213
Elastiklik moduli
Y
, siljish moduli
G
va Puasson koeffitsiyenti quyidagi
munosabat bilan bog‘langan:
µ
+
⋅
=
1
2
1
E
G
.
Bundan Puasson koeffitsiyenti ma’lum bo‘lganda va elastiklik moduli
Y
topilganda siljish moduli
G
ni doim aniqlash mumkin. Sirtiy to‘lqinlar yoki Reley
to‘lqinlari suv sirtida vjudga keladigan to‘lqinlarga o‘xshab, to‘lqinning tarqalish
tekisligida zarrachalarning ham bo‘ylama, ham ko‘ndalang ko‘chishlari bilan
ifodalanadi. Bu to‘lqinlar tez so‘nadi va material ichiga birozgina kiradi. Qattiq
jismlarda sirtiy to‘lqinlarning tarqalish tezligi ko‘ndalang to‘lqinlarning tarqalish
tezligining taxminan 0,9 qismini tashkil etadi. Qattiq jismlarda yana ko‘ndalang sirtiy
to‘lqinlar yoki Lyav to‘lqinlari kuzatilishi ham mumkin. Bunday to‘qinlar qattiq jism
o‘zining fizik-mexanik xossalari bo‘yicha bir –biriga tegib turuvchi qatlamalar
ko‘rinishdagi ikkita turli muhitdan iborat bo‘lgan holda vjudga keladi. Bu to‘lqinlar
Reley sirt to‘lqinlariga qaraganda ancha katta tezlikda tarqaladi.
Elastik to‘lqinlarning qaytishi va sinishi.
Elastik to‘qinlar qattiq jismning
sirtida tarqalayotganda ular yorug‘lik nurlariga o‘xshab qaytadi va sinadi. Qaytganda
energiyaning asosiy qismi qaytgan to‘lqinda to‘planadi, chunki qattiq jismning
okustik qarshiligi havoning akustik qarshiligidan ancha katta. Agar akustik to‘lqin
(bo‘ylama yoki ko‘ndalang) qattiq jismning sirtiga perpendikular tushsa, u holda ham
qaytgan, ham o‘tuvchi (singan) to‘lqinlar tushayotgan to‘lqinga o‘xshash turda
bo‘ladi. Elastik bo‘ylama to‘lqin ikki muhit chegarasiga burchak ostida
tushayotganda yangi to‘rtta to‘lqin: ikkita
qaytgan - bo‘ylama va ko‘ndalang va ikkita
o‘tuvchi singan to‘lqinlar – bo‘ylama va
ko‘ndalang to‘lqin hosil bo‘lib,
to‘lqinlarning parchalanishi yuz beradi
(7.1-rasm). Bunda tushuvchi va qaytgan
bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlar uchun
tushish burchagi qaytish burchagiga teng.
Dostları ilə paylaş: