165
hisobiga amalga oshiriladi. Burchak tezlikning o‘zgarishi
bilan markazdan qochma
kuchlarning chastotasi o‘zgaradi, bu esa ta’sir etuvchi kuchlar chastotasining
o‘zgarishida konstruksiyaning holatini o‘rganish imkonini beradi.
Muvozanatlanmagan massalarning miqdori, ularning og‘irligi
va boshqa
parametrlarga bog‘liq holda turli quvvatli va gabarit o‘lchovli vibromashinalar,
kichik o‘lchamli laboratoriya mashinalaridan boshlab to temiryo‘l ko‘priklari, binolar
va inshootlargacha sinash uchun mashinalar mavjud. Bunday mashinalar
muvozanatlanmagan massali sakkiztagacha bo‘lgan disklarga ega va 5T gacha
markazdan qochma kuchni hosil qiladi.
Turli xil bino va inshotlarning vibratsion sinovlari V.A.Kucherenko
nomidagi
SNIISK va turar joylar SNIIEP turar-joy institutlari (Moskva shahr), Zilzilabardosh
qurilish instituti (Ashgabad shahri) tomonidan o‘tkazilgan.
Bizning
respublikamizda M.T.O‘rozboyev nomidagi
mexanika va
inshootlarning
zilzilabardoshligi instituti, X.Asomov nomidagi O‘zLITTI (sobiq
ToshZNIIZP), TAQI tomonidan o‘tkazilgan turli xil konstruktiv sistemadagi (baland
yirik panelli, sinchli-panelli va boshqalar) binolar va inshootlarni tebranishini
naturada instrumental tadqiq etishda katta tajriba orttirilgan. Bunday tadqiqotlarning
ko‘pchiligi professor K.S.
Abdurashidov rahbarligi ostida o‘tkazilgan.
K.S.Abdurashidov respublikamizda birinchi bo‘lib turli
quvvatga ega
vibromashinalardan foydalanib binolarning tebranishlarini keng ko‘lamda o‘rganishni
tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: