134
Dinamometrning turiga bog‘liq holda kuch bo‘g‘ini prujinalar ko‘rinishida
(prujinali dinamometrlar), moy bilan to‘ldirilgan silindr va porshen ko‘rinishida
(gidravlik dinamometrlar) va o‘lchanayotgan zo‘riqishlarni qabul qiluvchi datchiklar
ko‘rinishida (elektr dinamometrlar) ishlanadi.
Uzatuvchi qurilma dinamometrning kuch bug‘ini
va qayd etuvchi qurilmasi
o‘rtasidagi bog‘lovchi qism hisoblanadi. Uzatuvchi qurilma mexanik — richagli
mexanizmlar ko‘rinishida, gidravlik-kuchlanishni gidravlik bosimga aylantiruvchi va
elektrik — datchiklar bilan elektr o‘lchov asboblari o‘rtasida elektr aloqani
ta’minlovchi bo‘lishi mumkin. Dinamometrlarning
qayd etuvchi qurilmasi
ko‘rsatuvchi, yozuvchi va o‘qib oluvchi bo‘lishi mumkin.
Sinash amaliyotida prujinali dinamometrlar keng tarqalgan. Prujinali
dinamometrlarda kuch bo‘g‘ini tekis, elliptik, spiral va halqali prujinalarda
tayyorlanadi. Kuch bo‘g‘ini yarimelliptik prujinalardan tayyorlangan dinamometr
(3.29-rasm) korpusdan, uchlari boltlar bilan
biriktirilgan ikki prujinali, ulov
ziraklarini mahkamlash uchun ikkita tortqidan, ko‘rsatkich
strelkali shesternyachani
(tishli g‘ildirakchani) aylantiruvchi tishli sektordan, va siferblatli ko‘rsatkichdan
iborat. Gidravlik porshenli dinamometr (3.30-rasm) porshenli silindrdan, richagli
prujinadan va yozib oluvchi qurilmadan iborat. ¤lchanayotgan zo‘riqish ta’sirida
bosim moyo‘tkazgich orqali prujinaga osilgan silindrga uzatiladi. Silindrdagi moy
bosimining o‘zgarishiga bog‘liq holda prujina deformatsiyasining kattaligi ham
o‘zgaradi. Prujina richag bilan bog‘langan bo‘lib, richag o‘lchanayotgan
zo‘riqishning kattaligini ko‘rsata va yoza olishi mumkin.
Elektr uzatmali dinamometr (3.31-rasm) prujinadan, tortqidan, tishli
Qildirakchadan iborat. Polzunok kantakt plastinalar bo‘ylab sirpanadi, bu plastinalar
qayd etuvchi qurlma bilan bog‘langan. Qayd qiluvchi
qurilma muvoznatlanmagan
yoki muvozanatlngan ko‘priklar sxemasi bo‘yicha bajariladi.