153
4.11-rasm. Konstruksiyani sinashda yoriq hosil bo‘lishi va yoriqlarning ochilishi xarakteri.
4.12-rasm. Yuklanishdan yoriqning ochilishi kengligining ortishi grafigi.
Yoruq hosil bo‘lish grafiklari va ularga ilova qilingan jadvallar bo‘yicha
yuklanish qanday bo‘lganda yoriqlarning ochilishi kengligi yo‘l qo‘yilgan kattalikdan
ortib ketganini kuzatish va yoriqlarning keskin ochilib ketish paytida aniqlash
mumkin, bu armaturaning beton bilan ilashishi buzilganligi to‘g‘risida dalolat beradi,
binobarin, konstruksiyaning bikrligi kamaygani yoki yoriqbardoshlik bo‘yicha
me’yoriy qiymatlardan ortgani to‘g‘risida dalolat beradi. 4.11-rasmda yoriqlarning
paydo bo‘lishi va o‘sishi kuzatilgan yuklanishlar sonlar bilan belgilangan. Yoriq hosil
bo‘lishning xarakterini qayd qilish jarayonida konstruksiyada T1, T2, T3, T4 nuqtalar
tanlab oliib, ularda yoriqlarning ochilishi kengligi o‘lchanadi (4.2-jadval). Tajriba
ma’lumotlariga grafik ishlov berish sinash natijalarini tahlil
qilish jarayonida katta
ahamiyatga ega.