224
7.7-rasm. Rezonans usul bilan sinash sxemalari:
1-beton namuna; 2-tebranishlarni uyg‘otgich; 3-tebranishlarni qabul qilgich;
4-o‘lchov generatori; 5-tebranishlar rezonansi indikatori.
Tebranishlar uyg‘otgichidan ma’lum bir masofada qabul qilgich o‘rnatilgan
bo‘lib, u buyumning tebranishlarini
elektr signaliga aylantiradi, bu signal rezonons
indikatoriga kelib tushadi.
Rezonons indikatori yordamida so‘nishning logarifmik dekrementi aniqlanadi,
o‘lchash generatorining shkalasi bo‘yicha esa tebranishlar chastotasi aniqlanadi.
So‘nuvchi tebranishlar usuli (7.8-rasm) shundan
iboratki, zarb beruvchi bolg‘a
yoki moslama yordamida buyum oralig‘ining o‘rtasida zarba berib, bu
bilan
so‘nuvchi tebranishlar uyg‘otiladi. Bu tebranishlar avval qabul qilgichga, keyin
tutilish bloki bo‘lgan shakllantiruvchi qurilmaga keladi. Shakllantiruvchi qurilmadan
impulslar standart chastota generatoriga keladi va elektron o‘lchagich bilan
o‘lchanadi.
7.8-rasm. So‘nuvchi tebranishlar usuli bilan sinash sxemasi:
1-beton namuna; 2-zarba beruvchi; 3-tebranishlarni qabul qilgich; 4-impulslarni shakllantiruvchi
qurilma;5-standart chastota generatori; 6-elektorn chastota o‘lchagich.
225
Tebranishlar chastotasi:
tn
N
f
=
, formulaga ko‘ra aniqlanadi,
bunda,
N
– o‘lchanadigan
tebranishlar davrlari soni;
t
- standart chastota impulsi davrining davomiyligi;
−
n
standart chastota impulslari soni.
Nazorat qilishning rezonons usullari laboratoriya sinovlari uchun va ilmiy –
tadqiqot ishlarini bajarishda keng qo‘llaniladi.
Rezonons sinovlari uchun apparatura sifatida amplitudaviy so‘nish o‘lchagich
IAZ, ICHZ asbobi va boshqalardan foydalanish mumkin.
IAZ asbobi o‘lchash blokidan va kabel liniyali chiqarish elementlaridan iborat.
Asbobning ishlash prinsipi quyidagidan iborat. Sinalayotgan elementda vibrator
yordamida tebranishlar uyg‘otiladi, ular tovush qabul qilgich
tomonidan tutib olinadi
va elektr signallariga aylantirilib, ossillografning elektronnur trubkasida qayd
qilinadi. Keyin uyg‘otuvchi tebranishlar chastotasining o‘zgarishiga ko‘ra
sinalayotgan elementning rezonons chastotasi o‘rnatiladi. So‘nuvchi
tebranishlar
elektronnurli trubka ekranida oksillogramma ko‘rinishida qayd etiladi. So‘nish
dekrementining qiymati amplitudalar nisbatining logarifmiga ko‘ra aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: