Urganch davlat unversiteti tarix fakulteti 3-bosqich talabasi Shomurotova Oydinoyning maqolalar to‘plami



Yüklə 87,98 Kb.
səhifə5/16
tarix21.10.2023
ölçüsü87,98 Kb.
#158512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Maqola uzb22

MAVZUNING O‘RGANILISH DARAJASI
Bajanak qishlog‘I, uning kelib chiqishi, aholisi, urf-odatlari, madaniyati masalasi ilgari maxsus o‘rganilmagan.Faqat ayrim tomonlari hususan Bajanak tili, Bajanak urug‘I va ularning tangalari, nega shunday nom olganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni yozma manbalarda uchratishimiz mumkin. Bajanak qishlog‘ining tarixini o‘rganish uchun avvalo “Bajanak toponomiyasiga asosiy e‘tiborni qaratamiz. Chunki toponimlar uzoq davr mavsumi bo‘lib ma ‘ lum davr, ijtimoiy muhit yoki siyosiy tuzum mahsuli hisoblanadi. Shuning uchun geografik joy nomlarini ilmiy jihatdan o‘rganish o‘sha joyda yashovchi xalqlarning tarixi, turmushi, tili, madaniyati haqida qimmatli ma ‘lumotlar berish mumkin. Bajanak va Badjana tarzida, mahalliy xalq tilida esa Bajganik shaklida uchraydi.
Bajanak to‘g‘risida ma‘lumotlarni Beruniy asarlarida uchratish mumkin.U o‘zining “Geodeziya” asarida Amudaryoning qadimgi xolati (uning bir irmog’ining Kaspiyga quyilishi) to‘g‘risida va Amudaryo to‘siqlarga uchrab o‘z yo‘lini o‘zgartirganligi to‘g‘risida to‘xtaladi. U Ptolomeyning : Geografiya kitobida Jayhunning bir irmog‘I Xozor dengiziga quyilganligi to‘g‘risidagi ma‘lumotni keltirib u vaqtlar haqiqatdan ham Jayhunning Kasbiyga quyilganligini tasdiqlaydi.
Jayhun bir necha bor to‘siqlarga uchrab o‘z yo‘lini o‘zgartirgan: Qisqa muddatdan keyin bu oqimga ham avvalgi oqimga bo‘lgan to‘siq duch kelgan. U to‘silib qolib, suvini chapga Bajanaklar yeriga: Vodiy Mazdubost (Amudaryoning Sariqqamish ko‘liga tushadigan qadimgi irmog‘i) deb ma‘lum bo‘lgan o‘zan bo‘yicha burgan.
Bu o‘zan Xorazm bilan Jurjon orasidagi sahroda, bunday keyin uzoq muddat davomida ko‘p joylar obod bo‘lgan va yana harob bo‘lgan. Bu joylarning aholisi esa Xozor dengizi sohiliga ko‘chgan , ular allamolar va oslar urig’idan bo‘lib , hozir tillari Xorazmiy va Bajanakiy tillaridan tarkib topgan.(72 b).
Demak hozirgi vaqtda os va allomalarning tilida Bajanak tili namunalarining uchrashiga Bajanaklarning daryo irmog‘i , qurilishi natijasida Xozor dengizi bo‘ylari va O‘rta Osiyoning boshqa yerlariga ko‘chishi sabab bo‘ladi. Yana shunday hulosaga kelish mumkinki, Bajanak tili , o‘sha davrda Xorazmiy tilidan farq qilgan. Keyinchalik Bajanaklarning boshqa organlarga yoyilib ketishi natijasida Bajanak tili Xorazmiy tili bilan uyg‘unlashib ketgan.
Lekin shunday bo‘lsa ham ayrim so‘zlar talafuzida hozirgacha farqlar saqlangan. Masalan ekoy-aka, emma-amma, okoy-aka, pil-bel, shugardi-jo‘shqin, sho‘h, lavant- bo‘shang, dush-tush, va shunga o‘hshash so‘zlarni uchratish mumkin.
Bajanaklar to‘g‘risida ma‘lumotni yana Maxmud Qashg’oriyning “Devoni-lug‘atit turk” ( Turkiy so‘zlar davomi )asarida uchratamiz. U Turkiy xalqlarning kelib chiqishi, Turkiy qabila va urug‘lar to‘g‘risida to‘xtaladi. “Sharqdan boshlab har bir qabilaning turar joylarini birin-ketin tartib bilan ko‘rsatdim. Rumdan kunchiqargacha bo‘lgan musulmon va boshqalarni zikr qildim. Rumga yaqin qabila ﷺ so‘ng qipchoq, uruz, yamak, boshqirt,basmil,qay, javg‘u, tatar, so‘ng qirg‘iz keladi. Qirg‘izlar Chin yaqinidadir. Bu qabilalarning hammasi Rum yonidan kunchiqarga cho‘zilgandir. (64 bet).
Asarda yana quyidagi ma‘lumotlarni uchratamiz ; Og‘uzlar-turklarning bir qabilasidir. Ular 22 urug‘dir. Ularning har birining mahsus belgilari, mollariga hos tamg‘alari bordiki, urug‘larni shu tamgalariga qarab ayiradilar. Qoshg‘ariy shu o‘rinda 22 urug‘ning hammasining nomi, tamg‘alarini ko‘rsatgan va “17 urug‘ deb Bajanaklardir. Tamg‘asi shunday ~/.
Bu qabila tamg‘alari ularning mollari va podalarining belgisidir.Bular asosiy qabiladir. Ularning har birining aymoqlari bor. Bu nomlar u qabilalarning eng qadimgi bobolarining ismidir.(89 bet) Demak, Qashg‘ariy Bajanaklar to‘g‘risida 2 hil fikrni bayon qiladi:
1.Bajanak-Rumga yaqin turuvchi turkiy qabila.
2.Bajanak-o‘g‘izlarning bir toifasi.
Biz uning 2 fikrini tadbiq qilishimiz mumkin. Qashg‘ariy Bajanaklarni sakroyilar deb ko‘rsatadi (65 bet). Xulosa shuki, Bajanak hayotida chorvachilik muhim o‘rin egallaydi.
Abulg‘ozihon o‘zining : Shajarai turk asarida bu nomni “Bachana” tarzida qo‘llaydi. U O‘rozhonning o‘g‘li Ko‘khpnning 2 o‘g‘lini ismi ekanligi va bu so‘zning ma‘nosi “ Sa‘y qiluvchi’’ deb izohlaydi (26 bet).
Yuqorida aytganimizdek “Bajanak qishlog‘ini mahalliy xalq Bajganik” tarzida qo‘llaydi.Bajanak qishlog‘ining nima uchun shu nom bilan atalishi mahalliy xalq tomonidan aziz avliyolardan biri Bajganik bobo tarixi bilan bog‘lanadi.
Mustaqillim tufayli xalqimiz avliyolar, ularning hayot yo‘llari, tarixi bilan tanishish bahtiga muyassar bo‘lmoqdalar.Bajganik bobo to‘g‘risida ma‘lumotlarni to‘plashda shu qishloqning keksa o‘qituvchilaridan Masharipov Boboniyoz, Qurbonova Sarajon 96 yoshli Abdullayeva Oymomo va Qodirova Qurvongul momolar katta yordam berishdi.
Rivoyatlarga ko‘ra bir vaqtlar bizning qishlog‘imizda daryo oqib o ‘tgan ekan. Payg‘ambarimiz Muhammad Alayhissalom xalqni musulmon (bo‘lishga ) qilishga undab, butun mamlakatlarga o‘z sahobalarini jo‘natadi va uddasidan chiqsangizlar bizga xabar qilib, boj, hiroj to‘lab turinglar deydi.Ana shunday maqsadda Xorazmga qarab katta karvon yo‘lga chiqadi.Ular qum sahrolarini kechib o‘tib daryo bo‘yiga etib keladilar.Qarasalar peshin namoz vaqti bo‘lib qolgan ekan.
Namoz o‘qish maqsadida qo‘llaridagi hassani qirg‘oqqa sanchib, taxorat olib, namoz o‘qiydilar. Ovqatlanish uchun qirg‘oqqa dasturxon yozadilar. Ovqatlanib bo‘lishgach, safarni davom qildirsh uchun hassalarini olmoqchi bo‘lsalar, bir hassa kurtar otib, yaproq yoza boshlabdi. Ana shunday hassaning egasi nuroniy bobo mening manzil makonim shu yer ekan shu daryo bo‘yida o‘sha daraxt ostida qo‘nim topibdi.
Bu kishi Bajganik bobo edi. Uning hissasi bir tut daraxtiga aylanibdi.Daryo kemachilari o‘z qayiqlarini o‘sha daraxt ostiga bog‘lab qo‘yganlar.Bu tut daraxti ( Diametri taxminan 4 metr keladi )1935 yilgacha saqlangan. Hozir ham daraxt qoldiqlari saqlanib atrofi o‘rab qo‘yilgan bo‘lib ziyorotgoh joy hisoblanadi.
Dardmandlar va befarzandlar uni ziyorat qilib niyyatlariga yetganlar.Bajganik boboning hamrohlarida biri Ismomut ota bo‘lib u kishi safarini davom qildirgan. Bajganik bobo bilan birga Ibrohim Shayx hamda Oli va Tog‘I ismli tuyakashlar ham shu yerda qolishadi.
Bajganik bobo juda muruvvatli oqilu dono, xudo nazar solgan kishi bo‘lgan.Beva-bechoralarga (muruvvat)sahovat ko‘rsatgan.Xalq uni juda yaxshi ko‘rgan. Bajganik bobo islom dinini targ‘ib qilish va boj yig‘ish bilan shug‘ullangan. U kishining ismi Axmadjon bo‘lib, boj yig‘ish uchun kelgani uchun mahalliy xalq Boka galan bova (Bojga kelgan bobo ) deb atashgan.
Bu so‘z keyinchalik Bajganik bo‘lib ketgan.Bajganik bobo bu dunyodan befarzand o‘tganlar.Lekin uning Xoji bobo ismli nafas o‘g‘li bo’lgan.Xoji bobo asli shu qishloqqa qo’shni bo’lgan Kulolchi qishlog‘idan bo’lgan.U 7-10 yashar vaqti har kuni uyidan qochib Bajganik bobo qabri yoniga kelarkan. Uyidagilar uni olib ketish uchun kelsalar, u Bajganik bobo qabriga suyanganicha etagini har hil mayizlarga to‘lg‘azib yeb o‘tirarkan.Bu voqea hamma yoqni Oppoq qor qoplagan, qirchillama qish vaqtlari sodir bo‘lgan.Shu voqeadan keyin uyidagilar unga monelik qilishmabdi.Xoji bobo vafotidan keyin Bajganik bobo qabrining kunchiqar tomoniga qo‘yilgan.
Shu oqshom qabriston shayxi tushida Bajganik boboni ko‘rgan.Bajganik bobo unga ; Mening qabrimni ziyorat qiluvchilar oldin Xoji bobo qabrini ziyorat qilib keyin meni ziyorat qilishsin deydi.Shu-shu bu qoidaga hamma amal qiladi. Mahalli xalq Xoji bobo va Bajganik bobo qabri ustiga maqbara qurganlar.Maqbara bir necha marta qayta qurilib so‘ngi marta 1911-1912 yillada Xiva xoni Asfandiyorxon davrida Xivadan ustalar bolib qurilgan. Xalq har hil bosqinlar, urushlar, davrida maqbara yonidagi mashitga yashirinib omon qolganlar.Machitga bosqinchilik maqsadida kirishga hech kim jurat qilmagan.
Yuqoridagi rivoyatda aytilishicha shu qishloqdan bir vaqtlar daryo oqib o‘tgan. Buni ilmiy jihatdan o‘rganish uchun Amudaryoning qadimgi holati to‘g‘risida ma‘lumot beruvchi manbaalarga murojat qilamiz.
Amudaryoning qadimgi holati to‘g‘risida ilk ma‘lumotlar Yunon tarixchisi Gerodat asarlarida uchraydi.Uning aytishicha Amudaryo Kavkaz (Pomir) tog‘laridan boshlanib 40 tarmoqqa bo‘lingan.Shu tarmoqlardan 39 tasi shimoldagi botqoqqa ( Orol dengizi) borib quyiladi. Faqat bittagina irmog‘I Kasbiy dengizga quyiladi. Aristotolning ma‘lumotiga ko‘ra esa Xindiston tovarlari hozirgi Afg‘oniston chegarasida Amudaryo kemalariga ortilib Kasbiy dengizchaga borganligini qayt qilinadi.
Berumiy asarlarida Amudaryo o’z yo’lini o‘zgartirgandan keyin uchun yo‘lidagi ko‘pgina xalqlar, jumladan os va olon qabilalari Xosor dengizi tomon ko‘chgan, ularning tili Bajanak va Xorazm tilining qo‘shiishidan hosil bo‘lgan deb yozadi. Bundan os va olanlar Bajanak qishlog‘I va o‘sha yerdan o‘tgan daryo bilan bog‘liqligini ehtimoldan holi emas .Aksincha deb qabul qiladigan bo‘lsak ularning tilida Bajanak tili namunlari uchramagan bo‘lar edi.
Ma‘lumki o‘zbek xalqining asosini Mavoraunnahr va Xorazmda yashagan sak, massaget, suga va Xorazmiylar tashkil qilgan.Shuningdek o‘zbek xalqining shakillanishida O‘rta Osiya va Orol bo‘ylarida yashovchi turli etnik komponzitlar ham ishtirok etgan.
Hozirgi kunda Xorazimliklar o‘zlarining urug‘ va qabilalarga bo‘linishi uzoq vaqtchgacha saqlanib kelgan. Professor E.Dusimov va o‘zbek xalqining asosini tashkil qilgan etnik komponentlardan biri urug‘ qabilalari kongdameratiga Saet , Baet, Juvondir, Ovshar, Kinik, va Bejanak kirishini ta‘kidlaydilar.Hozirgi kunda Bajganik qishlog‘I uncha katta territoriya egallamasa ham 3 na elat (mahalla )Shix, toma xo‘jalar elatlari mavjud.Ular o‘rtasidagi masofa ( ko’cha bilan ajralgan) kichik bo‘lsa ham ularning tili bir-biridan farq qiladi.
Qishloqda 1960-1970 yillargacha aholining yashash tarzida feodal munosabatlar urug‘doshlik tuzumi sarqitlari saqlanib kelgan. Aholi ova (ovul)larga bo‘linib yashagan.Har bir ovada yashovchilar o‘zaro qarindosh-urug‘ bo‘lib o ‘z nomiga ega bo‘lganlar.
Masalan:Mulla ovasi,O’rta ova, To’xta ova, Eg‘irlar ovasi, Qul ovasi,hokazolar.Har bir ovani shu urug‘ning eng keksa kishisi boshqargan.Har bir ova yoki urug‘ o‘z umumiy yeriga ega bo‘lib, shu yerdan birgalikda foydalanganlar.Xonga tegishli yerlar “Beklik” deb atalgan.
1920 yillargacha qishloqda ro‘zg‘orga kerakli narsalarning barchasini o‘zlari yetishtirganlar.Oziq-ovqat mahsulotlari, dehqonchilik, chorvachilik,va ovchilik bilan topilgan bo‘lsa , kiyim-kechaklar pahta (ingichka tolali pahta) jun, ipakdan tola ajratib olib, o‘zlari mato to‘qishgan va har hil rangga bo‘yab (paxta gulidan olingan )tayyorlashgan.Oyoq kiyimlari esa qo‘y va mol terisi pishitib ustalar tomonidan tikilgan.

Yüklə 87,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin