235
o‘zgaradi, ya’ni ular sochilishi, yutilishi va modda bilan o‘zaro ta’sirlanishining
boshqa jarayonlari bilan birga ketishi mumkin.
γ
- kvantlarning 5 Mev dan ortmaydigan energiyasida ikki asosiy jarayon
fotoelektrik yutilishi va kompton sochilishi (Komptonning sochilish nazariyasiga
muvofik, 8.2. - rasm) o‘rinlidir.
Fotoelektrik yutilishi shunday bir jarayoni ifodalaydiki, bunda
γ
– kvantning
butun energiyasi atomning elektron qobig‘idan elektronni urib chikarishida
sarflanadi. Bunday hodisa, agar
γ
– kvant energiyasi
elektronning atom elektron qobig‘idagi bog‘lanishi
egergiyasidan ortiq bo‘ladigan sharoitda kuzatilishi
mumkin. Urib chiqarilgan elektron atomning
elektron qobig‘idan
γ
– kvant va elektronnning
atomdagi bog‘lanish energiyasi orasidagi farqiga
teng energiya bilan uchib chiqadi, bo‘shagan qobiq
esa eng yaqin turgan tashqi elektron bilan
to‘ldiriladi.
γ
– kvantlarning o‘zaro ta’siri ko‘p jihatdan
yadroga yaqin qobiqdagi elektronlar bilan yuz
beradi va fotoelektrik yutilishning chiziqqli
koeffitsiyenti orqali ifodalanadi:
τ
=
cz
m
λ
n
,
bu yerda: S –
γ
– kvantning tezligi; z –
elementning tartib raqami;
λ
– to‘lqin uzunligi; m,n – nurlanish energiyasini hisobiga olgan holda
aniqlanilgan koeffitsiyentlar.
γ
- nurlarning Kompton sochilishi elastik sharlarning to‘qnashishiga o‘xshash
γ
- kvantlarning modda atomlari elektronlari bilan elastik to‘qnashishi kabi qarab
chiqiladi.
γ
- kvant juda katta tezlikda atom elektroniga o‘riladi, energiyasining bir
qismini yo‘qatadi va urilishi natijasida dastlabki yo‘nalishdan og‘adi. Bunday
γ
- kvant endi sochilgan
γ
- kvant deyiladi.
γ
- kvant energiyasining ma’lum bir qismini olgan elektron atomlar uchib
chiqadi va kompton yoki qaytarish elektroni deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: