Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

“Pulsar-1.2” ultratovush defektoskopi 
buyumlar va konstruksiyalarning 
defektoskopiyasini amalga oshirish, beton, g‘isht va boshqa materiallarning (GOST 
17624, GOST 24322) mustahkamligini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Bu asbob 
buyumlarni razbrakovka qilishda, ularning zichligi, g‘ovakliligi, darzliligi , 
anizatropiyasini baholashda qo‘llanishi mumkin. U konstruksiyani ishlab chiqarish va 
ishlatish jarayonida ularda defektlarning mavjudligi haqida axborot olish imkonini 
beradi. Asbob bajaradigan asosiy funksiyalar quyidagilardan iborat: 
-displeyda A-signallarni olish va ularni ossillograf rejimida ishlashda tahlil etadi, 
shu jumladan ultratovush signalining dastlabki kirib kelish vaqti belgisini qo‘lda 
urnatish imkoniyati mavjud
-ultratovush signalining dastlabki kirib kelish amplitudasi bo‘yicha vaqt 
belgisini avtomatik tarzda stabillashtiradi; 
-avtomatik rejimda hamda A-signal bo‘yicha vaqtni korrektirovka qilish orqali 
sirt bo‘ylab va orasidan o‘tgan tovush bilan tekshirishda ultratovushning tarqalish 
vaqti va tezligini o‘lchaydi; 
-“stop-kadr” rejimini amalga oshiradi
-raqamli va analogli qurilma filtrlariga ega; 


231 
-avvaldan o‘rnatib olingan graduirovkalovchi modul bog‘liqliklari bo‘yicha 
materialning mustahkamligi, zichligi va elastiklik modulini, shuningdek 
abrazivlarning tovush indeksini o‘lchaydi; 
-sirt bo‘ylab tovush bilan tekshirishda darzlar chuqurligini aniqlaydi; 
-noma’lum tarkibli betonlarning mustahkamligini baholaydi
-qabul qilinayotgan signallarni kompyuter xotirasiga yozadi va ularni vaqt lupasi 
rejimida ko‘rib chiqish imkonini beradi
-30 ta turdagi material uchun individual graduirovkalarni o‘rnatish imkonini 
beradi; 
-A-signali, o‘lchovlar natijalari, barcha ish parametrlari, vaqt va sana 
ko‘rsatilgan 400 ta nazorat protokoliga ega. 
Asbob bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, ularning asosiylari quyidagicha: 
-qabul qilinayotgan signallarning vizuallashtirilishi; 
-signallarni avtomatik tarzda va qo‘lda rostlash imkoniyatining mavjudligi
-qabul qilinayotgan signallarning samarali filtratsiyasi; 
-katta bazalarda sirt bo‘ylab va materialni teshib o‘tgan tovush bilan tekshirish 
imkoniyatining mavjudligi; 
-zondlovchi impulslar qo‘zg‘alishida yuqori kuchlanish
-o‘lchashlar natijalarini qo‘shimcha ishlash, arxivlash va hujjatlashtirish uchun 
USB-interfeysining va kompyuter dasturining mavjudligi. 
Asbobning texnik tavsiflari: 
-vaqtni o‘lchash diapazoni, mks...........................................5,0...2·10

-vaqt o‘lchovining asosiy absolut xato chegarasi
%, ko‘pi bilan……............................................................±(0,01t+0,1) 
-qo‘zg‘alish kuchlanishi, V..................................................600 gacha 
-ishchi tebranish chastotasi, kGs..........................................50...100 
-elektron blok gabaritlari, mm............................................160x120x30 
-elektron bolk/datchik massasi, kg.........................................0,3/0,54


232 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin