Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


Me’yordagi yuklanishda yoriqlarning ochilish kengligi, mm



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

 
Me’yordagi yuklanishda yoriqlarning ochilish kengligi, mm 
 
Bosqich 
№ 
Nuqtalar nomuri 
Bosqich № 
Nuqtalar nomuri 
T 1 
T 2 
T 3 
T 4 
T 1 
T 2 
T 3 
T 4 





12 
0,2 
0,2 
0,25 
0,25 
0,25 
0,25 
0,15 
0,2 
0,2 
0,2 
0,2 
0,2 
— 
— 
— 
— 
— 
0,1 
— 
— 
— 
— 
— 
— 
13 
15 
17 
19 
21 
0,3 
— 
— 
— 
— 
0,25 
— 
— 
— 
— 
0,1 
0,1 
0,1 
0,2 
0,3 
0,05 
0,05 
0,1 
0,1 
0,15 
 


155 
KONSTRUKSIYALARNI STATIK VA DINAMIK YUKLANISHLAR 
BILAN NATURA SINOVLARI 
 
V BOB. KONSTRUKSIYALAR, BINO VA 
INSHOOTLARNI DINAMIK YUKLANISH BILAN SINASH 
5.1. Materiallar xossalarining dinamik ko‘rsatkichlari
Ma’lumki, qurilish materiallarining turli xil mexanik ta’sirlariga qarshiligi bir 
xil bo‘lmay, qo‘yilgan yuklanishning turiga va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Materialni 
statik yuklantirishda inersiya kuchlari ishtirok etmaydi va bu material 
mustahkamligining natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Dinamik yuklanishlarda 
materialda turli xil to‘lqin jarayonlari vujudga keladi va inersiya kuchlari 
mustahkamlik natijalariga ta’sir qiladi. Shunday qilib, bir xil mexanik xossalarga ega 
bo‘lgan aynan bir xil materiallar yuklantirishning statik va dinamik usullarida 
mustahkamlikning turli ko‘rsatkichlarini beradi. 
Bu masala alohida e’tiborni talab etadi, chunki amalda qurilish materiallari 
asosan statik yuklanishlar bilan sinaladi. Biroq ayrim hollarda (avtoyo‘llar va 
aerodromlar qoplamalarida, seysmik ta’sirlarda va h.k.) qurilish materiallari dinamik 
yuklanishlarni qabul qiladi. Bundan materiallar xossalarining dinamik 
ko‘rsatkichlarini aniqlash va statik sinovlarda olingan ko‘rsatkichlar bilan 
korrelyatsion aloqasini o‘rnatish zarurligi paydo bo‘ladi. 
Qurilish materiallari xossalarining asosiy dinamik ko‘rsatkichlari dinamik - 
qattiqligi, elastiklik moduli, Puassan koeffitsiyenti, siljish moduli, buzilishining 
dinamik solishtirma energiya sig‘imi, akustik bikrlik va elastik to‘lqinlarning o‘tish 
tezligi hisoblanadi. Materilning dinamik qattiqligi Shor asbobi yordamida boyoqning
orqaga sapchish balandligi bo‘yicha aniqlanadi. 
Dinamik elastiklik moduli elastik to‘lqinlarning tarqalish tezligi bilan 
ifodalanadi: 
ρ
=
2
g
E
c
bu yerda: 

— to‘lqinning tezligi, sm/sek, 
ρ
— materialning zichligi, kg/sm
2



156 
Puassonning dinamik koeffitsiyenti bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlarning 
tarqalish tezlishi bilan ifodalanadi 
µ

=

2
2
0, 5
1
R
R
bu yerda: 
R
— ko‘ndalang to‘lqin tezligining bo‘ylama to‘lqin tezligiga nisbati. 
Siljishning dinamik moduli ko‘ndalang to‘lqin tezligining material zichligiga 
ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi. 
Material buzilishining dinamik solishtirma energiya sig‘imi namunning 
vertikal koperda tushayotgan yukning zarbiga qarshilik ko‘rsatishi bilan ifodalanadi 
va quyidagi: 
V
n
n
P
A
сол
2
)
1
(
+
=
formula bo‘yicha aniqlanadi, bu yerda: 

— yukning og‘irlgi, kg; 
n
— namuna buzilgan zarblar miqdori; 
V
— namunaning hajmi, sm
3

Akustik bikrlik elastik to‘lqinning tarqalishiga materialni qarshilik 
qiluvchanligi bilan ifodalanadi va material zichligining bo‘ylama to‘lqin tezligiga 
ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi. Elastik to‘lqinlarning (bo‘ylama va ko‘ndalang) 
o‘tish tezligiga ko‘ra materialning tizimi va strukturasi, yuklanish ostidgi 
kuchlanishlar va uning dinamik hamda elastik xossalari to‘g‘risida fikr yuritiladi. 
Dinamik yuklanishlar va tebranuvchi jarayonlar. 
Qurilish konstruksiyalari 
ulardan foydalanishda statik yuklanishlar ta’siri bilan birga juda ko‘p hollarda 
dinamik ta’sirlarga duch keladi. Dinamik yuklanishlrni vujudga keltiruvchi manbalar 
texnologik, yuk ko‘taruvchi va transport qurilmasi, shamol yuklanishi, seysmik 
ta’sirlar va h.k.lar hisoblanadi. 
Dinamik yuklanishlar konstruksiyaga uzluksiz va davriy ravishda ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. Dinamik yuklanish statik yuklanishdan farqli o‘laroq juda tez 
o‘zgaradi va harakatdagi massalarning ancha katta inersiya kuchlari bilan birga, 
shuningdek tebranish jarayonlari bilan birga kechadi. 
Tebranuvchi jarayonlarning asosiy tavsifsi quyidagilardir: tebranishlar 
amplitudasi, u tebranayotgan massaning o‘rtacha yoki nol xolatidan eng katta og‘ishi 
kattaligi bilan ifodalanadi, va tebranishlar davri — sistemaning ikkita ketma-ket bir 
xil holatlari orasidagi vaqt oralig‘i. Amalda tebranishlar davri o‘rniga ko‘pincha 
tebranishlar chastotasi deb ataluvchi teskari kattalikdan foydalaniladi. 


157 
Tebranishlarning eng oddiy va keng tarqalgan ko‘rinishi garmonik tebrnishlar 
bo‘lib, u
ω
ε
=
+
sin(
)
X
a
t
formula bilan ifodlanadi,
bu yerda: 
a
— tebranishlar amplitudasi; 
ω
ε
+
t
— tebranishlar fazasi; 
ε— tebranishlarning boshlang‘ich fazasi. 
Bir sekunddagi tebranishlar chastotasi 

=
ω
/2
π
, tebranishlar davri 

=2π/ω sek 
ga teng. 
Tebranishlar so‘nuvchi va so‘nmaydigan bo‘ladi. Agar tebranishlar amplitudasi 
doimo o‘zgarmas bo‘lib qolsa, bunday tebranishlar so‘nmaydigan tebranishlar 
deyiladi. Agar tebranishlar amplitudasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarsa, ya’ni kamaysa 
yoki ortsa, ular so‘nuvchi tebranishlar deyiladi. 
Har bir elastik jismga yoki konstruksiyaga ma’lum tebranishlar davri va 
chastotasi xos bo‘lib, ular xususiy tebranishlar deyiladi. Muvozanat holtidan 
chiqarilgan elastik jismning xususiy tebranishlari, agar bu tebranishlarni qo‘llab-
quvvatlab turadigan tashqi kuchlar bo‘lmasa, asta sekin so‘nadi. Agar shunday 
kuchlar mavjud bo‘lsa, davriy ravishda o‘zgarib tursa, u holda uning ta’sirida elastik 
jism tebranadi. Bunday tebranishlar majburiy tebranishlar deyiladi, uni vujudga 
keltiruvchi kuch esa g‘alayonlovchi kuch deyiladi. 
Agar g‘alayonlovchi kuch chastotasi xususiy tebranishlar chastotasi bilan mos 
tushsa, elastik jism tebrnishining amplitudasi orta boshlaydi. Amplitudaning bunday 
uzluksiz ortishi rezonans deyiladi. 
Rezonans konstruksiyalar va inshootlar uchun xavflidir, chunki tebranishlar 
amplitudasining ortishi bilan kuchlanishlar va deformatsiyalar ortadi, bu 
konstruksiyaning buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan dinamik 
yuklanish ta’sir ko‘rsatuvchi konstruksiyalar shunday hisob-kitob qilinadiki, bunda 
ularning xususiy tebranishlari chastotasi g‘alayonlantiruvchi kuch, masalan, seysmik, 
shamol, turli xil texnologik qurilma va boshqalar vujudga keltiruvchi majburiy 
tebranishlar chastotasi bilan mos tushmasin. 


158 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin