Urganch Davlat Universtiteti Ijtimoiy-Iqtisodiy fanlar fakulteti 211- guruh arxeologiya yo’nalish talabasi Raximberganova Mehribonning psixologiya fanidan mustaqil ishi



Yüklə 31,6 Kb.
səhifə4/6
tarix13.12.2023
ölçüsü31,6 Kb.
#176307
1   2   3   4   5   6
psixologiya

 Xarakter tarkibi

  •  Xarakter tarkibi
  • Odam xarakterining tarkibi turli xususiyatlari tasodifiy yig`indisidan iborat emas. Xarakterning ayrim xususiyatlari bir - biriga bog`liq, biri - biriga tobe yaxlit organizmni hosil qiladi. Mana shunday yaxlit organizm xarakter tarkibi deb ataladi. Masalan, odamning takabbur va shuhratparastligini bilsak, uning ichi qora, qorako`ngilli deb, kamtarligini bilsak, ko`ngilchan deb aytamiz.
  • Hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning turli munosabatlari bilan belgilanadigan xarakter xususiyatlarining to`rtta tizimi farqlanadi.
  • 1. Jamoa va ayrim odamlarga bo`lgan munosabatlarini ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik va shu kabilar).
  • 2. Mehnatga bo`lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (mehnatsevarlik, yalqovlik, vijdonlilik, mehnatga mas`uliyat yoki mas`uliyatsizlik bilan munosabatda bo`lish kabilar).
  • 3. Narsalarga bo`lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (ozodalik yoki ifloslik, narsalar bilan ayab yoki ayamasdan munosabatda bo`lish kabilar).
  • 4. Odamning o`z - o`ziga bo`lgan munosabatini ifodalovchi xususiyatlar (izzat - nafslilik, shuhratparastlik, mag`rurlik, o`zini katta olish, kamtarlik kabilar).
  • Bundan tashqari, kamroq ahamiyatga ega bo`lgan boshqa juda ko`p xususiyatlar ham mavjud: o`ziga ishonish, o`zbilarmonlik, o`ziga bino qo`yish, maktanchoqlik kabilar. Xarakterning hamma xususiyatlari bir - biri bilan bog`liq, kishining xarakteri nisbatan bir butundir. Xarakterning tarkibi faqat ayrim xususiyatlarining o`zaro bog`liqligi bilan emas, balki bir butun xarakterga xos bo`lgan xususiyatlar bilan belgilanadi. Xarakterning xususiyatlari jumlasiga birinchidan, ularning chuqurlik darajasi kiradi. Shaxsning markaziy asosiy munosabatlari bilan belgilanadigan xususiyatlarini biz xarakterni birmuncha chuqurroq xususiyatlari deb ataymiz. Masalan, barkamol shaxsda odamlarga, jamoa va mehnatga nisbatan vijdonan munosabatda bo`lish bilan belgilanadigan xususiyatlar chuqurroq xususiyatlar hisoblanadi. Ikkinchidan, xarakter kuchi yoki faolligi . Xarakter faolligi xarakter xususiyatlarining kishini biror narsaga undash kuchi bilan tashqi sharoitlarga qarshilik ko`rsatish darajasi bilan belgilanadi.

Yüklə 31,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin