Urganch davlat universitetining tabiiy fanlarfakulteti «ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi» kafedrasi


O’zbekistondagi ekologik vaziyat va uni ekspert baholash



Yüklə 51,4 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü51,4 Kb.
#208441
1   2   3   4   5
Urganch davlat universitetining tabiiy fanlarfakulteti «ekologiy-www.fayllar.org

1.3. O’zbekistondagi ekologik vaziyat va uni ekspert baholash
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rio-de-Janeyroda 1992 yilda o‘tkazilgan atrof-muhit va rivojlanishga bag‘ishlangan Konferensiyasida jamiyatning barqaror rivojlanishi tabiiy muhitni yemirish va tabiiy resurslarning kamayishi va tugashi hisobiga amalga oshmasligi shuningdek kuchli iqtisodiyotsiz yashash muhitining zarur sifatini ta’minlab bo‘lmasligi to‘g‘risidagi xulosalarga keldi. O‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyot, ekologiya va ijtimoiy jarayonlarni birgalikda boshqarish barqaror rivojlanishni ta’minlashning asosiy shartidir. Ushbu qoidalar O‘zbekiston Respublikasiga ham to‘liq taalluqlidir. Bu konferensiyada global ekologik muammolar yechimini topishda bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarning alohida rol o‘ynashi to‘g‘risidagi g‘oya birinchi marta kun tartibiga qo‘yildi va to‘la qo‘llab quvvatlandi. Bu mamlkatlar qatoriga O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham kiradi. Ular katta tabiiy resurs salohiyatiga ega bo‘lib, regional va global miqyosda atrof muhitni sog‘lomlashtirishga salmoqli xissa qo‘shish imkoniyatiga egadir. Shu munosabat bilan O‘zbekistondagi hozirgi ekologik vaziyatni ekologik ekspertiza munosabatlarini rivojlantirish nuqtai nazaridan taxlil qilish muhim ahamiyatga ega.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ekologik tadbirlar tizimini amalga oshirishga katta ahamiyat berilib, bu tizim malakat xalq xo‘jaligini isloh qilishning tarkibiy qismiga aylandi. Amalga oshirilgan eng muhim tadbirlar qatoriga quyidagilar kiradi: atrof muhitni muhofaza qilishni amalga oshirishning ko‘p bosqichli tuzilmalar barpo etiladi; atrof muhitni muhofaza qilishning huquqiy asosi yaratildi va u muttasil takomillashtirib berilmoqda; 2005 yilgacha davrda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish bo‘yicha davlat dasturi ishlab chiqilgan va u amalga oshirilmoqda; atrof muhitni muhofaza qilish milliy harakat rejasi ishlab chiqilgan; biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiyasi va harakat rejasi ishlab chiqilgan; respublikada atrof muhit gigienasi bo‘yicha milliy harakat rejasi ishlab chiqilgan; alohida muhofaza qilinadigan hududlar maydoni sezilarli ko‘paytirilgan. Ko‘rsatilgan xujjatlar va amalga oishirlgan tadbirlar mamlakatda ekologik ekspertiza munosabatlarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababdan Respublika fuqarolarining yashashi uchun sog‘lom shart-sharoit vujudga keltirish va tabiatdan foydalanish samaradorligini oshirish, tabiiy resurslarning ozayishiga yo‘l qo‘ymaslik, tabiatini asrash va muhofaza qilishda ekologik ekspertiza amaliyoti boshqarishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlari qatoriga kiradi.
Ekologik ekspertiza nuqtai nazaridan tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida respublikada uzoq davr mobaynida xukmronlik qilgan o‘tmish totalitar tuzumdan meros bo‘lib qolgan ekologik muammolar yechimini topish, mamlkatda mavjud bo‘lgan boshqa ekologik muammolarning yaxlit manzarasini aniqlash, ularni keltirib chiqargan sabablar va ulardan kuzatilayotgan ko‘ngilsiz oqibatlarning natijasi hisoblangan murakkab ekologik vaziyatning ta’sirini taxlil etish mamlakatlarning antropogen omillarga bog‘liq bo‘lgan ekologik vaziyati to‘g‘risida to‘la tasavvur beradi. Bular o‘z navbatida ekologik ekspertiza amaliyotida maqsadga muvofiq loyixalarga afzallik berish yoki samarasiz loyihalarni rad etish masalalarini to‘g‘ri hal etishga xizmat qiladi.
Respublikadagi hozirgi ekologik vaziyat uzoq o‘tmish va yaqin davrlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda xukmronlik qilgan boshqaruvning yuqori darajada markazlashuvi, iqtisodiyot va tabiatdan foydalanish o‘rtasida maqsadga muvofiq muvozanatning o‘rnatilmaganligi, ishlab chiqarish, ayniqsa qishloq xo‘jaligiga xaddan ziyod ahamiyat berilganligi, tabiiy resurslardan foydalanish va tabiat muhofazasini boshqarishga yetarli e’tibor berilmaganligi va boshqa ko‘plab omillar bilan uzviy bog‘liqdir. Bular esa o‘z navbatida mamlakat tabiatiga katta zarar yetkazdi, umumiy ekologik vaziyatning keskinlashuviga, ekotizimlar va landshaftning buzilishiga va boshqa og‘ir oqibatlarga olib keldi, respublikada umumiy ekologik barqarorlikni jiddiy xavf ostiga qo‘ydi.
O‘zbekistondagi hozirgi ekologik vaziyatning ekologik ekspertiza nazoratida hisobga olinishi zarur bo‘lgan asosiy xususiyatlaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Respublikada atrof muhitning ekologik talablarga to‘la javob beradigan (havo, suv, tuproqninig ifloslanishi belgilangan standart talablari darajasida bo‘lgan) hududlar mamlakat umumiy maydonining 27%ni (120ming kv.km) tashkil etadi va mazkur xududda O‘zbekistonning 45%ga yaqin aholisi (11mln kishi) yashaydi.
2.Iqtisodiyotning homashyo va tabiatni eksplutatsiya qiluvchi resurs va energiyani ko‘p iste’mol qiladigan tarmoqlarning tez rivojlanishi tabiiy muhitga salbiy ta’sir qilish bosimining kuchayib borishiga va me’yordan oshib ketishiga olib kelgan;
3.Tabiat komponentlarining barchasida ekologik xolat sezilarli o‘zgarishlarga uchragan. Bular qatoriga xavoning ifloslanishi, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishi, tuproqning sho‘rlanishi va degradatsiyaga uchrashi, biologik maxsuldorlik va xilma-xillikning kamayishi, yaylovlarning digressiyasi, o‘rmonlarning kesib yuborilishi cho‘llashuv jarayonlarining kuchayishi va boshqalar kiradi;
4. Aholi yashash manzillari yomonlashuvi, va uning aholi salomatligi va turmush darajasiga zararli ta’sirining kuchayib borishi kuzatilmoqda. Bular qatoriga aholining toza ichimlik suvi bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi, kommunal xo‘jaligi va sanoat oqavalarining, chiqindilarning ko‘payishi, sanitariya xizmatining past darajasi va boshqa noqulayliklarning mavjudligi kiradi;
5. Qattiq chiqindilarning (shu jumladan zaharli sanoat chiqindilari) ko‘plab to‘planib qolishi, radioaktiv ifloslanishning katta xavflari borligi (Markaziy Qizilqum, Toshkent viloyati va boshqalar);
6. Tabiiy va texnogen xalokatlar (sel, ko‘chki, o‘pirilish, zilzilalar) xavfining kuchayib borishi;
7. Qo‘shni davlatlarning chegaralaridan o‘tib kelayotgan ifloslantiruvchi ta’sirning mavjudligi va boshqalar.
O‘zbekistonda 35 mingdan ko‘proq havoni bulg‘ayotgan doimiy manbalar bo‘lib, ularning faqat yarmiga yaqini chang va zaharli gazlarni ushlagichlar bilan jihozlangan, 1,5 mingta manbalar chang ushlagich qurilmalar bilan jihozlanmagan. Mavjud qurilmalarning o‘rtacha samaradorligi ham 60-70% oshmaydi. Bulardan tashqari atmosferaning avtomobillar tomonidan ifloslanishi ayniqsa shaharlarda katta ko‘rsatkichlarga ega. Respublikada har yili atmosferaga doimiy va harakatlanuvchi manbalardan chiqariladigan ifloslantiruvchi chiqindi miqdori 1,8 mln tonnani tashkil etadi.
Atmosfera bo‘yicha ekspertiza nazoratini amalga oshirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berish lozim:
1 • Ifloslantiruvchi korxonalar tomonidan atmosferaga chiqindi chiqarib tashlashni maksimum qisqartirish;
2 • Muntazam ravishda avtotransportda yongan gazlarning chiqarilishiga qarshi kurash;
3 • Korxonalarda texnologiya jarayonlarini takomillashtirish, zamonaviy va mukammal havo tozalagich moslamalardan foydalanish;
4 • Atmosfera havosining tozaligi ustidan nazoratni kuchaytirish.
Suv resurslarini tejash va muhofaza qilishning ekologik ekspertiza nazorati uchun muhim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: a) ichimlik suvi bilan ta’minlash: suv ta’minotini yaxshilash, suvni tejash, ichimlik suv manbalarini muhofazalash; b) sanitariya va ma’ishiy oqava suvlarini tozalash; v) qishloq xo‘jaligida suvni tejash va muhofaza qilish: irrigatsiya tuzilmasini qayta tashkil etish va modernizatsiyalash, suv, yer va sho‘rlanishni kompleks boshqarish, kollektor-zovur suvlarini tashlab yuborishni tartibga solish, oqava suvlarni daryo va suv omborlariga oqizishni batamom to‘xtatish va boshqalar.
O‘zbekistonning yer resurslari g‘oyat xilma-xil bo‘lib, ular cho‘l tekislik zonasi (shu jumladan sug‘oriladigan (antropogen) tekislik), adir(tog‘oldi va past tog‘lar), tog‘ (o‘rta tog‘), baland tog‘ zonalari yerlaridan iboratdir. Respublikaning yer maydoni 447,4 ming kv. km ni tashkil etgan. O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra mamlakatning sug‘oriladigan yerlari sifati bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan (%): sifati yomon yerlar-0,3%, o‘rtachadan past yerlar-24,3%, o‘rtacha yerlar45,5%, yaxshi yerlar-27,2%, eng yaxshi yerlar-2,9%.
Tuproqning sho‘rlanishi va ifloslanishi, tuproq eroziyasi, yaylovlar digressiyasi kabi antropogen ta’sirga bog‘liq jarayonlar keng tarqalgan va ular katta zarar yetkazmoqda. Hozirgi vaqtda respublikada sho‘rlangan yerlar sug‘oriladigan yer turlarining umumiy maydonidan 46%ini, shu jumladan kuchsiz sho‘rlanganligi-25%, o‘rtacha sho‘rlanganligi-15% va kuchli sho‘rlanganligi-6% dan ortiroqni tashkil etadi. Keyingi o‘n yil ichida sug‘oriladigan yerlarda sho‘rlanish 120 ming gektarga, shu jumladan kuchli sho‘rlanish 43 ming gektarga oshgan.
O‘zbekistonning bio xilma-xilligi 27000 ga yaqin turni tashkil etadi. Shundan 15000 turdan ortiqrog‘ini hayvonlar, 11000ga yaqin turlarini o‘simliklar, qo‘ziqorinlar, suv o‘tlari tashkil etadi. 1 Flora va faunaning tarkibi va ularning ekologik yashash sharoitlari farqlariga ko‘ra O‘zbekiston hududida quyidagi 5ta biogeografik zona ajratilgan: • 1) tekislik cho‘l ekotizimlari; • 2) tog‘oldi chala cho‘l va dashtlar; • 3) daryo va qirg‘oqbo‘yi ekotizimlari; • 4) nam hududlar va deltalar ekotizimlari; • 5) tog‘ ekotizimlari.
Biologik resurslardan zarar yetkazmasdan foydalanish va bio xilma-xillikni saqlash maqsadlarida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: a) cho‘lga aylanayotgan yerlarda, tog‘larda agroo‘rmon va tog‘ melioratsiyasi ishlarini amalga oshirish; b) alohida muhofaza qilinadigan hududlar maydonini kengaytirish (eng kamida mamlakat hududining 10% gacha) va strukturasini barcha ekotizimlarni qamrab olish asosida takomillashtirish; v) flora va fauna turlari va zahiralari, ulardan foydalanish, muhofazalash ustidan ekologik ekspertiza nazoratini kuchaytirish va boshqalar.
O‘zbekistonning yer osti boyliklari g‘oyat xilma-xil, zahiralari esa ko‘p bo‘lib, ular 100ga yaqin mineral xomashyo turlarini, 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlarini o‘z ichiga oladi. Respublika asl, rangli, kamyob, radioaktiv, qora metallar, tog‘-ruda, tog‘-kimyo, yoqilg‘ienergetika xomashyolari, qurilish materiallari, chuchuk va mineral, termal suv resurslariga boy. 900dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSH dollarini, mamlakatning umumiy mineralxomashyo potensiali esa 3,3 trillion AQSH dollarini tashkil etadi. Har yili respublika konlaridan 4,3 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar qazib olinmoqda, ular yoniga har yili 9,1 milliard dollarlik yangi zahiralar qo‘shilmoqda.
Shu bilan bir qatorda yer osti boyliklarini qazib olish bilan bog‘liq korxonalar tabiiy muhitda muvozanatni buzuvchi va yemiruvchi, ifloslantiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan yuqori ekologik xavf xatar manbalari ekanligini ham ekologik ekspertiza nazoratida har tomonlama hisobga olish lozim. Ayniqsa tabiiy landshaftga va atrof muhitga foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish katta zarar yetkazadi. Bunday joylarda tabiiy landshaft yo‘q qilinadi, ko‘plab chuqur kar’erlar paydo bo‘ladi, katta miqdordagi foydasiz va zaharli, ifloslantiruvchi chiqitlar to‘planadi, atrof muhit ifloslanadi va boshqa salbiy oqibatlar sodir bo‘ladi.
O‘zbekistonda har yili ko‘plab shahar chiqindilari, sanoat chiqindilari, qishloq xo‘jaligi va qishloq ma’ishiy chiqindilari to‘planib qolayotganligi va ularni yig‘ish va qayta ishlash muammosi hal etilmaganligi jiddiy muammo hisoblanadi. Masalan, faqat Toshkent shahrida yiliga 1,3-1,4 million tonna ma’ishiy chiqindilar to‘planadi. Respublikada shahar axlatxonalari 5000 gektardan ortiq maydonni egallaydi va ular tuproq va sizot suvlarini ifloslaydigan manbaga aylanib qolgan.


Xulosa
Davlat ekologik ekspertizasi ushbu xujjatlarni ko‘rib chiqadi va shunga asoslanib ularning yetarliligi, ob’ektliligi va ta’sirini baholashning chuqurligi, bashoratlarning asoslanganligi va tadbirlarning realligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
Ekologik ekspertiza ob’ektlarini to‘g‘ri joylashtirish maqsadlarida tarmoqlar, ishlab chiqarish va texnologiyalarni ularning tabiatga nuqtai nazaridan klassifikatsiyalash amalga oshiriladi. Bu klassifikatsiya ekologik ekspertiza munosabatlarida tabiatdan foydalanishni tartibga solishni nazorat qilishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Ekologik ekspertiza ob’ektlari atrof tabiiy muhitga ta’siri bo‘yicha quyidagi uchta kategoriyalarga bo‘linadi:
1) yuqori xaavf-xatar;
2) o‘rta xavf-xatar;
3) past xavf-xatar. Bularni hisobga olish ekologik ekspertiza samarasini oshirishga xizmat qiladi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ekologik tadbirlar tizimini amalga oshirishga katta ahamiyat berilib, bu tizim mamlakat halq xo‘jaligini isloh qilishning tarkibiy qismiga aylandi.
O‘zbekistonda atrof muhitiga muhofaza qilishining amalga oshirishning ko‘p bosqichli tuzilmalari barpo etilgan, uning huquqiy asosi yaratilgan, bu sohada davlat dasturi ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda, milliy harakat rejasi ishlab chiqilgan va boshqalar.
O‘zbekistonda ko‘plab ekologik muammolar ham mavjud bo‘lib, ular ko‘p darajada o‘tmish totalitar tuzumdan meros bo‘lib qolgan asoratlar bilan bog‘liqdir.
Respublikada atrof muhitning ekologik talablari to‘la javob beradigan hududlari mamlakat umumiy maydonining 27%ni tashkil etadi. Tabiat komponentlarining barchasida ekologik holat sezilarli o‘zgarishga uchragan. Ko‘plab chiqindilar to‘planib qolgan. Bular ekologik ekspertiza munosabatlarida ekspert nazoratini kuchaytirishini taqazo etadi.
Atmosfera havosi, suv, yer, biologik resurslar, yer osti boyliklari, chiqindilar bo‘yicha to‘planib qolgan ekologik muammolar ularning yechimini topishda ekologik ekspertizaning ahamiyatini oshiradi va bu yo‘nalishda progressiv tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi.


Yüklə 51,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin