UCHINCHI BO‘LIM MATERIALLAR VA KONSTRUKSIYALARNI BUZMAYDIGAN USULLAR BILAN SINASH VI BOB. BETONNI MEXANIK TA’SIR ETUVCHI ASBOBLAR BILAN SINASH Bevosita konstruksiyalarda betonning mustahkamligini aniqlash uchun
mexanik ta’sir etuvchi asboblar keng qo‘llanilmoqda. Bunday asboblardan
foydalanish beton mustahkamligini faqat har bir partiyasida emas, balki har buyum
bo‘yicha alohida ham uning turli qismlarida aniqlashga imkon beradi. Bundan
tashqari, bu asboblardan tashqari betonning turlicha temperatura- namlik sharoitlarida
qotishida uning mustahkamligi ortib borishini kuzatish, beton ishlayotgan muhitning
ahamiyatini hisobga olish mumkin va h.k.
Yig‘ma temirbeton zavodlarida bu asboblardan mahsulotni iste’molchiga
jo‘natishda betonning chiqish mustahkamligini nazorat qilish uchun, armaturaning
teranligini bo‘shatishdan oldin betonni nazorat qilish uchun foydalanishi mumkin.
Qurilish maydonlarida bu asboblarning qo‘llanilishi monolit (yaxlitquyma)
konstruksiyalarni qolipdan ajratish va yuklantirish muddatlarini o‘rnatishga, yig‘ma
va yig‘ma monolit konstruksiyalarning choklarida betonning mustahkamligini
aniqlashga imkon beradi va h.k. Bu asboblar betonning mustahkamligini aniqlash,
konstruksiyalar va inshootlarning ishonchliligi hamda chidamliligini baholash
maqsadida temirbeton konstruksiyalarini foydalanish sharoitida ham tekshirishda
keng qo‘llanilmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
jarayonida katta miqdordagi jamoat va sanoat binolaridan foydalanish yo‘nalishlari
o‘zgarmoqda. Bu ularni qayta qurish va yangi vazifasiga moslashtirishni talab etadi.
Binolar va inshootlarni qayta qurishning muhim bosqichi ularning texnik holatini
baholash hisoblanadi. Bunda konstruksiyalar va ularning elementlarini sinashning va
birinchi navbatda mexanik ta’sir ko‘rsatish asbolaridan foydalanib sinashning
buzmaydigan usullarining ahamiyatiga ortiqcha baho berish qiyin.
Mexanik ta’sir ko‘rsatish asboblari bir necha guruhga bo‘linadi: betonga
botirish va plastik deformatsiya kattaligini olish prinsipiga, shuningdek, beton
190
sirtidan elastik qaytish va elastik deformatsiya kattaligini olish prinsipiga asoslangan
asboblar va boshqalar (6.1 - jadval).
6.1- jadval
Betonning mustahkamligini aniqlashning mexanik usullari