167
5.8-rasm. Majburiy tebranishlar vibrogrammasi: a–oddiy; b–murakkab.
Majburiy tebranishlar bir necha uyg‘otuvchi kuchlarning ta’siri natijasi bo‘lishi
mumkin. Bunday hollarda vibrogramma ancha murakkab hosil bo‘lib, ayrim
kuchlarning ta’siri natijasida vujudga kelgan bir necha oddiy tebranish
jarayonlarining geometrik yig‘indisidan iborat bo‘ladi. 5.8-
b
rasmdagi
ikki kuch
ta’siri natijasida hosil bo‘lgan vibrogramma keltirilgan. Bu kuchlarning chastotasi har
xil, shuning uchun vibrogrammada tebranishlarning ikkita aniq
ifodalangan davri
ko‘rinib turibdi.
Agar uyg‘otuvchi kuchning chastotasi konstruksiyaning xususiy tebranishlari
chastotasi
bilan mos tushsa, u holda rezonans yuz beradi, bunda amplituda keskin
ortib ketadi (5.9-rasm). Agar uyg‘otuvchi kuchning chastotasi vaqt o‘tishi bilan
o‘zgarsa, u holda ayrim paytda u konstruksiyaning xususiy tebranishlari bilan mos
tushishi mumkin, bu rezonansga olib keladi. Uyg‘otuvchi
kuch chastotasining bundan
keyin ham ortib borishida konstruksiya rezonans holatidan chiqadi va tebranishlar
amplitudasi asta-sekin kamaya boradi (5.9-rasm). Uyg‘otuvchi kuchning chastotasi
konstruksiyaning xususiy tebranishlari chastotasiga teng bo‘lmay, unga karrali
bo‘lgan hollarda ham rezonans yuzaga kelishi mumkin. Bunday holda rezonans
oldingi holatlardagidan
ancha kuchsiz namoyon
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: