Urganch davlat universitetining tabiiy fanlarfakulteti «ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi» kafedrasi “Ekologik monitoring va ekologik ekspertiza”
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETINING TABIIY FANLARFAKULTETI « EKOLOGIYA VA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI» KAFEDRASI “Ekologik monitoring va ekologik ekspertiza”fanidan
KURS ISHI Mavzu: Ekologik ekspertizaning tarkibiy qismlari va tarmoqlari
Guruh: 202-Ekologiya
Bajardi: M Aminova
Qabul qildi: A Masharipov
Urganch-2022 Mavzu: Ekologik ekspertizaning tarkibiy qismlari va tarmoqlari
Reja: Kirish 1.Asosiy qism 1.1. Ekologik ekspertiza turlari 1.2. Ekologik ekspertizaning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida tushuncha 1.3. O’zbekistondagi ekologik vaziyat va uni ekspert baholash Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Ekologik ekspertizaning fan sifatida shakllanishining ob’ektiv shart-sharoitlari insonning xo‘jalik va boshqa faoliyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning tabiatga ta’sirining miqyoslari va salbiy ta’sirining oshib borilayotganligi bilan izohlanadi. Ushbu fanning O‘zbekistonda shakllanishi va rivojlanishi zarurati ko‘p jixatdan mamlakat ekologik siyosatini samarali amalga oshirish bilan uzviy bog‘liqdir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning quyidagi so‘zlarini keltirish o‘rinlidir: «Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‘l qovushtirib o‘tirish o‘zini-o‘zi o‘limga mahkum etish bilan barobardir. Afsuski, ko‘plar ushbu muammoga beparvolik va ma’suliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lmoqdalar. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni xal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning xal qilinishiga bog‘liqdir...».
Ekologik ekspertiza fani tabiatdan foydalanish iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy ekologiya fanlari tutashgan chegaralarda va ekologik huquq fani bilan uzviy bog‘liq xolda, ularning asosiy tushunchalari, yangi qonuniyatlari, kategoriyalari, konsepsiyalariga asoslangan xolda shakllanayotgan va rivojlanib berayotgan fanning yangi yo‘nalishi va sohasi hisoblanadi. Ekologik ekspertiza ushbu fanlarning nazariy-amaliyot tadqiqotlari natijalari eng so‘nggi va yangi yutuqlarini amaliyotga tadbiq etishga yo‘naltirilgan nazariy-amaliy fanidir. U tabiatdan foydalanish, bo‘yicha ma’muriy-nazarot tarmoq yo‘nalishining nazariyasi va amaliyoti yo‘lanishi mamlakatning barqaror, xavf-xatarsiz rivojlanishini ta’minlash nuqtai nazaridan asoslab beradi
«Ekspertiza» tushunchasi (termini) lotincha «expertus»-«tajriba» so‘zidan kelib chiqqan. Ekspertiza tushunchasi fan, texnika, san’at sohalarida maxsus bilimga ega bo‘lgan mutaxassis (ekspert) tomonidan turli masalalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borib, ularni baholashni bildiradi. Ekspert baholari bevosita o‘lchovga tushmaydigan, shu sababdan mutaxassis mulohazalari va xulosasiga asoslangan jarayonlar, xodisa, voqealar, ob’ektlarni miqdoriy yoki tartibiy baholashdan iborat bo‘ladi.
Ekologik ekspertiza faniga nisbatan bu tushuncha rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan inson xo‘jalik va boshqa faoliyatlarining tabiat muhofazasi va ekologik talablarga, ekologik va tabiat muhofazasi qonunchiligiga muvofiqligi va mos tushishini hamda ekologik ekspertiza ob’ektlarini ishga tushirish, ro‘yobga chiqarish, qurish mumkinligini aniqlash va ularni ekspert baholash, ular bo‘yicha ma’lum ekologik ekspertiza xulosalarini chiqarishni bildiradi. Bunda «tabiat-jamiyat» tizimi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarda me’yoriy muvozanat va uyg‘unlikka erishishni ta’minlash asosiy o‘rinin egallaydi, ya’ni ekpertiza ob’ektlari ekologik talablar va jamiyatning ekologik-iqtisodiy manfaatlariga mos kelishi yoki zid bo‘lishi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.