Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

TO‘RTINCHI BO‘LIM 
MATERIALLAR VA KONSTRUKSIYALARNI SINASHDA NATIJALARGA 
ISHLOV BERISH VA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH 
 
XI BOB. MATEMATIK STATISKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI
VA USULLARI 
Tasodifiy kattaliklar yoki hodisalarning ommaviy sinash natijalarini ishlov 
berishda matematik statistikaning turli xil uslublaridan foydalanish mumkin. 
Matematik statistikaning u yoki bu usulini to‘g‘ri qo‘llanishi jarayonni yaxshilash 
to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun hodisa yoki jarayonni yanada to‘laroq baholashga 
imkon beradi. Statistik uslublar aniq fanlarning klassik uslublariga – fenomenologik 
uslublariga qarama – qarshi qo‘yilmaydi, balki xodisalar va jarayonlarni kengroq va 
chuqurroq tahlil qilishga imkon beruvchi ularning qo‘shimchasi, to‘ldiruvchisi 
bo‘ladi. Matematik statistika foydalanadigan asosiy tushunchalar ehtimollar 
nazariyasida beriladi. 
11.1. Ehtimollar nazariyasidan ayrim ma’lumotlar 
Ehtimollar nazariyasi – bu tasodifiy kattaliklar va hodisalarning qonuniyatlarini 
o‘rganuvchi matematika fani. 
Bir necha marta sinashda turli xilda chiqadigan qurilish materiallari 
xossalarining tavsiflari 
tasodifiy kattaliklar 
deyiladi.
Ko‘p marta qayta takrorlashda doim turlicha kechadigan texnologik 
operatsiyalar 
tasodifiy hodisalar 
deyiladi.
Yig‘ma temirbeton zavodining texnologik liniyasida tayyorlanadigan 
buyumlarning tasodifiy kattaligi – beton mustahkamligini qarab chiqamiz. Uni 
standart namuna – kubchalarni sinashda aniqlanib, ular ham o‘sha beton 
aralashmasidan tayyorlanadi va nazorat qilinayotgandagiga o‘xshash sharoitlarda 
ishlov beriladi. Buyumlarning aynan bir turini ishlab chiqarishda namunalarning 
mustahkamligini buyumlarning mazkur turiga xos bo‘lgan siqilishiga mustahkamlik 
bo‘yicha beton sinfi (markasi) aniqlanadi. Mustahkamlik tarkibiga (sement, suv va 
to‘ldirgichlarning sarfiga), zichlashish va qotish texnologik rejimlariga, sinash 
usullariga bog‘liq.


267 
Bu omillarning barchasi doimiy emas. Sementning aktivligi va 
to‘ldirgichlarning tabiiy namligi o‘zgarib turadi. Dozalash qurilmalarining 
mukammal emasligi oqibatida beton aralashtirgichga materiallar yuklashda beton 
aralashmasini tashkil etuvchi materiallar sarfi o‘zgarib turadi. Nazorat namunalarini 
tayyorlash va qotish jarayonida texnologik rejimlar o‘zgaradi: vibrozichlanishda 
vibratsiya porometrlari va ta’sir qilish vaqti, issiqlik ishlov berish sharoitlari, tabiiy 
qotishda muhitning namligi va temperaturasi. Namunalarni siqishga sinashda 
yuklanishni uzatish shartlari, uni qo‘yish tezligi, namunalarning geometrik 
o‘lchamlari o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun ham namunalarni sinashda 
mustahkamlikning turli xil, bir – biridan ko‘proq yoki kamroq farq qiladigan 
qiymatlari olinadi, bunda har bir o‘lchash tasodifiy kattalik bo‘ladi. 
Ehtimollar nazariyasi tasodifiy kattaliklar va hodisalarning to‘plamini 
o‘rganadi. Aynan to‘plamda, ommaviylikda ma’lum qonuniyatlar, o‘ziga xos 
barqaror natijalar namoyon bo‘ladi. 
Namuna kublarni sinashda betonning mustahkamligini aniqlash bilan bog‘liq 
misolda ayrim namunalar mustahkamligining turlicha qiymatlari olingan. Agar 
namunalar soni uncha katta bo‘lmasa (20-30 tagacha), u xolda mustahkamlik 
qiymatlari birorta ko‘rinuvchi qonuniyatsiz taqsimlanadi. 
Sinalgan namunalar soni ortib borgani sari ma’lum bir qonuniyat namoyon 
bo‘la boshlaydi, u qancha ko‘p namuna sinalgan bo‘lsa, shunchalik aniq bo‘ladi. 
Mustahkamlik qiymatlari o‘rtacha mustahkamlikka mos keluvchi ma’lum bir 
markaziy nuqtaga nisbatan taxminan simmetrik bo‘ladi. Bu nuqtadagi qiymatlariga 
yaqin natijalar soni katta farq qiluvchi va chet tomonlarida joylashgan qiymatlar 
sonidan katta bo‘ladi. Shunday qilib, mustahkamlik qiymatlarining chastotasi 
markaziy nuqtadan uzoqlashganda to‘la aniq qonun bo‘yicha kamayadi. Bu qonun 
matematik statistikada asosiy qonunlardan biri hisoblanadi va 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin