191
6.1 – rasm I.A. Fizdelning sharchali bog‘lasi: a–asbob konstruksiyasi:
b – tarirovka egri chizig‘i.
Dinamik ta’sirga asoslangan asboblar.
Kostruktiv ijroda va sinash
uslubi
bo‘yicha eng soddasi I.A. Fizdel sistemasidagi bolg‘acha hisoblanadi. Bu og‘irligi
250 g li bolg‘a bo‘lib, uning zarba beruvchi qismi diametri 17,483 mm bo‘lgan po‘lat
sharcha bilan tugaydi. (6.1.- rasm). Sinashdan avval eng
silliq va toza sirt tanlanadi,
unda zarba berish nuqtalari belgilanadi. Shundan so‘ng 6-10 marta tirsakli
zarbalar
beriladi, ular o‘zidan keyin iz -
chuqurcha qoldiradi, ularning
diametriga qarab
betonning mustahkamligi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Biroq, sharchali bolg‘a
yordamida olinadigan beton mustahkamligi taqribiy bo‘ladi, chunki izning
diametri
bog‘liq bo‘ladigan bir xil kuchdagi zarbaga erishish juda qiyin.