Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

TAQI - 2015



KIRISH
Kapital qurilish-texnika taraqqiyotini tezlashtirishga katta ta’sir ko‘rsatib, xalq 
xo‘jaligining barcha sohalarida fan va texnika yutuqlarini hayotga tatbiq etishning 
muhim omili hisoblanadi. Hozirgi paytda mamlakatimizdagi kapital qurilishda 
yig‘ma va monolit (yaxlit) temirbeton, shuningdek, metall konstruksiyalar muhim 
ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Respublika iqtisodiyotining jadal sur’atlar bilan 
rivojlanishi sharoitida qurilish muddatlarini qisqartirish, kapital mablag‘larni, moddiy 
va mehnat resurslarini to‘plash yo‘li bilan korxonalarni va ob’yektlarni kengaytirish 
hamda qayta qurish, qurilish ishlab chiqarishni sifat darajasini oshirish juda muhim 
hisoblanadi. Zavodlarda tayyorlanadigan yiriklashtirilgan va yengillashtirilgan 
qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqarishni rivojlashtirish zarur, bu qurilish ishlab 
chiqarishni industrlashtirish darajasini oshiradi va ma’lum darajada qurilish 
muddatlarining qisqarishini ta’minlaydi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning barcha 
turlarining, shu jumladan yig‘ma va monolit temirbeton konstruksiyalarning sifatini 
yaxshilash masalalariga alohida diqqat-e’tibor qaratilmoqda. Temirbetonning fizik-
mexanik xossalarini yaxshilash, uning mustahkamlik tavsilotlarini oshirish bino va 
inshootlar konstruksilyari hamda shakllarining takomillashuviga imkon beradi. 
Beton va temirbetonning rivojlanish va takomillashish yo‘nalishlaridan biri 
konstruksiyalarning mustahkamligi, ishonchliligi va tejamliligini ta’minlovchi, yangi 
avlod betonlarini ishlab chiqish va qo‘llanish hisoblanadi. Bu yo‘nalishni 
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun sement va betonlarning strukturasi 
shakllanishining xususiyatlarini tadqiq etish hamda ularning fizik-mexanik 
xossalarini yaxshilash yo‘llarinish aniqlash muhimdir. Bu muammolarni hal etish 
materiallar strukturasi shakllanishini mikrodarajada tadqiq etishning, shuningdek 
ularning fizik-mexanik xossalarini sinash bo‘yicha apparatura va jihozlardan 
foydalanishning zamonaviy usularini qo‘llanmasdan mumkin emas. Yangi samarali 
materiallarni yaratish qurilayotgan binolar va inshootlarning ishonchliligi va 
tejamliligini ta’minlashning muhim, lekin hali yetarli bo‘lmagan shartidir. Bunday 
bino va inshootlarni qurish va foydalanish jarayonida jiddiy nuqsonlar paydo 
bo‘lishining oldini olish maqsadida ularning hisob-kitoblari real hisob-kitob 
sxemalariga asoslanishi kerak.



Taqribiy hisoblash usullari konstruksiyaning real ishlashini aks ettirmaydi, 
buning natijasida ayrim elementlar ortiqcha mustahkamlikka ega bo‘lsa, 
konstruksiyaning ba’zi qismlarida nuqsonlar paydo bo‘ladi. Shu munosabat bilan 
ayrim konstruksiyalarni hisoblashning, shuningdek umuman bino va inshootlarni 
hisoblshning eng ilg‘or yo‘nalishi real konstruksiyani buzmasdan qabul qilinadigan 
hisob-kitob sxemalariga asoslangan. EHM dan foydalanish ilmiy tadqiqotlarni yanada 
chuqurroq o‘tkazishga imkon beradi: materiallarning fizik xosslarini, ayrim 
elementlar va ularning ish xarakterini hisobga olish. Ravshanki, murakkab 
muhandislik masalalarini yechishga bunday yondashish faqat nazariy yo‘l bilangina 
cheklanib qola olmaydi, balki tekshirilgan eksperimental ma’lumotlarga asoslanishi 
kerak. Odatda, tajriba elastik ish bosqichida ham, plastik deormatsiyalarning 
rivojlanishida ham, konstruksiyalarning turli elementlarida deformatsiyalarning 
haqiqiy taqsimlanishini aks ettirib, nazariyaning kamchiliklarini ochib beradi. 
Konstruksiyaning aslida ishlashini tadqiq etish, hisoblashda, qabul qilingan dastlabki 
shartlarni tekshirishning yakunlovchi bosqichi hisoblanib, qurilish konstruksiyalarini 
va inshootlarini sinash - mustaqil tarmoqqa aylandi. Hozirgi paytda qurilish 
konstruksiyalarini sinash va tadqiq etishlar laboratoriya ilmiy tajribasi doirasidan 
tashqariga chiqdi va turli sohadagi muhandis-quruvchilarning amaliy faoliyatlarining 
tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. 
Mamlakatimizdagi seysmik faollik yuqori bo‘lgan sharoitda bunyod 
etilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash masalalari 
alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun sinov yuklanishining turiga bog‘liq holda 
sinovlarning ikki asosiy turi farq qilinadi: statik (statik yuklanish bilan sinash) va 
dinamik (dinamik yuklanish bilan sinash). Konstruksiyalar sinash buzmaydigan 
usullar bilan ham, buzadigan usullar bilan ham amalga oshiriladi. Buzadigan usullar 
bilan sinashda zavod ishlab chiqaradigan konstruksiyalar partiyasidan ajratib olingan 
namunalar buzilguncha tanlov sinovlaridan o‘tkaziladi. Konstruksiyalarning 
ishonchliligi va chidamliligi bilan bog‘liq aniq masalalarni hal qilish uchun 
buzmaydigan nazorat qilish usullari va asboblari — ultratovushli, rentgen, 
radiometrik asboblar va mexanik ta’sir ko‘rsatuvchi, shuningdek ayrim boshqa 
asboblar yordamida qurilish mahsulotining sifatini nazorat qilish sistemasi muhim 
ahamiyatga ega.



Konstruksiyalar va inshootlarning yangi turlarini tadqiq etish, qabul qilingan 
hisob sxemasini tuzatish va kuchlangan-deformatsiyalangn holatni aniqlash odatda 
laboratoriya sharoitida modellar ustda o‘tkaziladi. Hisob-kitob sxemasini, yoriq 
paydo bo‘lishi xarakterini va buzilish turini aniqlashtirish uchun 1/20—1/10 haqiqiy 
kattalikdagi temirbetonning kichik o‘lchamli modellari sinovdan o‘tkaziladi. 
Konstruksiyaning kuchlangan deformatsiyalangan holatini aniqlash uchun shaffof 
optik-faol materiallardan tayyorlangan modellar fotoelastiklik usuli bilan sinaladi. 
Va, nihoyat, haqiqiy ishni va kuchlangan-deformatsiyalangan holatni aniqlash uchun 
1/3—1/5 haqiqiy kattalikdagi yirik masshtabli modellar sinaladi. 
Konstruksiyada uni statik va dinamik holatni sinashda yuz berdigan 
deformatsiyalar (siljishlar) haqida ma’lumotlar olish uchun turli xil o‘lchov 
asboblaridan foydalaniladi. Bu asboblarning vazifasi ko‘chishlarni, o‘zaro siljishlarni, 
burilish burchaklarini, bosimni, tebranishlarni va h.k. o‘lchash. 
Qurilish konstruksiyalari nazariyasi va amaliyotiga, ularni sinash usullarini 
ishlab chiqishga K.S.Abdurashidov, N.N.Aistov, R.I.Aronov, B.A.Asqarov, 
A.B.Ashrabov, K.I.Bezuxov, V.Z.Vlasov, A.A.Gvozdev, D.Y.Dolidze, K.S.Zavriyev, 
Yu.M.Ivanov, 
S.I.Ikromov, 
A.A.Ishonxo‘jayev, 
A.N.Krilov, 
A.G.Komar, 
I.L.Korchinskiy, N.N.Maksimov, R.K.Mamajonov, A.M.Muhitdinov, V.V.Mixaylov, 
Yu.A.Nilender, M.A.Novgorodskiy, Y.O.Paton, T.R.Rashidov, V.A.Rjevskiy, 
S.T.Uzlov, O‘.Fozilov, Sh.A.Hakimov, I.F.Sipenyuk va boshqalar katta hissa 
qo‘shdilar. Konstruksiyalarni sinash, sinovlarni o‘tkazish usularini yaratish va 
takomillashtirish bo‘yicha katta hajmdagi ishlar VNII jelezobeton, NIIJB, 
SNIIOMTP, V.Kucherenko nomidagi SNIISK, TBILNIISM, SNIIEP turar-joy, 
UzLITTI (sobiq ToshZNIIEP), FA Mexanika va inshootlar zilzilabardoshligi instituti
TAQI, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti va boshqa shu kabi tashkilotlarda 
bajarilib, ularning materiallaridagi mazkur darslik tuzishda foydalanildi. 




Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin