Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


-rasm. Yoriqlarning uzunligini



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

7.10-rasm. Yoriqlarning uzunligini 
chuqurligiga ko‘ra aniq
lash sxеmasi:
1-buyum; 2-payvand choki; 3-shup;
4-yoriq; h–yoriqning chuqurligi;
L- yoriq o‘qidan shupgacha masofa. 
 
 
7.11-rasm. G‘
ovakli chok sxеmasi va 
uning ostsillogrammasi:
1-buyum; 2-payvand choki; 3-gaz 
g‘ovaklari va shlak kirishmalari;4-chok 
ostsillogrammasi. 
 
7.12-rasm. Mustahkamlikni 
nazorat qilish “Pulsar-1.1” 
ultratovushli asbob:
1 – elektron blok; 2 – adapter”
3 – protektorlar.


228 
Mustahkamlikni aniqlashning ultratovushli usuli” bo‘yicha, silikat g‘isht va 
toshlarning mustahkamligini GOST 24332 “Silikat g‘isht va toshlar. Siqilish paytida 
mustahkamlikni aniqlashning ultratovushli usuli” bo‘yicha aniqlashda, shuningdek 
binolar va inshootlarni tekshirishda, shu jumladan boshqa usullar bilan (zarbli-
impulsli, sindirib ko‘chirib olish) qo‘shib olib borilgan tekshirishda
-beton inshootlarida tezlikning anomal pasayishi bo‘yicha defektlarni qidirishda; 
-sirt bo‘ylab tovush yordamida darzlar
huqurligini aniqlashda; 
-kompozit materiallarning g‘ovakliligi, darzliligi va anizotropiyasini baholashda
-elastiklik modulini va zichlikni aniqlashda; 
-yo‘l qoplamalari sifatini nazorat qilishda. 
Asbob menusiga kiritilgan nazoratlanadigan materiallarning asosiy turlari: beton 
(og‘ir va yengil), g‘isht, abrazivlar va foydalanuvchi tomonidan talab qilingan 
materiallar. Asbob o‘rtacha namunalarga yaqinlashtirilgan rostlash bilan ishlab 
chiqariladi va foydalanuvchi sharoitiga moslashtirib graduirovka-lashtirishni 
(mustahkamlik, zichlik, elastiklik modulini o‘lchashda) talab qiladi. Bundan tashqari, 
asbob graduirovkalashni o‘tkazish imkoni bo‘lmagan noma’lum tarkibli betonlarning 
mustahkamligini baholash uchun mos keladigan qat’iy berilgan tavsiflarga ega. 
Datchik konstruksiyasi asbobning 120 mm li fiksatsiya qilingan bazada quruq 
kontakt (titan uchliklar) bilan ishlashini, ixtiyoriy bazada qurilish materialining sirti 
bo‘ylab, burchak bo‘yicha va orasidan o‘tgan tovush bilan tekshirishda quruq kontakt 
(titan uchliklar yoki poliuritan protektorlar) bilan ishlashini ta’minlaydi. 
“Pulsar-1.0” asbobidan farqli o‘laroq, yangi asbob qo‘shimcha servis 
funksiyalarini bajaradi (darzlar chuqurligini aniqlash, noma’lum tarkibli beton 
mustahkamligini tekshirish), asbobda qo‘llanadigan katta grafik displey (160 * 160 
nuqta) foydalanuvchiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish tizimiga ega bo‘lgan yanada qulay 
menuni ishga solish imkonini beradi. Bundan tashqari, “Pulsar-1.1”ning gabaritlari va 
massasi ham kamroq. Yangi asbobda kompyuter va maxsus dasturlar yordamida 
materiallar nomlarini menuga dasturlash imkoniyati mavjud. 
Asbob atrof muhit temperaturasi –10 dan +40
0
S gacha bo‘lganda, maksimal 
namlik 25?S da namlik kondensatsiyasisiz 80% ni va undan past qiymatni 
ko‘rsatganda va atmosfera bosimi 86...106kPa ni tashkil qilganda ishlash uchun 
mo‘ljallangan. 


229 
Texnik tavsiflari: 
-vaqtni o‘lchash diapazoni, mks.............................................5...9999 
-tezlikni o‘lchash diapazoni, m/s............................................1000...9999 
-vaqtni o‘lchash diskretliligi, mks...........................................0,1 
-vaqtni o‘lchashda yo‘l qo‘yiladigan absolut xato chegarasi,
bu yerda: t – 
ultratovushning tarqalish vaqti, mks.................∆= ±(0,01t+0,1) 
-sirt tomondan tovush bilan tekshirishda fiksatsiya qilingan
o‘lchashlar bazasi, mm.............................................................120±2% 
-o‘lchashlar bazasining berilgan diapazoni, mm.......................20...9999 
-qo‘zg‘alishning kuchlanishi, V: 
-standart kuchlanishi...........................................................450 
-ko‘paytirish mumkin...........................................................600 gacha 
-ishchi tebranish chastotasi, kGs..........................................60 – 100 
-natijalar xotirasi seriyalar,..................................................400x15 
-iste’mol qilishi, mA: 
-o‘lchashlar rejimida...........................................................120 
-yoritilgan holda.................................................................200 gacha 
-akkumulyatorlarni qo‘shimcha zaradlamay turib,
ishning davomiyligi, soat...................................................15 gacha 
-elektron blokning gabarit o‘lchovlari, mm.......................160x120x30 
-qayta o‘zgartirgichlar (preobrazovatellar)ning gabarit
o‘lchovlari, mm....................................................................

36x62 
-elektron blok massasi, g.......................................................320 
-datchik massasi, g.................................................................540 
Asbobning asosiy funksiyalari: 
-tovush bilan tekshirish usullari: orasidan o‘tib, sirt bo‘yicha; 
-akustik kontakt turlari: konussimon uchlikka ega quruq kontakt; poliuretan 
protektorlarga ega quruq kontakt; kontakt surtma bilan
-o‘lchash bazasi: ixtiyoriy, bunda asbobga bazaning qiymati kiritiladi (orasidan 
o‘tgan tovush bilan tekshirishda); o‘zgartirish imkoniyatiga ega fiksatsiya qilingan 
baza (sirt bo‘ylab tovush bilan tekshirish uchun); 
o‘lchanadigan parametrlar: mustahkamlik, zichlik, elastiklik moduli, 
abrazivlarning tovush indeksi; 


230 
materiallarning asosiy turlari: beton (og‘ir, yengil), g‘isht (sopol, silikat), 
abrazivlar; 
-asbob tarkibida yoritiladigan katta grafik displey bo‘lib, u matniy va grafik 
tasvirlarni shakllantiradi; 
-foydalanuvchi asbob bilan menu tizimi orqali ishlaydi. 
Kompyuterda ishlov berish dasturi o‘lchovlar natijalarini kompyuterga olib 
o‘tish, ularni saqlash, ko‘rib chiqish hamda hosil bo‘lgan massivdan keragini tanlab 
olish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek bu dastur tanlab olingan materiallarni 
jadvallar va grafiklar ko‘rinishida ularning sanasi, ultratovush tezligi, beshta 
parametri (mustahkamlik, zichlik, g‘ovaklilik, ultratovush indeksi, darz chuqurligi) 
uchun variatsiya koeffitsiyenti ko‘rsatilgan holda bosib chiqarish imkonini beradi. 
Kopyuter dasturi yordamida foydalanuvchining o‘zi mustaqil ravishda kompyuter 
orqali asbob menusiga materiallarning nomlarini va ularning kalibrovkalovchi 
koeffitsiyentlarini berishi mumkin. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin