Urganch RANCH texnologiya universiteti ilmiy kengashi yig‘ilishining № sonli BAYONNOMASI
Urganch shahri ___ -yanvar 2023-yil.
Qatnashdilar: RANCH texnologiya universiteti ilmiy kengash a’zolari
KUN TARTIBI:
Kafedralarda o‘tiladigan fanlarning o‘quv rejalar ,o‘quv dasturlar va sillabuslarini tuzilishini va o‘qidilishi bilan bog‘liq jarayonlarni tanqidiy ko’rib chiqish.
Aniqlangan hato va kamchiloklarni amaldagi tegishli huquqiy hujjatlar asosida bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Turli xil masalalar
EShITILDI.
Yig‘ilishni universitet kengash raisi D. Ro‘zmetov ochib berdi va kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.
So‘z navbatini Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil qilish kafedrasi mudiri v.v.b A.Raximovga berdi. Kafedra mudiri ikkita kafedradagi fanlarni o‘qitish jarayonida hozirda amalda bo‘lgan o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar va sillabuslar bilan bog‘liq umumiy bir qancha muammolar mavjudligini aytib, ushbu hato va kamchiliklar to‘g‘risida to‘xtaldi.
Xususan:
mazkur o‘quv rejalar 60310100 – Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil qilish (mashinasozlikda) va 60720800 – Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtamatlashtirish ta’lim yo‘nalishlari kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalar uchun 7200 soat va 240 kredit keltirilgan, sirtqi ta’lim shakli uchun 9000 soat va 300 kredit berilgan vaholanki sirtqi talim shakli uchun har qanday yo‘nalishning kunduzgi shakli tayanch qilib olinadi. Bu holatda sirtqi ta’lim shakli uchun ko’rsatilgan 9000 soat va 300 kredit O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “OLIY TA’LIM DAVLAT TA’LIM STANDARTI. ASOSIY QOIDALAR” ning 6-bandidagi 6.O‘quv yuklamasining hajmi 6.1.Bakalavriat bandida ko‘rsatilgan qoidalar bo‘yicha hato ekani aniqlandi.
Yuqoridagi yo‘nalishlarining auditoriya mashg‘ulotlarining haftalik soatlar juftligiga mos tushmasligi va ma’ruzalar, amaliy, semenar, laboratoriya mashg‘ulotlarning toq ekanligi dars jadvallini tuzishda va jurnalni yuritishda ba’zi noqulaylik va qiyinchiliklarni tug‘dirayotganini bayon qildilar. Bularni tuzatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021-yil 16-iyuldagi 311-sonli buyrug’ining 7 – ilovasiga mos holda barcha fanlarning auditoriya mashg‘ulotlarini juftlashtirish taklifini berildi.
Hozirda amalda bo‘lgan o‘quv rejalarda, bazi fanlardan joriy nazorat, ba’zilaridan joriy va yakuniy nazoratlar olish belgilangan. Ammo bu nazorat turlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomning 2-bob. Nazorat turlari va baholash mezonlari 1-§. Nazorat turlari 5-bandida Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi deb belgilangan. Shni inobatga olgan holda mazkur xatolikni shu nizomga moslashtirish taklifini berdi.
Mazkur o‘quv rejalarni sirtqi ta’lim shaklini tuzishdagi kamchiliklar misol tariqasida 60310100 – Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil qilish (mashinasozlikda) yo‘nalishidan bitta fanni olib ko‘radigan bo‘lsak, kunduzgi o‘qish shaklida matematika fanining kunduzgi shakli uchun umumiy hajmi 330 soat berilgan, ammo sirtqi shaklida 510 soat qilib belgilangan. Bunday jarayonda talaba sirtqi o‘qish shaklidan faqatatgina kunduzgi shakilga o‘qishni ko‘chirishi mumkun, ammo kunduzgi o‘qish shaklidan sirtqi ta’limga ko‘chira olmaydi. Bunday hatoliklar birgina bu fanda emas deyarli barcha fanlarda kuzatishimiz mumkun. Sirtqi ta’lim shaklini o‘quv rejasini tuzish uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (sirtqi, maxsus sirtqi) o‘qish shakli uchun auditoriya mashg‘ulotlarining hajmi ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shaklining kamida 30% etib belgilanadi. Ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021-yil 16-iyuldagi 311-sonli buyrug’ining 7-bandida o’quv yuklamasining hajmida ko’rsatilgan.
Fanlar semestrlar davomida o‘tilishiga qarab ajratiladigan kreditlar ham 311 – buyuqdagining 7-bandi o’quv yuklamasining hajmidagi namunaga mos emasligi aniqlandi. 311 – buyuqdagida 1 semestr davomida o‘tiladigan fan uchun 4 ta yokiy 6 ta kredit ajratilishi maqsadga muvofiq deb berilgan. Bu degani bir semester davomida 120 -180 soat degani va 180 soatdan oshadigan fan bo‘lsa 2 yoki 3 semestr davomida o‘tilishi tavsiya qilingan.
Hozirda amalda bo’lgan 60310100 – Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil qilish (mashinasozlikda) yo’nalishi “OLIY TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTI. OLIY TA’LIM YO‘NALISHLARI VA MUTAXASSISLIKLARI KLASSIFIKATORI” da yo’qligi sababli 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) yo’nalishning o’quv rejasi ishlab chiqilib Toshkent Davlar Iqtisodiyot universiteti bilan kelishgan holda tasdiqlandi va amaldagi o’quv reja bilan yangi o’quv rejada 1-2-3-semestrlarda quyidagi fanlarning tafovudlar yuzaga keldi.
O‘quv dasturida ko‘pchilik fanlarda fanning kodi hato kiritilgan va o‘quv dasturda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021-yil 16-iyuldagi 311-sonli buyrug’ining 8 – ilovasida bayon qilingan bandlar to‘liq berilmagan.
Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar hamda axborot manbaalari.
O‘quv dasturining oxirigi betida o‘quv dasturini ishlab chiqqan oliy ta’lim muassasasi nomi, tuzuvchining ismi, Familyasi, lavozimi, ilmiy daraja va unvonlari,oliy ta’lim muassasasi kengashi bayonining raqami va sanasi keltirilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021-yil 16-iyuldagi 311-sonli buyrug‘ining 7-8-9 – ilovalariga mos o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar va sillabuslar ishlab chiqishni o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i va uslubchilari taklif qildilar.
QAROR QILINDI
Urganch RANCH texnologiya universiteti “O‘quv – uslubiy ” boshqarmasining takliflaridan kelib chiqib barcha o‘quv rejalar va fanning o‘quv dasturlari, sillabuslari qayta ko‘rib chiqilib barcha hatolar bartaraf qilinsin, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021-yil 16-iyuldagi 311-sonli buyrug‘ining 7-8-9 – ilovalariga moslashtirilsin va tegishli tartibda tasdiqlash uchun Urganch RANCH texnologiya universiteti kengashiga tavsiya qilinsin.
Urganch RANCH texnologiya univesiteti rektori __________________________