179
h.k. larning hisob-kitob sxemasini hisobga olib vertikal va gorizontal bo‘yicha turli
darajada asboblarni (vibrodatchiklarni, akselerometrlarni va boshqalarni) to‘g‘ri
joylashtirish katta ahamiyatga ega. Dinamik sinovlarni o‘tkazish statik sinovlarni
o‘tkazishdan ko‘ra yanada sinchiklab tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi. Buning
sababi ancha murakkab apparaturaning qo‘llanilishi, shuningdek dinamik
sinovlarning statik sinovlarga nisbatan ancha tezroq o‘tishidadir va bu yerda: sinov
jarayoniga tuzatishlar kiritish qiyin. Statik sinovlardagi kabi, dinamik sinovlarda ham
sinov natijalarini ikki bosqichda ishlab tayyorlash tavsiya etiladi: birinchisi —
dastlabki (yo‘l-yo‘lakay) va ikkinchisi — yakuniy.
Natijalarni dastlabki ishlash asosiy sinash jarayoni bilan parallel ravishda
amalga oshriladi. Bu ishdan asosiy maqsad asboblarning to‘g‘ri ishlashini nazorat
qilishdir. Sinov natijalarini yakuniy ishlash sinash jarayoni tugagandan so‘ng
o‘tkaziladi va tebranma harakatning asosiy tavsiflarini aniqlashni nazarda tutadi:
amplitudalar, chastotalar (davr), tezlanish, kuchlanishlarni aniqlash va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: