164
Vertikal tashkil etuvchilar qo‘shiladi va pulsatsiyalanuvchi kuchni tashkil etadi,
uning kattaligi sinus qonuniga ko‘ra o‘zgaradi:
Q
=2
P
sin
ωt
,
bu yerda: Q — natijalovchi kuch;
R
— markazdan qochma kuch;
ω
— siklik doiraviy chastota;
t
— vaqt.
Bunday konstruksiyadagi vibro-mashina intensivligi noldan
R
gacha bo‘lgan
yuklanishlrni vujudga keltirishi mumkin. 5.3-rasmda ekssentriklarning to‘rtta turli xil
holati ko‘rsatilgan: I holatda natijalovchi kuch yuqoriga yo‘nalgan; II holatda u 0 ga
teng; III holatda u pastga qarab ta’sir qiladi; IV holatda u yana 0 ga teng bo‘ldi.
Kuchning o‘zgarishidagi bunday qonuniyat disklarning har bir to‘la aylanib
chiqishida takrorlanib turadi. Gorizontal yo‘lanishidagi vibratsion yukla-nishni
vujudga keltirish uchun mashina 90° ga buriladi. 5.4-rasmda disklarning bir marta
aylanishida natijalovchi kuchning o‘zgarishi grafiki ko‘rsatilgan. I, II, III va IV
holatlar ekssentriklarning yuqorida ko‘rib chiqilgan holatlriga mos keladi.
Agar
disklrni bir tomonga aylanishga majbur qilinsa (5.5-rasm), u holda
pulsatsiyalanuvchi ishorasi o‘zgaruvchi momentni hosil qilish mumkin, uning
kattaligi, avvalgi holdagi kabi, sinus qonuniga ko‘ra o‘zgaradi. 5.5-rasmdan
ko‘rinishicha, I va III holatlarda ekssentrik aylanuvchi massalar vujudga
keltirilayotgan markazdan qochma kuchlar bir-birini muvozanatlaydi. Bu holda
vibromashina o‘rnatilgan konstruksiyaga ta’sir bo‘lmaydi. I va IV holatlardgi
markazdan qochma kuchlar qarama-qarshi tomonga ta’sir qiladi; biroq bu
kuchlarning ta’sir chizig‘i disklar mahkamlangan nuqtalar (ularning markazlari)
orqali o‘tmaydi, buning natijasida momentni vujudga keltiruvchi kuchlar jufti hosil
bo‘ladi. Bu momentning ishorasi juftning yo‘nalishiga, ya’ni ekssentriklarning
qanday joylashishiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: