Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

 
 
4.7-rasm. Doiraviy stendning sxemasi:
1–stendning tayanch konstruksiyasi; 2–to‘g‘ri yuruvchi 
gidravlik domkratlar; 3–taqsimlash yostiqlari; 4, 5–qum 
to‘ldirilgan faza; 6–qaytuvchi domkratlar; 7–qoplash 
(ishlab chiqish) halqasi. 
Tyubinglarni sinashda, tonnellarni 
qurishda va foydalanishda obdelkaga ta’sir 
etuvchi bosimni o‘lchash dinamometrik 
ballonlar (maxsus tayyorlangan tyubinglar) yoki 
boshqa qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. 
O‘lchash uchun tayyorlangan bloklarning 
miqdori tog‘ bosimning yoki tuproq bosimining 
notekisligiga, baholash aniqligiga va boshqa omillarga bog‘liq holda belgilanadi. 
 
 
 
 


148 
4.3. Sinovlarni o‘tkazish va olingan natijalarni baholash
Konstruksiyalarni sinash havo temperaturasi musbat bo‘lganda, konstruksiya 
betonlangan kuni aynan bir xil beton aralashmasidan tayyorlangan, 15x15x15 sm 
o‘lchamli standart namunalar sinalgandan so‘ng o‘tkaziladi. 
Yirikgabaritli konstruksiyalarni betonlashda namunalarni tanlab olish 
konstruksiyaning oralig‘ining o‘rta qismiga va tayanch uchastkalariga quyilayotgan 
beton aralashmasidan o‘tkazilishi kerak. Konstruksiya sinaladigan kuni betonning 
mustahkamligini mexanik ta’sir ko‘rsatuvchi asboblar bilan, ultratovushli yoki 
radiometrik usullar bilan buzmasdan aniqlash tavsiya etiladi. 
Sinashdan oldin hamma o‘lchov asboblari o‘rnatiladi, sinovlar jurnaliga esa 
ularning konstruksiyada joylashishi sxemasi o‘rnatilish nuqtalarini boQlagan holda 
sxemasi chiziladi. 
Yoriqlarni yanada aniqroq qayd etish uchun sxemada sinalayotgan 
konstruksiyaning pastki va yon yoqlariga konstruksiyaning o‘lchamlariga bog‘liq 
holda uyachalarining o‘lchami 20 dan 30 sm gacha bo‘lgan to‘r chiziladi. 
Konstruksiyani yuklantirishdan oldin katokli tayanchlar panadan bo‘shatib 
olinadi va tayanch maydonchalari katoklarning erkin harakatlanishi masalasida 
tekshiriladi. 
Konstruksiyani yuklantirish donabay yuklar bilan, richagli moslamalar bilan va 
domkratlar bilan bosqichma bosqich, mustahkamlikni tekshirish bo‘yicha nazorat 
yuklanishini 10% oshmaydigan va buyum bikrlanishidan 20% oshmaydigan 
bosqichlarda amalga oshiriladi. Barcha hollarda konstruksiyaga yuklanish asta-sekin, 
siljishlarsiz va konstruksiyaning bo‘yi bo‘yicha simmetrik orta borishi kerak. 
Konstruksiyani donabay yuklar bilan yuklantirishda, ularni taxtlash uni 
sinashda konstruksiya deformatsiyalarining erkin paydo bo‘lishini ta’minlovchi 
vertikal oraliqlar bilan o‘tkazilishini kuzatish kerak. O‘lchov asboblarining to‘g‘ri 
o‘rnatilganligi (tegib turish zichligi, o‘lik yurishni istisno etish va h.k.) quyidagi 
tarzda tekshiriladi: ikki bosqichli yuklanishdan so‘ng konstruksiya birinchi 
bosqichgacha yuksizlantiriladi va asboblarning ko‘rsatishlari sinchiklab tekshiriladi. 
Asboblarning ko‘rsatishlarida og‘ishlar aniqlanganda bu asboblar yechib olinishi 
rostlanishli va boshqatdan o‘rnatilishi kerak. 
Har bir bosqichda yuklantirgandan so‘ng asboblar bo‘yicha ko‘rsatishlar 
sanaladi va konstruksiya yuklanish ostida kamida 10 min tutib turiladi.


149 
Yuklanish ostida tutib turilganda konstruksiya ko‘zdan kechiriladi va asboblar 
ko‘rsatish vedomostga yoziladi, shuningdek bu payt yoriqlarning paydo bo‘lishi va 
ularning o‘sishi kuzatib boriladi. Yoriqlar konstruksiyalarning sirtida qalam bilan 
qayd etiladi va sinovlar jurnaliga yuklanish bosqichini ko‘rsatgan holda tartib 
raqamlari bilan yozib qo‘yiladi. Bundan tashqari, konstruksiyaning sirtida har bir 
bosqichdan so‘ng yoriqning ko‘rinadigan uchini ko‘ndalang chiziqcha tortib belgilab 
va yuklatish bosqichi raqamini ko‘rsatish kerak. Tutib turish oxirida, keyingi 
yuklanish bosqichi oldidan asboblarning ko‘rsatishi yana yozib olinadi. 
Yoriqlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan konstruksiyalarni sinashda, 90% nazorat 
yuklanishi qo‘yilgandan so‘ng birinchi yoriqlar paydo bo‘lguncha yuklanishning 
keyingi bosqichi kattaligini nazorat yuklanishining 5% ga teng deb qabul qilinadi
yoriqlar paydo bo‘lgandan keyin esa yuklanishning qabul qilingan teng bosqichlari 
bilan qabul qilinadi. 
Agar konstruksiyaga yuklanish me’yordagi kattalikka yetsa, uni yuklash 
to‘xtatiladi va shu yuklanishda kamida 30 minut tutib turiladi. Keyin konstruksiya 
qabul qilingan bosqichlar bilan buzilguncha yuklantiriladi. 
Konstruksiya buzilishidan biroz avval nazariya kattalikning 80% ga teng 
yuklanishda konstruksiyada o‘rnatilgan barcha o‘lchov asboblari yechib olinadi. 
Siqilgan hududda va tayanchlar yaqinida armaturaning uzilishi va betonning buzilishi 
yuz berganda buzilish kuzatish yo‘li bilan, shuningdek asboblar bo‘yicha, 
yoriqlarning ochilishi kengligi (1,5 mm dan ortiq) bo‘yicha va oxirgi yuklanish 
bosqichidan so‘ng avvalgi beshta yuklanish bosqichlarining egilishlari yig‘indisiga 
teng yoki undan katta bo‘ladigan egilish kattaligi bo‘yicha aniqlanishi mumkin. 
Konstruksiyaning buzilishi oralig‘ining 1/50 uzunligidan ortiq bo‘lgan egilish bilan 
tavsiflanadi. So‘ngra 


хис
буз
Р
P
nisbat aniqlanadi va S kattalik bilan taqqoslanadi, bunda 

буз
Р
— xususiy og‘irligini hisobga olgan holdagi buzuvchi yuklanish 
yig‘indisi; 

хис
Р
— xususiy og‘irligini hisobga olgan holdagi hisobiy yuklanish 
yig‘indisi. 


150 
GOST 8829-94 ga muvofiq S kattalik konstruksiyaning buzilishi tavsifiga 
bog‘liq holda og‘ir va yengil betonlar uchun statik sinovda kamida quyidagicha 
bo‘lishi kerak: bo‘ylama cho‘zilgan armaturaning oquvchanligida va siqilgan 
hududdagi betonning maydalanishida bo‘ylama cho‘zilgan armaturaning 
oquvchanligi bilan bir vaqtda — 1,4; bo‘ylama armatura uzilganda, siqilgan 
hududdagi beton maydalanganda yoki uning qiya yoriqlar bo‘yicha buzilishida, 
shuningdek armatura tortib olinganda va betonning chetlari yorilganda — 1,6. 
Bikrlik sinalayotgan konstruksiyani me’yordagi yuklaish bilan yuklantirishda 
uning oralig‘i o‘rtasida paydo bo‘ladigan egilishi kattaligi bilan tavsiflanadi. Agar 
konstruksiya me’yordagi yuklanish bilan yuklantirilganda haqiqiy egilish kattaligi 
nazariy egilish kattaligidan 10% dan ko‘proqqa ortiq bo‘lmasa, u holda konstruksiya 
bikrlik talablariga javob beradi. 
Agar konstruksiyada dastlabki yoriqlarning paydo bo‘lishi hisobdagi yoki 
me’yordagi yuklanishlardan ortadigan (yorilishga bardoshlikning birinchi va ikkinchi 
toifasi uchun) yuklanishlarda yuz bersa, va me’yordagi yuklanishda yoriqlarning 
ochilishi 0,1–0,2 mm dan ortiq bo‘lmasa, (yorilishga bardoshlikning uchinchi 
toifasidagi konstruksiyalar uchun), u holda konstruksiya yorilishga bardoshlik 
bo‘yicha sinovdan o‘tgan deb hisoblanadi. 
Konstruksiya sinalgandan so‘ng konstruksiyaning buzilgan qismlari, 
shuningdek o‘ziga xos yoriqlar paydo bo‘lgan uchastkalar, fotosuratga olinadi, tajriba 
ma’lumotlari ishlovdan o‘tkaziladi va sinovlar to‘g‘risida hisobot tuziladi. 
Hisobotda konstruksiyaning nazariy hisob-kitobi amalga oshiriladi, sinash 
uslubini tanlash asoslanadi, shuningdek konstruksiyaning mustahkamligini, bikrligini 
va yorilishga bardoshligini baholab xulosalar chiqariladi. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin