261
-armatura qidiruvi chiziqli va raqamli displey indikatorlarining ko‘rsatkichlari
bo‘yicha, shuningdek tovushli tonal signal bo‘yicha amalga oshiriladi;
-o‘lchash natijalari va shartlari uchta xotira sohasida saqlanadi: asosiy rejim –
800, ma’lum diametr rejimi – 400, skanirlash – 200 sahifada 12 tadan natija;
-asbob GOST 22904 da ko‘zda tutilmagan armaturaning boshqa turlari va
sinflariga avtomatik tarzda rostlanishi mumkin, rostlanishlar xotirasiga ham ega;
-arxivdan sanalar va raqamlar bo‘yicha natijalarning tezkor qidiruvi amalga
oshiriladi;
-akkumulyatorlar va temperatura monitoringi olib boriladi;
-optointerfeys va servis kompyuter dasturi mavjud.
Asbob quyidagi variantlarda ishlab chiqariladi: “Poisk-2.51” – to‘liq
versiya va
“Poisk-2.52” – soddalashtirilgan versiya.
Texnik jihatdan quyidagicha tavsiflanadi:
-himoya qatlamini o‘lchash diapazoni, mm...................0...130
-nazorat qilinadigan diametrlar, mm.............................3...50
-himoya qatlamining chegaraviy qiymati, mm..............175
-sezgirlik chegarasi, mm..............................................250
-himoya qatlami h ni o‘lchash xatosi chegaralari, mm....
±
(0,03h+0,5)
-elektron blok/datchik gabaritlari, mm..........................150x75x27/150x32x37
-elektron blok/datchik massasi, kg................................0,14/0,20
-ishchi temperaturalar diapazoni,
0
S.............................-10...+40
262
X BOB. LYUMINESSENT DEFETOSKOPIYA
Lyuminesseniya (moddaning sovuq yorug‘lanishi) ko‘pincha moddalar
ko‘rinadigan yoki ultarbinafsha nurlar bilan nurlantirilganda o‘zlari nurlanish
manbaiga aylanishi xodisasiga asoslangan. Rentgen, ultrabinafsha nurlar,
γ -nurlar va
h.k.lar uyg‘otuvchi nurlanish manbalari bo‘lishi mumkin.
Nurlangan moddaning yorug‘lanishi davomiyligiga bog‘liq
ravishda
lyuminessent hodisalar fluoressensiya va fasforessensiyaga bo‘linadi. Fluoressensiya
shunday xodisaki, unda nurlantirilgan moddaning yorug‘lanishi 1·10
-6
s dan kam vaqt
davom etadi, ya’ni amalda nurlanish to‘xtashi bilan bir vaqtda yo‘qoladi.
Fosforessensiya – ancha davom etadigan yorug‘lanish hodisasidir, u nurlanish
tugagandan so‘ng ma’lum bir vaqt oraligida davom etadi.
Ultrabinavsha nurlarining manbalari.
Yorug‘lanishni uyg‘otish uchun
ko‘pincha ultrabinavsha nurlardan
foydalaniladi, bu nurlar past va yuqori bosimli
simobli va simobli kvarsli lampalardan olinadi. Past bosimli simobli lampalar to‘lqin
uzunligi 2537Å bo‘lgan qisqa to‘lqinli nurlarni tarqatadi va bu nurlarni oson
o‘tkazuvchi uviol shisha ballonda tayyorlanadi. Yuqori bosimli simobli-kvarsli
lampalar ma’lum miqdordagi argon va simob bilan to‘ldirilgan kvars naylar
ko‘rinishida tayyorlanadi; ular to‘lqin uzunligi 3663Å bo‘lgan ultrabinavsha nurlarni
tarqatadi. Umumiy nurlanishlar oqimidan ultrabinavsha nurlarni ajratish uchun
maxsus yorug‘lik
filtridan foydalaniladi, ular spekterning ultrabinafsha qismini
o‘tkazadi va ko‘rinadigan hamda infraqizilnurlarni tutib qoladi. Yorug‘lik filtrlari
uviolli, silikatli yoki fasfatli shishadan kobalt va nikel oksidlari qo‘shimchalari bilan
tayyorlanadi.
Ultarbinavsha yorug‘likni hosil qilish uchun ultrabinavsha
yoritkichlarning bir qancha turlaridan foydalaniladi: LYUM -1, LA-1, OS-65, KP-1N
va boshqalar.
Lyuminessent suyuqliklari.
Lyuminessiyalovchi
suyuqliklar yuqori singib
o‘tuvchi qobiliyatga, ultrabinavsha nurlar bilan nurlantirilganda yuqori yorug‘lanish
intensivligiga, shuningdek sinalayotgan materialga nisbatan kimyoviy inertlikka ega
bo‘lishlari kerak . Bunday suyuqliklar, kichik qovushoqlikka va yuqori ho‘llash
qobiliyatiga ega bo‘lib, xatto juda mayda yoriqlar ichiga oson singib o‘tadi.
Lyuminessent suyuqliklarni ikki asosiy guruhga bo‘lish mumkin: komponentlaridan
biri o‘zi lyuminofor suyuqliklar va lyuminessiyalovchi moddalar qo‘shimcha sifatida
kiritiladigan suyuqliklar.
263
Birinchi guruxga lyuminofar bo‘lib hisoblanuvchi 15% och трансформатор
moyidan, 83% kerosindan va 2% OP-7 yoki OP-10 emulgatordan iborat
lyuminessent suyuqligi kiradi. Ikkinchi guruhga 50% kerosin, 25% benzin, 25% och
vazelinli transformator yoki boshqa mineral moydan va 0,02-0,03% fluorensiyalovchi
bo‘yovchi (yashil-tilla rangli defektol) dan iborat suyuqlik kiritilishi mumkin.
Ultrabinavsha nurlar ta’sirida bu suyuqlik ravshan moviy tusli sariq-yashil
rangda
yoritadi.
Sinovlarni o‘tkazish.
Sinovlarni o‘tkazishdan oldin sinalayotgan metallning
sirti turli qotma, zang, moy va h.k.lardan yaxshilab tozalanadi. Tozalangan sirtga
purkash usuli yoki vannaga botirish usuli bilan fluressensiyalovchi suyuqlik
qoplanadi va havoda 10-15 minut tutib turiladi. Bu vaqt ichida eritma barcha
nuqsonlar va mikroyoriqlarga singib borib yetadi. So‘ngra ortiqcha suyuqlik sirtidan
yuvib tashlanadi, lekin kapillar ilashishi kuchlari tufayli yoriqlarda tutilib qoladi.
Yuvilgandan so‘ng sinalayotgan detal sirti 50-60
0
gacha isitilgan
havo oqimida
quritiladi va juda mayda quruq kukun qatlami sepiladi. Kukun sifatida kuchli
adsorbsion xossalarga ega bo‘lgan silikagel, magnit oksidi, marshallit va boshqa
moddalardan foydalaniladi. Kukun sepilgan sirt yoriqlarining chuqurligi va tavsifiga
bog‘liq holdan 5 dan 30 minutgacha tutib turiladi. Bu vaqt ichida kukun nuqsonli
joylardan suyuqlikni tortib oladi, bu suyuqlikni shimib oladi va sirt bilan
ilashadi.(10.1-rasm). Shundan so‘ng sinalayotgan namuna filtrlangan ultrabinafsha
yorug‘likda ko‘zdan kechiriladi.
Dostları ilə paylaş: