Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


-rasm. Differensial termopara sxemasi



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

1.2-rasm. Differensial termopara sxemasi:
1-elektr pechi; 2-blok; 3-o‘rganilayotgan modda;
4-etalon modda; 5-termoparalarning qizigan uchlari; 6-termoparaning sovuq uchlari; 7-ulovchi 
simlar; 8-galvonometr.
Qizdirishda termoparalarda yuzaga keladigan EYuK lar bir-biriga qaratilgan 
bo‘lib, o‘zaro to‘ldirilishi mumkin. Agar modda yoki etalon modda teng darajada 
pechda qizdirilganda moddada xech qanday o‘zgarish yuz bermasa, u holda 
termoparalarda hosil bo‘ladigan EyuK lar teng kattalikda bo‘lib, galvanometr 
zanjirda hech qanday tokning yo‘qligini ko‘rsatadi, differensial termogramma esa, 
abssissalar o‘qiga parallel bo‘lgan tekis chiziq ko‘rinishiga ega (1.3-rasm). 
Tekshirilayotgan modda turli o‘zgarishlarga duch kelganda, bu davrda uning harorati 
etalon materialning haroratidan ham yuqori, ham past bo‘lishi mumkin. 
Tekshirilayotgan va etalon materiallarning haroratlari o‘rtasidagi turlilikning paydo 
bo‘lishi ularda teng kattalikdagi EyuK larning paydo bo‘lishiga olib keladi va qayd 
qiluvchi asbob tegishli yozuvni amalga oshiradi. Termograflarning barcha tizimlarida 
shunday qabul qilinganki, endotermik reaksiyalarda differensial egri chiziq nolinchi 
chiziqdan pastga og‘adi, ekzotermik reaksiyalarda – yuqoriga kutariladi. Og‘ish 
kattaligi (harorat cho‘qqisi) namuna va etalon haroratlarining turliligi darajasini 
tavsiflaydi, hamda o‘zgarayotgan modda miqdorining va reaksiya o‘tishining 
jadalligini ko‘rsatadi.


10 
Termogrammadagi termik effekt holati tegishli reaksiya o‘tishining harorat 
chegaralari bilan belgilanadi-asosiy davr (maksimum)va oxirining boshlanishi. 
Cho‘qqilar shakli asosan ikki omilga bog‘liq: pechdagi haroratning ko‘tarilish 
tezligidan – sekin qizdirilganda cho‘qqilar keng va dumaloq, tez qizdirilganda, 
aksincha, tor va uchli, va tekshirilayotgan materialning miqdoriga – uning miqdori 
ozroq bo‘lganda cho‘qqilar yanada uchliroq shaklga ega. Cho‘qqining perimetri 
bo‘ylab reaksiyaning alohida bosqichlarining taqsimlanishini quyidagicha qabul 
qilish mumkin (1.3a-rasm). A nuqta – endotermik reaksiyaning boshlanishi, B nuqta - 
reaksiya tezligi maksimal kattalikka yetadigan harorat; V nuqta – reaksiya asosiy 
davrining oxiri; G nuqta – reaksiyaning to‘liq tugashi; D nuqta – tizimda 
muvozanatni o‘rnatilishi: namuna va etalonning harakatlari tenglashadi va At nolga 
teng bo‘ladi. B nuqtaning cho‘qqi chizig‘ida topish qiyin bo‘lganligi sababli, qoidaga 
ko‘ra effekt harorati V nuqta bo‘yicha, ya’ni cho‘qqi minimumi bo‘yicha aniqlanadi. 
Cho‘qqi maydonini aniqlashda L-D nuqtalari orasidagi masofa uning kengligi Y-V 
orasidagi masofa uning chuqurligi sifatida qabul qilinadi.
Differensial egri chiziqdagi endotermik effektlar quyidagi fizik-kimyoviy 
o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘ladi. 
Endotermik effektlar: a) o‘rganilayotgan birikmalarni qizdirishda gazli faza 
(degitratatsiya – suvsizlanish, dekorbanizatsiya-karbonsizlanish) ajralishi hisobidan 
ularning kimyoviy tarkibini o‘zgarishi bilan kuzatiladigan birikmalarning kimyoviy 
yemirilishi; b) qizdirishda birikmalarning gazsimon faza ajralmasdan hosil bo‘ladigan 
kimyoviy yemirilish; v) enantiotrom xarakterdagi polimorf o‘zgarishlar jarayonlari; 
g) moddaning erishi (ham kongruent ham inkongruent). Barcha bu reaksiyalar 
tabiiyki issiqlik yutilishi bilan kuzatiladi.


11 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin