Me’yordagi yuklanishda yoriqlarning ochilish kengligi, mm
Bosqich
№
Nuqtalar nomuri
Bosqich №
Nuqtalar nomuri
T 1
T 2
T 3
T 4
T 1
T 2
T 3
T 4
2
3
4
5
8
12
0,2
0,2
0,25
0,25
0,25
0,25
0,15
0,2
0,2
0,2
0,2
0,2
—
—
—
—
—
0,1
—
—
—
—
—
—
13
15
17
19
21
0,3
—
—
—
—
0,25
—
—
—
—
0,1
0,1
0,1
0,2
0,3
0,05
0,05
0,1
0,1
0,15
155
KONSTRUKSIYALARNI STATIK VA DINAMIK YUKLANISHLAR
BILAN NATURA SINOVLARI
V BOB. KONSTRUKSIYALAR, BINO VA
INSHOOTLARNI DINAMIK YUKLANISH BILAN SINASH
5.1. Materiallar xossalarining dinamik ko‘rsatkichlari
Ma’lumki, qurilish materiallarining turli xil mexanik ta’sirlariga qarshiligi bir
xil bo‘lmay, qo‘yilgan yuklanishning turiga va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Materialni
statik yuklantirishda inersiya kuchlari ishtirok etmaydi va bu material
mustahkamligining natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Dinamik yuklanishlarda
materialda turli xil to‘lqin jarayonlari vujudga keladi va inersiya kuchlari
mustahkamlik natijalariga ta’sir qiladi. Shunday qilib, bir xil mexanik xossalarga ega
bo‘lgan aynan bir xil materiallar yuklantirishning statik va dinamik usullarida
mustahkamlikning turli ko‘rsatkichlarini beradi.
Bu masala alohida e’tiborni talab etadi, chunki amalda qurilish materiallari
asosan statik yuklanishlar bilan sinaladi. Biroq ayrim hollarda (avtoyo‘llar va
aerodromlar qoplamalarida, seysmik ta’sirlarda va h.k.) qurilish materiallari dinamik
yuklanishlarni qabul qiladi. Bundan materiallar xossalarining dinamik
ko‘rsatkichlarini aniqlash va statik sinovlarda olingan ko‘rsatkichlar bilan
korrelyatsion aloqasini o‘rnatish zarurligi paydo bo‘ladi.
Qurilish materiallari xossalarining asosiy dinamik ko‘rsatkichlari dinamik -
qattiqligi, elastiklik moduli, Puassan koeffitsiyenti, siljish moduli, buzilishining
dinamik solishtirma energiya sig‘imi, akustik bikrlik va elastik to‘lqinlarning o‘tish
tezligi hisoblanadi. Materilning dinamik qattiqligi Shor asbobi yordamida boyoqning
orqaga sapchish balandligi bo‘yicha aniqlanadi.
Dinamik elastiklik moduli elastik to‘lqinlarning tarqalish tezligi bilan
ifodalanadi:
ρ
=
2
g
E
c
bu yerda:
s
— to‘lqinning tezligi, sm/sek,
ρ
— materialning zichligi, kg/sm
2
.
156
Puassonning dinamik koeffitsiyenti bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlarning
tarqalish tezlishi bilan ifodalanadi
µ
−
=
−
2
2
0, 5
1
R
R
bu yerda:
R
— ko‘ndalang to‘lqin tezligining bo‘ylama to‘lqin tezligiga nisbati.
Siljishning dinamik moduli ko‘ndalang to‘lqin tezligining material zichligiga
ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi.
Material buzilishining dinamik solishtirma energiya sig‘imi namunning
vertikal koperda tushayotgan yukning zarbiga qarshilik ko‘rsatishi bilan ifodalanadi
va quyidagi:
V
n
n
P
A
сол
2
)
1
(
+
=
formula bo‘yicha aniqlanadi, bu yerda:
R
— yukning og‘irlgi, kg;
n
— namuna buzilgan zarblar miqdori;
V
— namunaning hajmi, sm
3
.
Akustik bikrlik elastik to‘lqinning tarqalishiga materialni qarshilik
qiluvchanligi bilan ifodalanadi va material zichligining bo‘ylama to‘lqin tezligiga
ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi. Elastik to‘lqinlarning (bo‘ylama va ko‘ndalang)
o‘tish tezligiga ko‘ra materialning tizimi va strukturasi, yuklanish ostidgi
kuchlanishlar va uning dinamik hamda elastik xossalari to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Dinamik yuklanishlar va tebranuvchi jarayonlar.
Qurilish konstruksiyalari
ulardan foydalanishda statik yuklanishlar ta’siri bilan birga juda ko‘p hollarda
dinamik ta’sirlarga duch keladi. Dinamik yuklanishlrni vujudga keltiruvchi manbalar
texnologik, yuk ko‘taruvchi va transport qurilmasi, shamol yuklanishi, seysmik
ta’sirlar va h.k.lar hisoblanadi.
Dinamik yuklanishlar konstruksiyaga uzluksiz va davriy ravishda ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Dinamik yuklanish statik yuklanishdan farqli o‘laroq juda tez
o‘zgaradi va harakatdagi massalarning ancha katta inersiya kuchlari bilan birga,
shuningdek tebranish jarayonlari bilan birga kechadi.
Tebranuvchi jarayonlarning asosiy tavsifsi quyidagilardir: tebranishlar
amplitudasi, u tebranayotgan massaning o‘rtacha yoki nol xolatidan eng katta og‘ishi
kattaligi bilan ifodalanadi, va tebranishlar davri — sistemaning ikkita ketma-ket bir
xil holatlari orasidagi vaqt oralig‘i. Amalda tebranishlar davri o‘rniga ko‘pincha
tebranishlar chastotasi deb ataluvchi teskari kattalikdan foydalaniladi.
157
Tebranishlarning eng oddiy va keng tarqalgan ko‘rinishi garmonik tebrnishlar
bo‘lib, u
ω
ε
=
+
sin(
)
X
a
t
formula bilan ifodlanadi,
bu yerda:
a
— tebranishlar amplitudasi;
ω
ε
+
t
— tebranishlar fazasi;
ε— tebranishlarning boshlang‘ich fazasi.
Bir sekunddagi tebranishlar chastotasi
n
=
ω
/2
π
, tebranishlar davri
t
=2π/ω sek
ga teng.
Tebranishlar so‘nuvchi va so‘nmaydigan bo‘ladi. Agar tebranishlar amplitudasi
doimo o‘zgarmas bo‘lib qolsa, bunday tebranishlar so‘nmaydigan tebranishlar
deyiladi. Agar tebranishlar amplitudasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarsa, ya’ni kamaysa
yoki ortsa, ular so‘nuvchi tebranishlar deyiladi.
Har bir elastik jismga yoki konstruksiyaga ma’lum tebranishlar davri va
chastotasi xos bo‘lib, ular xususiy tebranishlar deyiladi. Muvozanat holtidan
chiqarilgan elastik jismning xususiy tebranishlari, agar bu tebranishlarni qo‘llab-
quvvatlab turadigan tashqi kuchlar bo‘lmasa, asta sekin so‘nadi. Agar shunday
kuchlar mavjud bo‘lsa, davriy ravishda o‘zgarib tursa, u holda uning ta’sirida elastik
jism tebranadi. Bunday tebranishlar majburiy tebranishlar deyiladi, uni vujudga
keltiruvchi kuch esa g‘alayonlovchi kuch deyiladi.
Agar g‘alayonlovchi kuch chastotasi xususiy tebranishlar chastotasi bilan mos
tushsa, elastik jism tebrnishining amplitudasi orta boshlaydi. Amplitudaning bunday
uzluksiz ortishi rezonans deyiladi.
Rezonans konstruksiyalar va inshootlar uchun xavflidir, chunki tebranishlar
amplitudasining ortishi bilan kuchlanishlar va deformatsiyalar ortadi, bu
konstruksiyaning buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan dinamik
yuklanish ta’sir ko‘rsatuvchi konstruksiyalar shunday hisob-kitob qilinadiki, bunda
ularning xususiy tebranishlari chastotasi g‘alayonlantiruvchi kuch, masalan, seysmik,
shamol, turli xil texnologik qurilma va boshqalar vujudga keltiruvchi majburiy
tebranishlar chastotasi bilan mos tushmasin.
|