Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Konstruksilar va inshootlarni dinamik yuklanish bilan sinashning



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

5.2. Konstruksilar va inshootlarni dinamik yuklanish bilan sinashning 
maqsadlari va vazifalari
Konstruksiya va inshootlarni dinamik yuklanish bilan sinashning asosiy 
vazifalari quyidagilardir: 
1) konstruksiyaning dinamik tavsiflarini — xususiy tebranishlar chastotasini, 
so‘nish davri va koeffitsiyentini aniqlash
2) dinamik ekspluatatsion yuklanishlar tavsiflarini — ularning qiymatlarini, 
yo‘nalishlarini, chastotalarini aniqlash
3) konstruksiyaning ekspluatatsion yuklanishlrda ishlashida asosiy tavsiflarni, 
tebranishlar amplitudasini, chastotasini, tezlanishini, majburiy tebranish shaklini va 
dinamik koeffitsiyentini aniqlash; 
4) dinamik yuklanishning konstruksiyaning mustahkamligiga, bikrligiga va 
yorilishga bardoshligiga ta’siri; 
5) konstruksiyaga dinamik yuklanishli agregatlarni o‘rnatish mumkinligi
6) dinamik yuklanishning inshootlarning me’yordagi ekspluatatsion 
sharoitlariga ta’siri. 
Bu vazifalar konstruksiyalar va inshootlarni sinash amaliyotida uchraydigan 
masalalarning hammasini o‘z ichiga olmaydi. Shunga qaramay bu ro‘yxat sinovlar 
jarayonida hal qilinadigan masalalar to‘g‘risida umumiy tushuncha beradi. 
5.3. Dinamik yuklanishlarning asosiy turlari 
Kattaligi yoki qo‘yilish nuqtasi o‘zgarib turadigan yuklanishlar dinamik 
yuklanishlar deyiladi. Dinamik yuklanishlrning uchta asosiy turi farq qilinadi: 
1) kattaligiga ko‘ra o‘zgaruvchi va ma’lum nuqtada ta’sir ko‘rsatuvchi 
qo‘zg‘almas vibratsion yuklanish. Bunday yuklanish muvozanatga keltirilmagan 
massali turli mexanizmlarning ishlashi natijasida paydo bo‘ladi (tikuvchilik va 
tokarlik stanoklari, vibrostendlar va boshqalar); 
2) zarbaviy yuklanish, u inshootlarning ma’lum bir nuqtasida davriy ravishda 
zarbalarni uzatadi. Bu turdagi yuklanishlar turli jismlarning tushishida, kopyorning 
ishlashida, quvvatli molotlarning ishlashida va hokazolarda paydo bo‘lshi mumkin; 
3) harakatlanuvchi vibrodinamik yuklanish; u yuqorida keltirilgan va bir 
paytda qo‘yilish nuqtasini o‘zgartiruvchi ikki turdagi dinamik yuklanishlrning 
kombinatsiyasini ifodalaydi; 


159 
4) bo‘lishi mumkin bo‘ladigan yer qimirlashlrning spektral-vaqt tavsiflariga 
bog‘liq seysmik yuklanish. 
Konstruksiyalarni va inshootlarni vibratsion yuklanish bilan sinash haqiqiy 
ekspluatatsion sharoitlarda ularning aslida bajargan ishini aniqlash imkonini beradi. 
Ammo bunday sinovlarni o‘tkazish bilan, ayniqsa ekspluatatsion harakatlanuvchi 
yuklanishlar bilan, har doim ham hamma dinamik tavsiflarni (tavsiflarni) olish 
imkoniyati bo‘lavermaydi. Shuning uchun, qo‘shimcha zarbaviy sinovlarni 
o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. 
Zarbaviy sinovlar yordamida so‘nuvchi tebranishlarning vibrogrammalari 
yoziladi, bu bilan tebranishlar chastotasi va davri, so‘nish koeffitsiyenti, sinalayotgan 
ob’yektning keltirilgan massasi va boshqa tavsiflar aniqlanadi. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin