4-bob. Moddiy rag‘batlanishga tavsiya etilgan talabalarlarning asosiy ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari
11. Tavsiya etilayotgan talabalarning asosiy ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari quyidagidardan iborat:
11.1. Talabaning tegishli o‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi – asosiy mezon deb hisoblanadi:
- barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» (100%) – 20 foiz ustama;
- barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “a’lo va yaxshi” (fanlarning 30% gacha yaxshi baho tashkil etganda) - talabaga rag‘batlantish konkursida ishtirok etish huquqini beradi.
11.2. Ma’naviy-ma’rifiy, jamoat ishlarida va turli faoliyatlaridagi faol ishtiroki:
- 5 ta muhim tashabbusning yo‘nalishlari bo‘yicha maktab va mahallalardagi tadbirlarda faol ishtiroki uchun - 10 foiz ustama (semestr davomida);
- Universitetda ma’naviyat kuni tadbirlarini mazmunli tashkil etishda faol ishtiroki uchun - 10 foiz ustama (semestr davomida);
- “Yagonasan, muqaddas Vatan!”, “Talabalar teatr studiyasi”, “Zakovat”, “QVZ”, “Tafakkur sinovlari”, “Zukko kitobxon” tanlovlarida faol ishtiroki uchun - 10 foiz ustama (semestr davomida);
- respublika va halqaro miqyosidagi turli ko‘rik-tanlovlarda faol ishtiroki uchun - 10 foiz ustama (semestr davomida);
- OAVdagi chiqishlari uchun - 10 foiz ustama (semestr davomida);
- Yoshlar ittifoqidagi yoki Talabalar Kengashidagi rahbarlik faoliyati uchun (semestr davomida):
- Etakchi/Rais – 50 foiz ustama;
- Etakchi o‘rinbosari /Rais o‘rinbosari – 50 foiz ustama;
- Kotib (Matbuot kotibi) – 40 foiz ustama.
- Yoshlar ittifoqidagi yoki Talabalar Kengashidagi fakultet raisi/etakchisi hamda yo‘nalish etakchisi sifatida faoliyati uchun - 30 foiz ustama (semestr davomida).
- Talabalar Kengashidagi yoki Yoshlar ittifoqi guruh etakchisi yoki guruh sardori sifatida faoliyati uchun - 10 foiz ustama (semestr davomida);
- talabalar orasida ijtimoiy loyihani shakllantirish va amalga oshirish uchun - 10 foiz ustama (semestr davomida).
11.3. Talabaning ilmiy va ijodiy faoliyati natijalari:
- Respublika miqyosidagi anjumanlarda 2 maqola va 2 tezislar chop ettirgan bo‘lsa 10 foiz ustama (semestr davomida);
- Xalqaro miqyosidagi anjumanlarda 2 maqola va 2 tezislar chop ettirgan bo‘lsa 20 foiz ustama (semestr davomida);
- Oliy attestastiya komissiyasi ro‘yxatiga kiruvchi maxalliy jurnallarida 2 maqola chop ettirgan bo‘lsa 30 foiz ustama (semestr davomida);
- Oliy attestastiya komissiyasi tomonidan tan olingan xorijiy jurnallarda 2 maqola chop ettirgan bo‘lsa 40 foiz ustama (semestr davomida);
- “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy bazalariga kiruvchi ilmiy jurnallarda 1 maqola chop ettirgan bo‘lsa 50 foiz ustama (semestr davomida);
- Ixtiro yoki innovastiyalar uchun mualliflik patenti olgan bo‘lsa 50 foiz ustama (semestr davomida);
11.5. Xalkaro, respublika va oliy ta’lim muassasasi miqyosidagi yakka va jamoaviy tartibda o‘tkazilgan ko‘rik tanlov va konkurslarda sovrinli o‘rin olgan talabalar:
- Yakka tartibda:
1-o‘rin uchun – 50 foiz ustama
2-o‘rin uchun – 40 foiz ustama
3-o‘rin uchun – 30 foiz ustama.
- Jamoaviy tartibda:
1-o‘rin uchun – 30 foiz ustama
2-o‘rin uchun – 25 foiz ustama
3-o‘rin uchun – 20 foiz ustama.
11.6. Ijtimoiy himoyaga muhtojligi:
- kar-soqov va ko‘zi ojiz talaba-yoshlar - 50 foiz ustama (semestr davomida);
- chin etim talaba-yoshlar (*agar barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “a’lo” yoki “a’lo va yaxshi” (fanlarning 30% gacha yaxshi baho tashkil etganda) -50 foiz ustama (semestr davomida);
- “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanuvchi talaba-yoshlar - 50 foiz ustama (semestr davomida);
- Nogironligi mavjud talaba-yoshlar - 50 foiz ustama (semestr davomida);
- Otasi yoki onasining I yoki II guruh nogironligi mavjud bo‘lsa - 30 foiz ustama (semestr davomida).
11.7. Talabalarga bir martalik rag‘batlantirish yoki moddiy yordam to‘lovini amalga oshirish uchun asos bo‘lgan alohida hollar:
- Xalkaro va respublika miqyosidagi o‘tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talabalarga bir martalik rag‘batlantirish miqdori:
- Yakka tartibda:
1-o‘rin uchun – 10 baravar ustama
2-o‘rin uchun – 7 baravar ustama
3-o‘rin uchun – 5 baravar ustama.
- Jamoaviy tartibda:
1-o‘rin uchun – 6 baravar ustama
2-o‘rin uchun – 4 baravar ustama
3-o‘rin uchun – 2 baravar ustama.
- Talabaning kasalligi bilan bog‘liq moddiy etishmovchiligi – 10 baravar ustama;
- Talabaning oila a’zolarining vafoti (oila boquvchisini yo‘qotganda) bilan bog‘liq moddiy etishmovchiligi – 10 baravar ustama.
12. Agar talabaning tegishli o‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi belgilangan “a’lo va yaxshi” (fanlarning 30% gacha yaxshi baho tashkil etganda) ko‘rsatkichidan past bo‘lsa (ijtimoiy himoyaga hamda bir martalik rag‘batlantirishga loyiq yoki moddiy yordam to‘loviga muhtoj talabalar bundan mustasno) ushbu talabaning arizasi ko‘rib chiqilmaydi.
13. Ushbu Tartibning 11.1. bandida belgilangan talabaning tegishli o‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga bo‘lgan talablar e’tiborga olinmaydigan hollar:
- Ijtimoiy himoyaga muhtojligi (kar-soqov va ko‘zi ojiz talaba-yoshlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanuvchi talaba-yoshlar, nogironligi mavjud talaba-yoshlar, otasi yoki onasining I yoki II guruh nogironligi mavjud);
- talabalarga bir martalik rag‘batlantirish yoki moddiy yordam to‘lovini amalga oshirish uchun asos bo‘lgan alohida hollar.
14. Alohida hollarda bir martalik moddiy qo‘llab-quvvatlanish yoki moddiy yordamga da’vogar talaba bir vaqtning o‘zida foizlik ustamaga da’vogarlik qila ololmaydi, hamda foizlik ustamaga da’vogar talaba bir vaqtning o‘zida alohida hollarda bir martalik moddiy qo‘llab-quvvatlanish yoki moddiy yordamga da’vogarlik qila ololmaydi.
15. Talabalarga tavsiya etiladigan jami ustamalar yig‘indisi 50 foizdan oshmasligi e’tiborga olinsin.
Dostları ilə paylaş: |