Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Konstruksiyalarni rentgen va radiometrik usullari bilan sinashda mehnat



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

 
12.2. Konstruksiyalarni rentgen va radiometrik usullari bilan sinashda mehnat 
muhofazasi 
γ-defektoskopiya ishlariga maxsus bilim olgan va tegishli guvohnomaga egi 
bo‘lgan, 18 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarga ruxsat etiladi. 
Radioaktiv moddalar bilan ishlash radioaktiv nurlanish yuzaga keltiradigan 
xavflar bilan bog‘liq, bu esa ishlash tartibini belgilab beruvchi sanitariya qoidalariga 
va me’yorlarining so‘zsiz bajarilishini talab etadi. Nurlanishlarning ta’sirini aniqlash 
va baholash uchun plyonkali va cho‘ntak dozimetrlaridan, shuningdek Geyger-
Myuller hisoblagichlaridan foydalaniladi. 
Radioaktiv nurlanishlarning o‘lchov birliklari quyidagilardir: Rentgen R-
ekspozitsiya birligi, doza quvvati; Kyuri Si- radioaktiv moddaning aktivligi
Rentgenning biologik ekvivalenti (ber) – yutilayotgan energiya birligi; Rentgening 
fiziologik birligi (fer) – ionlovchi nurlanish miqdori. 
Dozimetrik nazorat quyidagilarni nazarda tutadi: radioaktiv nurlarning 
individual dozalarini tekshirishi; asosiy va yordamchi xonalarda shuningdek 
hududning unga yaqin uchastkalaridagi radioaktivlik darajasini aniqlash, himoya 
vositalarining samaradorligini va konteynerlar, qurilmalar, jihozlar sirtlarini hamda 
ko‘chma konteynerlar zaradlash va qayta zaradlash amalga oshiriladigan 
xonalarning radioaktiv izotoplar bilan ifloslanish darajasini aniqlash.
Radioaktiv nurlanish manbalari bilan ishlash boshlanishdan oldin 
ishlovchilarning hammasi shaxsiy dozimetrlar bilan taxminlanadi. Har bir ishlovchi 
qabul qilgan nurlash dozasi maxsus jurnalda qayd qilinadi. 
Bir haftalik nurlanish miqdori 0,1 R dan, yillik miqdori esa 5 ber dan 
ortmasligi kerak. Rentgonometrik va radiometrik sinovlar davrida tadqiqotchi 


299 
turgan joydagi nurlanish dozasining quvvati 2,8 mR/soat dan, eng yaqin ish 
o‘rinlarida esa 0,28 mR/soat dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Radiatsiya darajasi 0,28 
mR/soat dan ortiq bo‘lgan zona ko‘chma to‘siq bilan, shuningdek xavf mavjudligi 
to‘g‘risida ogohlantiruvchi jadval va plakatlar to‘silishi kerak. 
Konteynerlar tashqi sirtining ifl
oslanganligi 150 sm2 da 1 minutda 500 β-
zarrachadan ortiq bo‘lmasligi va konteynerlarning radioaktiv izotoplar aniqlash har 
oyda amalga oshirilishi kerak. O‘zgaruvchan konteyner sirtidagi dozani quvvati 
uning g‘ilofi sirtidan 1 m masofaga 3 mR/soat dan oshmasligi kerak. 
Defetoskopiya uchun ko‘chma qurilmalar maxsus jihozlangan saqlagichlarga 
ega bo‘lishi kerak. Qurilmalar saqlanadigan joy ishonchli tarzda qo‘riqlashishi 
kerak. Defetoskopiya uchun ko‘chma qurilmalar saqlanadigan omborda xizmat 
ko‘rsatuvchi xodimlarning doim hozir bo‘lishlari, shuningdek oson yonuvchi 
portlash xavfi bo‘lgan moddalarni saqlash taqiqlanadi. 
Radiometriya va rengenoskopiya qurilmalari va apparatlardan foydalanishda 
radioaktiv moddalar va ionlovchi nurlanishlar manbalari bilan ishlashning sanitariya 
qoidalarini tartibga soluvchi tegishli me’yoriy xujjatlar talablarini bajarish zarur. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin