Urgut tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘i ta’lim muassasalarida aniq fanlar ( matematika va informatika ) oyligini tashkil etish to‘g‘risida
URGUT TUMAN XALQ TA’LIMI BO‘LIMI MUDIRINING BUYRUG‘I
Ta’lim muassasalarida aniq fanlar ( matematika va informatika ) oyligini tashkil etish to‘g‘risida
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar savodxonligini oshirish, ulami aniq fanlar (matematika va informatika) bo‘yicha DTS talablgrini o‘zlashtirish samaradorligini oshirib borish, ularning ushbu fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy hamkorligi, iqtidori va ijodiy qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiyatexnologiyalaridan samarali foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini amaliyotga joriy etish orqali o‘quvchilarning intellektual salohiyatini aniqlash, viloyat xalq ta’lim boshqarmasining 2021-yil 25-yanvardagi 6-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1.Viloyat xalq ta’lim boshqarmasining 2021-yil 25-yanvardagi “Fevral oyi aniq fanlar (matematika va informatika) oyligini o’tkazish to’g’risida” gi 6-sonli buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2.Tuman xalq ta’lim bo’limi tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalarida 2021-yilning fevral oyi davomida aniq fanlar oyligini o‘tkazilishi belgilansin. 3. Aniq fanlar oyligini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga, tuman xalq ta’limi bo‘limlari va boshqarma tasarrufidagi ta’lim muassasalarida fan oyliklarini o‘tkazish bo‘yicha monitoringi jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Bo’lim mudiri o’rinbosari (E.Po`latov) va aniq fanlar metodisti (Q. Suuonov) larga: -belgilangan muddatda barcha umumta’lim maktablarida aniq fanlar oyligini hozirgi pandemiya sharoitidan kelib chiqib, karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazilishini nazoratga olish; -viloyat XTXQTMO hududiy markazi bilan hamkorlikda ZOOM platformasi orqali aniq fanlar o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan o‘quv seminar hamda konferensiyalar tashkil etish;
Aniq fanlarini o‘qitishning yangi uslublarini amaliyotga joriy etish, tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini ommalashtirish vazifalari topshirilsin.
5. Barcha umumiy o’rta ta’lim maktab direktorlariga:
ta’lim muassasalaridagi tajribali o‘qituvchilar ishtirokida davra suhbatlari, o‘quv-seminarlari, namunali ochiq darslar va ko‘rik-tanlovlar tashkil qilish, chellenjlarda faol ishtirok etish;
mazkur tadbirlarda ta’lim muassasalaridagi o‘qituvchi va o‘quvchilaming faol ishtirok etishini ta’minlash;
fan oyligi davomida faol qatnashgan o‘qituvchi va o‘quvchilami rag‘batlantirish, o‘tkaziladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlami (fotolavhalari ilova qilingan holda) joriy yilning 27-fevral kuniga qadar tuman xalq ta’lim bo‘limiga taqdim etish vazifalari topshirilsin.
6. Bo’lim axborot xizmati (M.Tu`paboev) fan oyligi davomida o‘tkaziladigan tadbirlami maxsus ruknlar ostida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borsin. 7. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish bo’lim mudiri o‘rinbosari Sh.Uralbayev zimmasiga yuklatilsin.
Bo’lim mudiri v,bE.Po`latov
Urgut t.,
2021-yil ___ ____,
____-son
Tuman xalq ta’lim bo’limining 2021-yil ___yanvargi ___-sonli buyrug‘iga ____-ilova
Ta’lim muassasalarida aniq fanlar (matematika va informatika) oyligini samarali o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi