Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

“Oniks 2.6” zarbli-impulsli mustaxkamlik o‘lchagichi
. Uning vazifasi 
texnologik nazorat paytida, turli ob’yektlarni tekshirishda beton va boshqa qurilish 
materiallarining mustahkamligi, zichligi, bir jinsliligini aniqlash, ilmiy-tadqiqot 
ishlarini bajarishda materiallar xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat. 
“Oniks-2.5” asboblar seriyasidan asosiy farqlari quyidagicha: 
-o‘lchashlarning yuqori darajadagi aniqligi; 
-signallarning vizual va qo‘shimcha ishlovi, shu jumladan adaptiv filtratsiyasi
-axborotliligi 3 barobar oshiq bo‘lgan grafik displeyning mavjudligi; 
-grafik shakldagi signallarning, o‘lchashlar natijalari va shart-sharoitlarining 
arxivda saqlanishi; 
-24 ta bazaviy graduirovkalovchi tavsiflar; 
-USB interfeys va analitik kompyuter dasturi; 


207 
-kompyuter dasturi yordamida asbob xotirasiga materiallar va nazorat 
ob’yektlari shaxsiy nomlarining yozilishi. 
Asbob bajarilgan variantlar: 
-“Oniks-2.61” –signallar shakllarini qo‘llanish sohasi bilan “Oniks-2.5” kabi 
vizuallashtirmaydigan ikki parametrli asbob; 
-“Oniks-2.62” –signallarni vizuallashtiradigan va tahlil qiladigan bu asbob 
tadqiqot maqsadlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, amplituda, vaqt va integral 
parametrlarni olish imkonini beradi; signallarni etalon reaksiyasi bilan solishtirish 
yo‘li bilan buyumlarni defektoskopiya qilishga, shuningdek yangi materiallarning 
xususiyatlarini tadqiq etishga mo‘ljallangan; 
-“Oniks-2.63” 
– 
materiallarning dinamik zichlik o‘lchagichi, unda 
graduirovkalash tavsiflari foydalanuvchi tomonidan polinom ko‘rinishida beriladi, 
bunda polinom zichlikni ob’yektning zarbga va temperaturaga bo‘lgan reaksiyasi 
signallarining parametrlari bilan bog‘laydi. Asbob qo‘shimcha ravishda kam 
inersiyali termodatchiklar bilan to‘ldiriladi. 
Kompyuter dasturining imkoniyatlari: 
-asbobdan axborotning butun massivini – signallar, natijalar, o‘lchashlar 
shartlari, tavsiflarni o‘qib oladi; 
-asbobni boshqa turdagi materiallar va ob’yektlarga hamda yangi 
graduirovkalovchi bog‘liqliklarga qayta yo‘naltiradi; 
-axborot va signallarning analitik ishlovini, shu jumladan spektral tahlil, 
filtratsiyani amalga oshiradi; 
-hisobot hujjatlarini shakllantiradi. 
Texnik tavsiflari quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi
-mustahkamlikni o‘lchash diapazonlari, MPa ...........05-100 
-asosiy nisbiy o‘lchash xatosi, % ................................±7,0 
-zarb energiyasi, Dj .....................................................0,07...0,12 
-xotira, seriyalar × natijalar ....................................2040x15 
-gabarit o‘lchovlari, mm: elektron blok/datchikniki .....150x75x27/25x160 
-elektron blok massasi, kg ..........................................0,14 
-datchik massasi, kg ...................................................0,16 


208 
Sindirib ko‘chirib oluvchi “Oniks-OS” beton mustahkamiligi o‘lchagichi 
(6.9-
rasm). Asbob sindirib ko‘chirib olish va po‘lat disklarni ko‘chirib olish usuli bilan 
nazorat olib borish uchun mo‘ljallangan (GOST 22690). 
Qo‘llanish sohalari: 
-qurilish ob’yektlarida beton mustahkamligini nazorat qilish va binolar
inshootlar, konstruksiyalarni tadqiq etishda; 
-zarbli-impulsli va ultratovush asboblarining graduirovkalash koeffitsiyentlarini 
aniqlashda. 
O‘z analoglaridan farqli o‘laroq, asbob ikki silindrli portativ gidropress 
ko‘rinishida bajarilgan bo‘lib, bunda o‘yib olish o‘qi o‘z-o‘zidan o‘rnatiladi hamda 
shpurdagi anker halqasimon fiksatsiya qilinadiki, bu sirg‘alib o‘tib ketishning oldini 
oladi. Bularning hammasi asbobning metrologik va qo‘llash tavsiflarini sezilarli 
darajada yaxshilash imkonini beradi. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin