Urganch Davlat Universtiteti Ijtimoiy-Iqtisodiy fanlar fakulteti 211- guruh arxeologiya yo’nalish talabasi Raximberganova Mehribonning psixologiya fanidan mustaqil ishi



Yüklə 31,6 Kb.
səhifə5/6
tarix13.12.2023
ölçüsü31,6 Kb.
#176307
1   2   3   4   5   6
psixologiya

Xarakterning shakllanishi

  • Xarakterning shakllanishi
  • Organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xususiyatlarining paydo bo`lishidagi shartlardan biridir. Xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan belgilanadi. (egizaklar). egizaklar temperament xususiyatlari jihatidan o`xshasalar ham xarakter xislatlari bir - biridan farq qiladi. Xarakterning xususiyati shaxs munosabatlari bilan bog`liqdir. Lekin shaxs munosabatlari o`z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Kishining xarakteri tug`ma, doimiy va o`zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo`y yoki yolg`onchi, qo`rqoq yoki jasur bo`lib tug`ilmaydi. Har bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta`siri bilan tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishining o`z - o`zini tarbiyalashi bilan taraqqiy qilib, o`zgarib boradi. Xarakterning taraqqiyoti kishining irodasi, aql - idroki va hissiyotlarining taraqqiy qilib borishi bilan mustahkam bog`liqdir. Kishining butun hayoti davomida uning xarakterining tarkib topishiga ijtimoiy muhit, avvalo shu kishi bilan birga yashab turgan va ishlab kelgan jamoa katta ta`sir ko`rsatadi. Kichik bolalarda xarakterning tarkib topishida taqlidning roli katta. Bolalar ota - onasiga, yaqin kishilarga va kattalarga o`xshashlikka harakat qiladi. Ular kattalarning yurish - turishlari, dasturxon atrofida o`zini to`tishi va boshqalarga taqlid qiladilar, kichiklarga va jonivorlarga munosabatlarini kuzatadilar. Ota - onalar va o`qituvchilar, umuman katta yoshdagilar hammasi o`zlariga ham e`tibor bilan qarashlari, o`zlarida ijobiy xarakter xislatlarini har doim tarbiyalab borishlari lozim. Bolalarda ijobiy, irodaviy va axloqiy sifatlarini tarbiyalab etkazmoq uchun ota - onalar va tarbiyachilarning o`zlari bunday sifatlarga ega bo`lishlari lozim.

Qobiliyat — insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat koʻnikmamalakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan inʼom sifatida qaraladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyat aynanlashtiriladi. Qobiliyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun qobiliyat deganda birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha qobiliyat uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obyektdan u yoki bu alomatlarni koʻra bilish, ajrata olish koʻnikmasidir. Qobiliyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi.

  • Qobiliyat — insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat koʻnikmamalakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan inʼom sifatida qaraladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyat aynanlashtiriladi. Qobiliyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun qobiliyat deganda birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha qobiliyat uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obyektdan u yoki bu alomatlarni koʻra bilish, ajrata olish koʻnikmasidir. Qobiliyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi.

Yüklə 31,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin