6.2-rasm. DIN-4240 standarti XPS turidagi asbob: 1-korpus; 2-uzun lo’kidon; 3-bosuvchi prujina; 4-bo еk; 5-ulovchi s еgmеnt; 6-zarba b еruvchi stеrjеn; 7-sharcha; 8-konussimon gilza; 9-qisqa lo’kidon. .
Ammo shu bilan birga Fizdel bolg‘achasi yordamida sinovlar o‘tkazishda
yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan holda to‘la qoniqarli natijalar olish mumkin.
XPS standart DIN – 4240 turidagi asbob Germaniyada ishlab chiqilgan (6.2-
rasm). U silindrik tarkibiy korpusdan iborat bo‘lib, uning ichida d-10 mm sharchali
gardish, ikkita bosma prujina, lo‘kidonlarni tutqich, boyok, ikkita vstulka va
konussimon gilza bilan tugovchi xarakatlanuvchi zarb
beruvchi sterjen joylashtirilgan.
Asbobni sinalayotgan sirtga nisbatan vertikal
o‘rnatiladi va zarb beruvchi sterjen asbob korpusiga
surilish uchun qo‘l bilan korpus qopqog‘iga bosiladi.
Zarb beruvchi sterjen siljib, o‘zi bilan lo‘kidonli
tutqichni tortadi va shu bilan bir vaqtda prujina siqadi.
Lo‘kidon konussimon gilzaga yetguncha siljish davom
etadi, u yerda esa ular boyekni bo‘shatib, ajratiladi,
boyek esa prujina ta’sirida zarb beruvchi sterjenga
zarba beradi. Zarb ta’sirida sterjen sharchasi beton
sirtiga botiriladi. Zarb ishini prujina tartibga soladi.
To‘liq zarbada u 50 kG/sm, yarim zarbada esa u 12,5
kG/sm ni tashkil etadi. Chuqurchalar 10 marta
kattalashtiruvchi lupa yordamida ikkita o‘zaro
perpendikular yo‘nalishda o‘lchanadi. O‘rtachadan 2/3
ga farq qiluvchi shag‘alning doni bo‘yicha zarb berish
oqibatida olinadigan kichik izlar hisobga olinmaydi.
Sinovlar quruq sirtida o‘tkaziladi. Asbob betoning
mustahkamligini 5,0 dan 60 MPa bo‘lgan chegaralarda
aniqlashga imkon beradi.
K. P. Kashkarov bolg‘asi (6.3 a-rasm) kallagi buriluvchi korpus, dastak,
sharcha va po‘lat sterjen uchun teshiklari bo‘lgan stakandan, shuningdek, sharchani
sterjenga siqib turiuvchi prujinadan iborat.