174
5.14-rasm. N-700 ostsillografining optik
sx
еmasi.
Galvanometrning darchasiga o‘rnatilgan sferik linza 8 orqali o‘tib va ramka 10
ga mahkamlangan galvanometr ko‘zgusi 9 dan qaytgan nur vertikal tekislikda
fokuslangan holda chiqadi va ko‘zgu 16 bilan teng ikkiga bo‘linadi. Yorug‘lik
nurining bir qismi silindrik linza 17 orqali o‘tadi va kassetaning yetakchi valikni 18
sirtida nuqtaga fokuslanadi. Ramka
tebranganda galvanometr
ko‘zgusidan qaytgan yorug‘lik nuri
gorizontal
tekislikda siljiydi va
o‘zgarmas tezlikda o‘ralayotgan
fotoqog‘ozga tadqiq etilayotgan
jarayonning egri chizig‘ini yozib
boradi. Bo‘lingan nurning ikkinchi
qismi ko‘zgu 16 dan qaytadi,
silindrik linza 6 orqali o‘tadi va
yorug‘lik nuqtasi tarzida yig‘ilib,
aylanayotgan ko‘zgusimon baraban 7
ning qirrasidan akslanadi va silindrik xira ekran 5 da tekshirilayotgan
egri chiziqning
tasvirini beradi, bu tasvir ko‘zgu 3 da akslanadi. Himoya oynasi 4 orqali ko‘zguda
tadqiq etilayotgan jarayonning yoyiq egri chizig‘i kuzatiladi. Vaqt belgilagichining
lampasi 14 qo‘zg‘almas tirqishli diafragma 15 ni yoritadi. Ma’lum vaqt oraliqlaridan
so‘ng aylanayotgan disklardagi tirqishlar qo‘zg‘almas tirqishli diafragma 13
bilan
ustma-ust tushadi. Ular orqali yorug‘lik dastasi o‘tadi, u ko‘zgu 12 dan qaytib,
silindrik linza 17 ga kelib tushadi va fotoqog‘ozga yorqin ingichka gorizontal
chiziq
ko‘rinishida fokuslanadi.
Bu ossillografning N-102 ossillografdan prinsipial farqi shundan iboratki,
birinchisida ichki avtonom magnitli galvanometrlar (shleyflar) qo‘llaniladi. Bu
galvanometrlar katta gabaritlarga, nisbatan katta massaga ega bo‘lib, juda
ehtiyotkorlik bilan muomala qilinishini talab etadi. Ikkinchisida ossillografga montaj
qilingan bitta umumiy magnit blokidan foydalaniladi. Xususan galvanometr diametri
5,5 mm bo‘lgan germetik berk aluminiy naychasidan iborat bo‘lib, uning ichida
ko‘zguli ramka joylashgan. Bu galvanometr N-102 ossillograf galvanometriga aniq
o‘xshash holda ishlaydi, biroq uning konstruksiyasi ancha ishonchli.
175
Elektron ossillograflar.
Hozirgi vaqtda dinamik jarayonlarni
tadqiq etish uchun
elektron ossillograflar qo‘llanilmoqda, ularda jarayonni vizualizatsiyalash (ko‘rish)
elektron-nur trubkasi yordamida amalga oshiriladi. Uning ishlash prinsipi ayrim
moddalarning (masalan, oltingugurtli rux) elektron bombardimonlash ta’sirida
yorishish qobiliyatiga ega bo‘lishiga asoslangan. Nayda ingichka elektron nur hosil
qilinib, u
ekranga tushib, uni yorishishga majbur qiladi. Ossillografda mavjud bo‘lgan
yoyilma generatori nurni ekran bo‘ylab chapdan o‘ngga ko‘chishga majbur qiladi.
Yoyish chastotasi 10 Gs dan ortiq bo‘lganda biz gorizontal yorishgan chiziqni
ko‘ramiz. Tadqiq etilayotgan signal tegishlicha kuchaytirilgandan so‘ng nurning
vertikal bo‘yicha og‘ishini vujudga keltiradi. Shu tarzda signalning ko‘rinadigan
tasviri paydo bo‘ladi. Konstruksiyasiga ko‘ra ham, vazifasiga ko‘ra ham farq
qiluvchi
elektron ossillograflarning turli xillari mavjud. Hozirgi vaqtda kompyuter
texnologiyalarining rivojlanishi va datchiklarning kompyuterlarga ulanish
imkoniyatlari paydo bo‘lishi munosabati bilan dinamik sinovlar ma’lumotlarini
maxsus dasturlar bo‘yicha qayd etish va ishlov berishning imkoniyatlari ancha
kengaydi.
Dostları ilə paylaş: