” hamda “a’lo va yaxshi” (fanlarning 30% gacha yaxshi baho tashkil etganda) baholarga ega bo‘lishi, iqtidorli, jamoat ishlarida faol, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalardan iborat bo‘lishi lozim.
8. Universitetda tashkil etilgan Kengash tavsiya etilgan talabalarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda tavsiya etilayotgan talabalarning quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarini inobatga oladi:
- Tegishli o‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlar bo‘yicha o‘zlatirish ko‘rsatkichi “a’lo” hamda “a’lo va yaxshi” (fanlarning 30% gacha yaxshi baho tashkil etganda) bo‘lishi;
- talabaning oliy ta’lim muassasasi faoliyatidagi ma’naviy-ma’rifiy, jamoat ishlarida va turli yo‘nalishlardagi faol ishtiroki;
- talabaning fan olimpiadalari (halqaro va respublika) va sport musobaqalaridagi natijalari (sovrinli 1, 2, 3 - o‘rinlar egallaganligi);
- talabaning tashkilotchilik va etakchilik qobiliyatlari;
- talabaning ilmiy va ijodiy faoliyati natijalari;
- talabaning ijtimoiy himoyaga muhtojligi;
- talabaning sog‘lig‘ini tiklash bilan bog‘liq moddiy etishmovchiligi;
- talabaning oliy ta’lim muassasasida belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etishi (talabaning oliy ta’lim muassasasida belgilangan ichki tartib-qoidalariga rioya etmaganligi yuzasidan faqat oliy ta’lim muassasasi rektori yoki fakultet dekani tomonidan berilgan hayfsan Kengash tomonidan tavsiya etilayotgan talabani moddiy rag‘batlantirishni rad etish uchun asos sifatida qabul qilinadi).
3-bob. Moddiy rag‘batlanishga da’vogar talabalarnilarning xujjatlarini qabul qilish tartibi
9. Moddiy rag‘batlanishga da’vogar talaba tegishli o‘quv semestri yakuni bo‘yicha o‘z fakulteti dekanatiga qo‘yidagi xujjatlarni taqdim etishi zarur:
- Universitet rektori nomiga ariza;
- Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da’vogar talabaning anketasi;
- “Universitetda moddiy rag‘batlantirishga da’vogar talabaning o‘quv semestri yakuni bo‘yicha faoliyatini baholash mezonlari”ga muvofiq to‘ldirilgan jadval;
- “Universitetda moddiy rag‘batlantirishga da’vogar talabaning o‘quv semestri yakuni bo‘yicha faoliyatini baholash mezonlari”da belgilangan barcha yo‘nalishlarda berilgan ustamani asoslovchi xujjatlarning tasdiqlangan nushalari;
- Talabalar Kengashining tavsiyanomasi;
- Fakultet dekanining tavsifnomasi.
10. Moddiy rag‘batlanishga da’vogar talabaning arizasi Universitet talabalarni rag‘batlantirish Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun fakultet dekanati yuqoridagi sanab o‘tilgan xujjatlarni Universitettalabalarni rag‘batlantirish Kengashiga taqdim etishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |