Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


-rasm. V еrtikal yo‘nalishda zarbiy



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

5.1-rasm. V
еrtikal yo‘nalishda zarbiy 
yuklanishni amalga oshirish uchun qurilma. 
shunday afzallikka egaki, 
konstruksiyaning tebranishi vaqtida 
unda yuk ishtirok etmaydi, ammo 
boshqa tomondan, u yuk og‘irligining 
orttirilishini talab etadi. 
Konstruksiya va inshootni sinash 
amaliyotida zarbiy yuklanishni 
gorizontal yo‘nalishda amalga oshirish 
talab etiladi. Bu maqsadda 5.2-rasmda 
ko‘rsatilgan sxemalar foydalanilishi 
mumkin. 
Ulardan birinchisi — taran (5.2-

rasm), bu sxemaga ko‘ra qurilmaning 
asosiy qismi qo‘zg‘almas jismga arqonda osilgan, uzunligi 2,5–3 m, diametri 20–25 
sm bo‘lgan to‘rt qirrali yoQoch to‘sin hisoblanadi. Zarbani amalga oshirish uchun 
to‘sin chetga ma’lum masofada tortiladi, so‘ngra qo‘yib yuborilib, inshootga uriladi. 
Zarbdan so‘ng to‘sin tebranuvchi elementni ajratish uchun chetga olinadi. 
Ikkinchi sxemaga ko‘ra (5.2-

rasm) gorizontal zarbiy yuklanish yukning 
quyidagi tarzda yuqoridan tushishi vujudga keltiriladi: po‘lat trosning bir uchi 
konstruksiyaning zarba kelib tushadigan nuqtasiga mahkamlangan; tros blok orqali 
o‘tkazilib, ikkinchi uchiga yuk osilgan. Sinovdan oldin yuk sinalayotgan konstruksiya 
bilan bog‘liq bo‘lmagan biror qo‘zg‘almas jismga osiladi. Keyin osilgan yuk 
bo‘shatib (qo‘yib) yuboriladi va uning tushishi natijasida paydo bo‘ladigan kuch 
sinalayotgan konstruksiyaga uzatiladi.
Gorizontal zarbiy kuchlanishni vujudga keltirish uchun uncha katta kuchga ega 
bo‘lmagan zaradning portlatishni ham qo‘llash mumkin. 


163 
5.2-rasm. Gorizontal yo‘nalishda zarbiy yuklanishni amalga oshirish uchun qurilma:
a – teran yordamida; b – tushayotgan yuk yordamida. 
Vibratsion yuklanish.
Konstruksiyaga yo‘nalishi, chastotasi va amplitudasi 
bo‘yicha turli xil majburiy tebranishlarni uzatish uchun, shuningdek o‘zgaruvchan 
kattalik va yo‘nalishdagi momentni vujudga keltirish uchun maxsus qurilma — 
vibromashina qo‘llaniladi, uning ishlash sxemasi 5.3-rasmda ko‘rsatilgan. 
Vibromashina turli tomonga aylanadigan ko‘zguli-simmetrik joylashgan 
muvozanatlanmagan massali juft sondagi (2, 4, 6) disklardan iborat. Disklar soni 
mashinaning quvvatiga qarab tanlanadi. Disklar elektromotordan harakatga 
keltiriladi, uning aylanishlari soni va shu bilan bog‘liq holda konstruksiyalarning 
majburiy tebranishlari chastotasi keng oraliqlarda o‘zgaradi. Disklarning aylanishida 
markazdan qochma kuchlar vujudga kelib, juft disklar uchun ularning kattaligi 
quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 
mr
t
mr
P
2
2
2
2
4
2
2
ω
π
=
=
bu yerda: 
m
— muvozanatlanmagan yukning massasi; 

— muvozanatlanmagan massaning aylnish radiusi; 
ω
— burchak tezlik, u 2
π/t ga teng; 
τ
— diskning to‘la aylanishiga mos keluvchi vaqt. 
Markaziy qochma kuch 

ni vertikal va gorizontal tashkil etuvchilarga ajratish 
mumkin.
Ikkala diskning markazdan qochma kuchlari gorizontal tashkil etuvchilari 
istagan paytda qarama-qarshi tomonga yo‘naltirilgan va o‘zaro muvozanatlanadi. 


164 
Vertikal tashkil etuvchilar qo‘shiladi va pulsatsiyalanuvchi kuchni tashkil etadi, 
uning kattaligi sinus qonuniga ko‘ra o‘zgaradi: 
Q
=2
P
sin 
ωt

bu yerda: Q — natijalovchi kuch;

— markazdan qochma kuch; 
ω 
— siklik doiraviy chastota; 

— vaqt. 
Bunday konstruksiyadagi vibro-mashina intensivligi noldan 

gacha bo‘lgan 
yuklanishlrni vujudga keltirishi mumkin. 5.3-rasmda ekssentriklarning to‘rtta turli xil 
holati ko‘rsatilgan: I holatda natijalovchi kuch yuqoriga yo‘nalgan; II holatda u 0 ga 
teng; III holatda u pastga qarab ta’sir qiladi; IV holatda u yana 0 ga teng bo‘ldi. 
Kuchning o‘zgarishidagi bunday qonuniyat disklarning har bir to‘la aylanib 
chiqishida takrorlanib turadi. Gorizontal yo‘lanishidagi vibratsion yukla-nishni 
vujudga keltirish uchun mashina 90° ga buriladi. 5.4-rasmda disklarning bir marta 
aylanishida natijalovchi kuchning o‘zgarishi grafiki ko‘rsatilgan. I, II, III va IV 
holatlar ekssentriklarning yuqorida ko‘rib chiqilgan holatlriga mos keladi. 
Agar 
disklrni bir tomonga aylanishga majbur qilinsa (5.5-rasm), u holda 
pulsatsiyalanuvchi ishorasi o‘zgaruvchi momentni hosil qilish mumkin, uning 
kattaligi, avvalgi holdagi kabi, sinus qonuniga ko‘ra o‘zgaradi. 5.5-rasmdan 
ko‘rinishicha, I va III holatlarda ekssentrik aylanuvchi massalar vujudga 
keltirilayotgan markazdan qochma kuchlar bir-birini muvozanatlaydi. Bu holda 
vibromashina o‘rnatilgan konstruksiyaga ta’sir bo‘lmaydi. I va IV holatlardgi 
markazdan qochma kuchlar qarama-qarshi tomonga ta’sir qiladi; biroq bu 
kuchlarning ta’sir chizig‘i disklar mahkamlangan nuqtalar (ularning markazlari) 
orqali o‘tmaydi, buning natijasida momentni vujudga keltiruvchi kuchlar jufti hosil 
bo‘ladi. Bu momentning ishorasi juftning yo‘nalishiga, ya’ni ekssentriklarning 
qanday joylashishiga bog‘liq. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin