Urganch davlat universitetining tabiiy fanlarfakulteti «ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi» kafedrasi



Yüklə 51,4 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü51,4 Kb.
#208441
1   2   3   4   5
Urganch davlat universitetining tabiiy fanlarfakulteti «ekologiy-www.fayllar.org

1.1. Ekologik ekspertiza turlari
Ekologik ekspertiza tushunchasi asosan quyidagi uch xil yo‘lanishda talqin qilinadi: 1)ekologik ekspertiza davlat boshqaruv tizimi tarkibidagi maxsus faoliyat tarmog‘i; 2) ekologik ekspertizafan yo‘nalishi; 3) ekologik ekspertizao‘quv fani.
Ekologik ekspertizada tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir yo‘nalishlarini nazorat qilish eng asosiy muammodir. Bu muammo yechimi imkoniyatning noosfera yo‘nalishidagi barqaror yo‘nalishidagi barqaror rivojlanishga o‘tishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Barqaror rivojlanish strategiyasi ekologik eksspertizada quyidagi prinsiplarga asoslanadi: 1) ekologik vaziyatni bilish; 2) tabiatning ifloslanishi va tabiiyresurs salohiyatidan foydalanishningg chegara parametrlarini asoslash; 3) ushbu parametrlarga erishishni ta’minlovchi iqtisodiyekologik va ekologgik ekspertiza mexanizmlarini ishlab chiqish.

Amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro`yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.


Ekologik ekspertizaning huquqiy holati konstitutsiyaviy qoidalarda, O`zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida” gi, “Ekologik ekspertiza to`g`risida” gi qonunlarda, O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining ekologik ekspertizani o`tkazish tartibi to`g`risidagi me'yoriy hujjatlarida belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi “Ekologik ekspertiza to`g`risida” gi qonunning 3-moddasiga asosan ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o`tkaziladi:

  • mo`ljallanayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to`g`risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarda bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;

  • rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog`lig`iga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin bo`lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;

  • atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosligini aniqlash.

Ekologik ekspertizaning eng asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit va aholining hayoti va sog`lig`iga xavfli va zararli ishlab chiqarish va xo`jalik obyektlarining ta'sirlarini oldini olish, bartaraf etish bilan bog`liq preventiv chor-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir.


Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlar hamda ekologik huquqiy normalarni o'ziga olgan normativ huquqiy aktlar hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlari (buyruqlari), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (hukumatining) qaror va farmoyishlariga ham taalluqlilidir. Shunday qilib, ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari ekologik huquqiy normalarni o'z ichiga olgan normativ-huquqiy aktlar (rasmiy hujjat) hisoblanadi. Normativ-huquqiy aktlar tegishli vakolatli organlar tomonidan chiqariladigan hujjatlardan iborat bo'ladi. Huquqiy (yuridik) kuchiga ko'ra ekologik ekspertizaning barcha huquqiy talablarini qonunlar va qonunga asoslangan aktlarga bo'lish mumkin. Qonunlar qonun chiqaruvchi organ - O'zbekiston Respublikasining Oliy majlisi tomonidan qabul qilinadigan normativ aktlar hisoblanadi. Qonunga asoslangan aktlarga shunday aktlarni qabul qilish huquqiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, vazirliklar va idoralar, respublika subyektlarining vakolati hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy xarakterdagi hujjatlar kiradi.

Ekologik ekspertiza jarayonida turli shakldagi quyidagi usullardan foydalangan holda ko`zda tutilgan maqsadga erishiladi:



  • ma'lumotlar to`plash – ekspertizadan o`tayotgan muayyan ob’yektga tegishli bo`lgan barcha axborot, ma'lumotlarni yig`ish va to`plash;

  • umumlashtirish – ob’yekt haqidagi to`plangan iqtisodiy, texnologik, ekologik, gidrologik kimyoviy va boshqa ma'lumotlarni o`z yo`nalishlari bo`yicha ma'lum tizimga keltirish;

  • tahlil qilish – umumlashgan ma'lumotlar bankini o`z yo`nalishi va xususiyatlari bo`yicha alohida o`rganish, tasniflash;

  • Baholash – ekspertiza o`tkazilayotgan ob’yekt yo`nalishlari, bo`limlari, tashkil etuvchi qismlari bo`yicha xavfli va zararlik darajasini aniqlash;

  • Xulosa berish – ekspertiza o`tkazilayotgan ob’yektning ekologik jihatdan zararli yoki zararsiz, xavfli yoki xavfsiz, ekologik qoida-talablarga mos keladi yoki ushbu qoidalarga zid ekanligi haqida yakuniy, adolatli, ob’yektiv xulosaga kelish.

Ekologik ekspertiza faoliyati va munosabatlarida ko‘p turdagi ekologik ekspertiza shakllaridan foydalaniladi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi.


  1. Davlat ekologik ekspertizasi.


  2. Jamoat ekologik ekspertizasi.


  3. Ekologik audit.


  4. Idoraviy ekologik ekspertiza.


  5. Ilmiy ekologik ekspertiza va boshqalar.


Davlat ekologik ekspertizasi atrof tabiiy muhit sohasida vakolatli organ tomonidan tayinlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi nodavlat, notijorat tashkilotlari uyushmalari, fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Ekologik audit xo‘jalik va boshqa xil faoliyat ob’ekti mulkdori qaroriga asosan o‘tkaziladi. Idoraviy ekologik ekspertiza tegishli idoralarning buyrug‘iga muvofiq o‘tkazilishi mumkin va u tegishli idoraviy struktura ichida amal qiladi. Ilmiy ekologik ekspertiza ilmiy tashkilotlar yoki oliy o‘quv yurtlari tashabbusi bilan o‘tkaziladi va uning xulosasi axbarot harakteriga ega bo‘ladi.


Bulardan tashqari ekologik ekspertizaning yana quyidagi maxsus turlari ham mavjud:
1) ekologik-sanitariya ekspertizasi. Ushbu yo‘nalishda ekologik ekspertizaning alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ekti-insonning hayoti va salomatligi bo‘lib, bunda uning atrof tabiiy muhit bilan o‘zaro aloqalari ekologik ekspertizadan o‘tkaziladi. Ekologik-sanitariya ekspertizasining asosiy vazifasi antropogen faoliyat ta’sirida atrof muhitning zararli ta’sir ko‘rsatishi bilan nson solomatligi holati va uning o‘zgarishlari o‘rtasidagi sababli bog‘lanishni aniqlashdan aborat. Davlat sanitariya-ekologiya ekspertizasi sog‘liqni saqlash idoralarining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining tashabbusiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tayinlanadi. Bu ekspertizani o‘tkazishdan maqsad atrof muhitning noqulay ta’siridan fuqarolarning salomatligiga yetkazilgan zararni aniqlash va uning tovonini to‘lash masalalarining hal etishdan iborat bo‘lgan prinsipial muammoning yechimini topishdan iborat;
2) ekologik-normativ ekspertiza. Uning asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit sifati, zararli moddalarning ruhsat etilgan konsentratsiyasi, chiqindilar, oqavalar me’yori, radiatsiya ta’siri, shovqin, tebranish, magnit maydoni ta’sirining ruhsat etilgan me’yori darajasining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq (mos) kelishini tadqiq etishdan iborat. Bunday ekspertiza jarayonida atrof muhit sifati ko‘rsatkichlarining samaradorligi inson salomatligi, uning genetik fondini muhofaza qilish nuqtai nazaridan tekshiriladi;
3) ekologik-huquqiy ekspertiza. U mustaqil ahamiyatga ega bo‘lib, uning ob’ekti qonunlar, farmonlar, xukumat qarorlari, farmoyishlari va vazirliklar, idoralar, respublika sub’ektlarining berilgan vakolatlar doirasida qabul qilgan normativ aktlari va buyruqlarini ekologik ekspertizadan o‘tkazish hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasi — moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini va ekologik ekspertiza obyektini realizatsiya qilish mumkinligi yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladigan ekologik ekspertiza turi boʻlib, prognoz qilinayotgan xoʻjalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish haqida qaror qabul qilishgacha boʻlgan bosqichda ushbu faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini, atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolar sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moʻljallanayotgan va amalga oshirilayotgan xoʻjalik hamda boshqa faoliyatning ekologik xavflilik darajasini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Davlat ekologik ekspertizasining maqsadi - xo`jalik korxonasining tevarak-atrof qolatiga nisbatan ekologik xavfini aniqlash, ushbu xavf darajasining me`yoriy ko`rsatgichlarga nisbatan qanchalik kattaligini baqolashdir. Davlat ekologik ekspertizadan o`tkazilishi shart bo`lgan loyixada tabiatning ifloslanishi oldini oluvchi chora-tadbirlar ilmiy jihatdan asoslangan bo`lishi zarur.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hisoblanib, davlat ekologik ekspertizasi qo‘mita tarkibidagi ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Bu xizmat hozirgi globallashuv davrida dolzarb ahamiyatga ega. Binobarin, ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.
Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekistonning atrof tabiiy muhiti va tabiiy resurslarini muhofaza qilishni davlat yo‘li bilan tartibga solishning asosiy vositalaridan biridir. U xo‘jalik qarori qabul qilinishidan oldin o‘tkazilishi shart bo‘lgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tadbiri bo‘lib, uning asosiy maqsadi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish sohasida ogohlantiruvchi nazoratni amalga oishirishdan iboratdir. Davlat ekologik ekspertizasi mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatning ekologik jihatdan xavflilik darajasini aniqlash, ularning tabiatni muhofaza qilish qonunlarining talablariga muvofiqligini baholash, loyihalarida nazarda tutilayotgan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining yetarli yoki asosli ekanligini aniqlash maqsadlarida o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa faoliyatning davlat ekologik ekspertizasi davlatning u yoki boshqa faoliyatini ro‘yobga chiqarishga, ob’ektlarni hududiy joylashtirishga ruhsat va rozilik berishi hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasining ob’ekti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq tayyorlangan xujjatlar va xujjatlashtirish ishlari hisoblanadi. Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda xujjatlashtirish ishlari, qoida tariqasida, ekologik ekspertizaga qabul qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida» qonuniga muvofiq quyidagi ob’ektlarni ekologik ekspertizadan o‘tkazish majburiydir (11-modda):
  • davlat dasturining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;


  • barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallari;


  • loyihaoldi va loyiha xujjatlari;


  • tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma uslubiy xujjatlarning loyihalari;


  • texnika texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir xujjatlar;


  • atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlar;


  • keyinchalik ularga alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari;


  • shaharsozlik xujjatlarining barcha turlari;


  • maxsus huquqiy rejimli ob’ektlar.


Davlat ekologik ekspertizasining asosiy yo‘nalishlarini quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin:


  1. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish kuchlari xalq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanish va joylashishining loyiha oldi materiallarining ekspertizasi. Masalan shaharlarning planirovkasi va imorat qurilishi bo‘yicha loyihalari ekspertizasida suvni tozalash, atmosferani muhofazalash va boshqalar bo‘yicha normativ talablarga amal qilishga erishish kerak.


  2. Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi maqsadi dasturlarining loyiha oldi materiallarining, shuningdek yer, suv, biologik resurslar, foydali qazilmalardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalarining ekspertizasi. Masalan, aholi yashash manzillari planirovkasi va imorat qurilishida aholi yashash joylari shunday joylashishi kerakki, unda zararli omillarning aholi salomatligi va sanitariya-ma’ishiy sharoitlarga ta’siri maksimal darajada kamayishi kerak.


  3. Ekologik ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlar yoki tabiatdan foydalanishga ta’sir ko‘rsatadigan ob’ektlar. Aholining ekologik xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yangi texnika, materiallar, moddalarni qonun talablariga ko‘ra ishlab chiqarishga ruhsat berilmaydi. Shunga ko‘ra sanoat maxsulotlari, mashinalar tabiat muhofazasi normalari va qoidalari talablariga mos kelishini aniqlash uchun ekspertizadan o‘tkaziladi.


Davlat ekologik ekspertizasini O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tuzilgan ekspertlar guruhi yoki komissiyasi o‘tkazadi. Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo‘yicha ekspertiza xulosasi tuziladi. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi rasmiy davlat xujjati bo‘lib, unda davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosalar bayon qilinadi. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi quyidagilarni tasdiqlovchi xujjat hisoblanadi: asoslovchi xujjatlarni tayyorlashda ekologik talablarga amal qilinishi; ro‘yobga chiqariladigan ob’ektning ekologik sharoitlari kafolatlanganligini; ro‘yobga chiqariladigan ob’ektni moliyalashtirish imkoniyatining ochilganligini bildiradi.


1997 yilda “Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish tarkibi to‘g‘risida”gi rahbariy xujjat ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Bu xujjatda davlat ekologik ekspertizasining prinsipi va protseduralari, ekspertizaga taqdim etiladigan xujjatlarga qo‘yiladigan umumiy talablar, davlat ekologik ekspertizasi xulosasi strukturasi va mazumnga qo‘yiladigan talablar, ob’ektlarni ko‘rib chiqishda davlat ekologik ekspertizasi orgonlarining o‘zaro bog‘lanishi (aloqasi) tartibi, ekologik ekspertizani o‘tkazishda tomonlarning vazifalari va javobgarligi belgilangan.
1997 yilda “Davlat ekologik eksspertizasi sifatini baholash mezonlarining ro‘yxati” ishlab chiqilib tastiqlandi.
2002 yilda O‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi “Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risida nizom”ni tasdiqladi. Bu xujjat “ ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish maqsadlarida qabul qilingan. Ushbu nizom respublikada davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni tartibga soladi. Unda ekspertiza bilan shug‘ullanadigan orgon (Davlat Ekologik ekspertizasi Bosh boshqarmasi va uning viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi orgonlar), davlat ekologik ekspertizasining ob’ektlari, ekologik ekspertiza buyurtmachisi, davlat ekologik ekspertiza ekspertining huquqlari va majburiyatlari, davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va materiallarning ro‘yxati, ekspertizani o‘tkazish muddatlari belgilangan. Xujjatda davlat ekologik ekspertizasi xulosasini tuzish va uning ob’ektni ro‘yobga chiqarish (ijobiy xulosa) yoki ro‘yobga chiqarmaslik (salbiy xulosa) to‘g‘risidagi xulosalariga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatilgan. Nizomda ekologik ekspertiza ob’ektlarini to‘rtta kategoriyaga bo‘lish (yuqori xavf-xatar, past darajadagi xavf-xatar, maxalliy (lokal) ta’sir ko‘rsatadigan) belgilangan.
Davlat ekologik ekspertizassining davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosasi bo‘lgan taqdirda, xulosada ko‘rsatilgan taklifga ko‘ra loyiha maromiga yetkazilishini ta’minlash hamda materiallarni davlat ekologik ekspertizasi uchun qayta taqdim etish lozim.
Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini moliyalash va ro‘yobga chiqarishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo'yicha tuziladigan xulosa ekspertiza obyektlari bo'yicha ko'plab hujjatlarni har tomonlama tahlil qilishga , ularning tabiat muhofazasi qonunchiligi talablariga mos kelishi yoki kelmasligini aniqlashga asoslanadi. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasida ekspertiza obyektlari ekologik havfsizlik nuqtayi nazardan baholanadi va obyektni ro'yobga chiqarish bo'yicha ilmiy asoslangan xulosalar chiqariladi. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi obyektini ro'yobga chiqarish va moliyalashda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiyligi qonun hujjatlarida belgilangan. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi bir tomondan amaldagi ekologik ekspertiza to'g'risidagi qonun hujjatlariga va shu qonunlar asosilagi hujjatlarga, boshqa tomondan ekologiya va tabiatdan foydalanishning ko'plab kompleks qonunlari, qoidalari va prinsiplariga va ularning ehtimol tutilayotgan harakati va ta’sirini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi. Shu sababdan davlat ekologik ekspertizasi xulosasi eng muhim yakuniy hujjat sifatila ekologik ekspertiza fanining nazariyasi va amaliyotiga asoslanib amalga oshiriladi.
Atrof-muhitni baholash jarayonida, birinchi navbatda, insoniyat sog‘lig‘iga, shuningdek, atrof-muhitning tarkibiy qismlari bo‘lgan yer, yer qa’ri, tuproqlar, yer usti va yer osti suvlari, atmosfera havosi, azon qatlami, flora va fauna hamda shu kabi boshqa tabiat omillariga salbiy ta’sirini o‘rganish va uni amalga oshirilishini mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilishni tushunishimiz kerak.

Yüklə 51,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin