Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Ultrotovushli difektoskopiyaning asosiy usullari



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

 
7.2. Ultrotovushli difektoskopiyaning asosiy usullari 
Ultratovushli to‘lqinlar – bu chastotalari eshitilish chegarasidan ortuvchi (20 
KGs dan yuqori) va to‘lqin uzunligi juda kichik moddiy muhitning elastik 
tebranishlaridir. Bu to‘lqinlar pyezoelektrik va magnitostriksion effektlardan 
foydalanish yo‘li bilan, shuningdek mexanik va termik usullar bilan hosil qilinadi. 
Ultratovushli defektoskopiyada pyezoelektrik va magnitostriksion effektlardan 
foydalaniladi. 
Ultratovushli apparaturaning qayd qiluvchi parametrlariga bog‘liq holda bir 
qancha asosiy nazorat usullari farq qilinadi. 
Bevosita 
jaranglatish usuli -
boshqalardan ko‘ra ilgariroq ishlab chiqarilgan 
soyali usul bo‘lib, apparaturasining oddiyligi bilan farq qiladi va sanoatda materiallar 
va buyumlardagi ichki nuqsonlarni aniqlash uchun foydalaniladi. Usulning mohiyati 
shundan iboratki, bunda ultratovushli to‘lqinlar ichki nuqsoni mavjud bo‘lgan 


216 
sinalayotgan namuna orqali o‘tishda tarqalish, qaytishi va uchragan nuqsondan soya 
hosil qilishi mumkin.
Nuqsonning soyasi namunaning qarama-qarshi tomonidan qabul qiluvchi shup 
tomonidan tutib olinadi va elektronnurli trubkada ravshanlikning o‘zgarishi bilan 
qayd qilinadi yoki moy sirti holati bo‘yicha ko‘zda ko‘rib qayd etiladi (7.2-rasm) 
Namunaning nuqsonli qismi o‘zidan to‘lqinlarni o‘tkazmaydi va namunaning 
qarama-qarshi tomonidan moyning tebranishni vujudga keltirmaydi. 
7.2-rasm. Soya usuli bilan nuqsonlarni aniqlash sxemasi: a- shup yordamida; b- moy 
yordamida;1- namuna; 2- moy solingan idish; 3- shup nurlagich; 4- qabul qiluvchi shup. 
Tebranishlar bevosita o‘tadigan soyali usulga asoslangan ultratovushli asboblar 
sinalayotgan namuna orqali uning strukturasi o‘zgarishiga yoki unda nuqsonlar 
mavjud bo‘lishiga bog‘liq holda o‘tgan tebranishlarning intensivligi amplituda 
o‘zgarishlarini qayd etadi. 
Tebranishlarni qaytarish uslubi - 
exo – usul (aks – sado usuli) qurilish 
materiallari va mahsulotlarini nazorat qilish uchun juda keng foydalaniladi, soyali 
usulga qaraganda ancha katta sezgirlikka ega. Bu usul elastik to‘lqinlarning 
sinalayotgan buyumning nuqson joyidan qaytishga asoslangan va ikki parametrni – 
qaytgan signalning amplitudasini va bu signalning nuqsondan namunaning sirtigacha 
o‘tish yo‘li vaqtini bir vaqtda o‘lchashni ko‘zda tutadi (7.3.- rasm). Signalning o‘tish 
vaqti impulsli chastota-modullashgan va rezonans sistemalari yordamida o‘lchanishi 
mumkin. Defektoskopiyada impulsli sistemalar eng ko‘p tarqaldi. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin