Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

8.5.
 
Qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar sifatini nazorat qilish 
uchun radioaktiv izotoplarning qo‘llanilishi
BETONDA nuqsonlarni aniqlash uchun
γ - grafik 
usuldan foydalaniladi. Bu usulda yoritilayotgan materialning 
zichligi va bir jinsliligining o‘zgarishi bilan yuzaga kelgan γ - 
nurlarning susayishi rentgen plyonkada qayd etiladi (8.8-
rasm). Buyumlarning ancha yo‘g‘on qismlarida va yanada 
qalinroq material bilan γ - nurlarning susayishi kattaroq 
bo‘ladi, binobarin, rentgen plyonkasida bu uchastkalar och 
bo‘lib chiqadi. Buyumning yupqa uchastkalari, nuqsonli va 
materialni zichligi past bo‘lgan uchastkalari plyonkasi har 
doim qora yoki qora dog‘lar ko‘rinishida hosil bo‘ladi. 
Temirbeton 
buyumlarda armaturaning mavjudligi γ - 
nurlarni ancha susaytiradi, chunki po‘latning zichligi 
betonning zichligidan taxminan uch marta ortiq
plyonkada armatura yorug‘ yo‘llar ko‘rinishida 
yoritiladi. 
Radiometrik usullar temirbeton 
truboprovodlarning (quvurlarning) ichki sirtlari betoni korroziyasini aniqlash uchun, 
shuningdek po‘lat truboprovodlarning ular orqali obraziv qurilish materiallarini 
haydashda yeyilish kattaligini aniqlashda foydalanish mumkin.
8.8-rasm. Beton buyumlarni 
grafik usul bilan nazoratdan 
o‘tkazish sxemasi: 1- izotopli 
konteyner; 2- nazorat 
qilinayotgan buyum; 3- 
buyumdagi nuqson; 4- kasseta 
plyonkasi bilan; 
 5- fotoplyonka; 6- plyonkada 
nuqsoning tasviri; 7- ekran. 


249 
Materialdagi korroziyaning mavjudligi sinalayotgan trubaning devori orqali 
o‘tgan γ - nurlarning sochilish va qaytish sharoitlarining o‘zgarishiga ko‘ra 
aniqlanishi mumkin. 
Armaturaning joylashishini nazorat qilish. 
Temirbeton konstruksiyalarda 
armaturaning joylashishini va betoning himoya qatlami qalinl
igi aniqlash uchun γ - 
grafiya usulidan foydalaniladi, bunda tekshirilayotgan konstruksiyasining bir 
tomoniga radioaktiv manbali konteyner, ikkinchi tomoniga esa rentgen plyonkasi 
bo‘lgan kasseta joylashtiriladi. 
Qalinligi 10-200 sm bo‘lgan qalin devorli temirbeton konstruksiyalarni 
yoritishda radioaktiv manbani ichiga joylashtirilgan ma’qul. Radioaktiv manba 
konstruksiya jismning ichiga joylashtirilganda (8.9.-rasm) suratlar ancha tiniq 
chiqishi aniqlangan, suratlarda konstruksiyaning qarama-qarshi tomonlari armaturasi 
bir-birining ustiga tushmaydi, shuningdek mehnat muhofazasi nuqtai nazaridan 
radioaktiv izotop bilan ishlashning yanada qulay sharoitlari yaratiladi. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin