221
o‘tishi zarur. Ko‘psonli tadqiqotlar natijasida yirik to‘ldirgich miqdorining ortishi
bilan ultratovushning tezligi ham ortishi aniqlangan.
Yirik to‘ldirgich turi ultratovush tezligiga katta ta’sir ko‘rsatadi (7.6-rasm).
Shu munosabat bilan noma’lum shag‘alda tayyorlangan betonni sinash katta
xatoliklarga olib keladi. Ultartovush tezligiga shuningdek to‘ldirgichlar sarfining
sement sarfiga nisbati ham, shuningdek sementning turi va uning aktivligi ta’sir
ko‘rsatadi. Temirbeton elementlarni tayyorlashning qabul qilingan texnologiyasi
tezlik – mustahkamlik bog‘lanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu bog‘lanish beton
qorishmasini tayyorlash va zichlashtirish usullariga, qabul qilingan qotish rejimiga,
betonning namligiga va betonning qotish jaryoni bilan bog‘liq boshqa omillarga
qarab o‘zgarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: