173
Ossillograf quyidagi modifikatsiyalarda tayyorlanadi: havo harorati +10 dan –
35°S gacha, nisbiy namlik 80% gacha bo‘lganda ishlash uchun va havo harorati +10
dan –35°S gacha va nisbiy namlik 98% gacha bo‘lganda (N-102T) ishlash uchun.
Zarblarni yoki ayrim impulslarni qayd etish uchun ossillografdan
foydalanishda uni zarb yuz bermasdan biroz oldinroq ishga tushirish zarur, aks holda
plyonka zarur tezlikkacha harakat ololmay qolishi va kadrning dastlabki qismi
yo‘qotilishi mumkin. Ossillograf konstruksiyasi vaqti belgilanadigan ishga tushirishni
ilgarilashni ko‘zda tutadi.
N-700 ossillografi
(o‘n to‘rt kanalli) chastotasi 0 dan 2000 Gs gacha bo‘lgan
elektr jarayonlarni qayd etish uchun mo‘ljallangan. Konstruksiyasining oddiyligi,
ixchamligi va massasining uncha katta emasligi uning laboratoriya sinovlarida ham
haqiqiy sinovlarda ham qo‘llanilishining samaradorligi shartidir. Ossillograf yo 27 v
kuchlanishli akkumulyatorlardan, yoki tarmoqdan maxsus o‘zgartkich orqali
ta’minlanadi.
Vaqt belgilari tasmaga maxsus belgilagich yordamida 0,1 yoki 0,05 s oraliq
bilan ingichka ko‘ndalang chiziqlar ko‘rinishida (5.13-rasm) 1% aniqlikda chiziladi.
Chastotasi 10 dan 20 Gs gacha vaqt belgilarini hosil qilish uchun galvanometrlrdan
biridan foydalanish ham mumkin, u maxsus generatorga ulanadi. Bu holda plyonkaga
yurish davri ma’lum bo‘lgan impulslar yoziladi.
Tebranma jarayonlarni vizual kuzatish uchun ossillografda kengaytiruvchi
moslamali maxsus ekran mavjud.
Dostları ilə paylaş: