Texnik qarash.
Mashinalarning detallari va uzellarining mudatidan oldin yoki
sinishning oldini olish maqsadida davriy ravishda o‘tkaziladigan texnik qarash
(ko‘zdan kechirish) quyidagilardan iborat: mashinani tozalash, mashinani ko‘zdan
kechirish va mayda nuqsonlarni bartaraf etish; ko‘zdan kechirish imkoni bo‘lgan
mahkamlash detallari, shponkali birikmalar va tirak halqalarining holatini va
mavjudligini tekshirish, shuningdek, nosoz mayda detallarni almashtirish;
ishqalanuvchi sirtlarning qizish darajasini tekshirish; moylash asboblarining, moy
quvurlarining, sovutish sistemasining, zichlashtirgichlar va nazorat qiluvchi
asboblarning ishlashini tekshirish; dvigatelning ishlashini, ishga tushirish va
tormozlash qurilmalarini va boshqarish sistemasi ishini tekshirish; tasmali
uzatishlar, zanjirlar, arqonlar va boshqalarning taranglik darajasini va holatini
tekshirish; yurish qismi holatini tekshirish; biriktiruvchi muftalarni ko‘zdan
kechirish va tekshirish; himoya to‘siqlari holatini tekshirish va nosozliklarni bartaraf
etish; mashina korpusi va elektromotorda yerga ulanish mavjudligini tekshirish;
mashinaga yonilg‘i, moy va suv quyish.
Joriy ta’mirlash.
Bunda xizmat muddati ta’mirlash davri oralig‘iga teng yoki
karrali bo‘lgan, lekin ta’mirlash siklining yarmidan katta bo‘lmagan (mashinadan
foydalanish bo‘yicha qo‘llanmaga muvofiq) xizmat muddatli detallar ta’mirlanadi
yoki ishdan chiqqanlari almashtiriladi, bunga quyidagi ishlar kiradi: ta’mirlash yoki
almashtirishni talab etuvchi detallarni yechib olish; uzellarni ta’mirlash uchun
detallarga ajratish yoki xizmat muddati ta’mirlash siklining yarmiga teng, karali
303
yoki yaqin bo‘lgan detallarni ta’mirlash yoki almashtirish; o‘tkazishlarni (posadki)
tiklab va rostlash bilan uzellarni yig‘ish; sinash; bo‘yash (qisman).
Joriy ta’mirlash ishlari xajmi foydalanish tajribasi asosida oldindan o‘rnatiladi
va ta’mirlash ishlari bajarilayotganda ko‘zdan kechirib aniqlashtiriladi.
Kapital ta’mirlash.
Bunda ta’mirlashning barcha undan oldingi turidagi ishlar
amalga oshiriladi va bundan tashqari, xizmat muddatlari ta’mirlash siklining
kattaligiga yaqin yoki teng bo‘lgan detallar, shu jumladan bazoviy va yirik
o‘lchamli detallar ta’mirlanadi yoki almashtiriladi, quyidagi ish turlarini o‘z ichiga
oladi: mashinani uzellarga va uzellarni detallarga ta’mirlash yoki almashtirish;
o‘tkazishlarni tiklash va rostlash bilan uzellarni yig‘ish; detallar va uzellarning
holatini tiklagan holda mashinani yig‘ish; sinash; bo‘yash (to‘la).
Kapital ta’mirlashda maksimal imkoniyat darajasida mashinaning texnik
tavsifi tiklanadi.
Yuk ko‘tarish mashinalarini texnik ko‘rib tekshirish.
Yuk ko‘tarish
mexanizmlari, shuningdek olinuvchi yukni tutish moslamalari ishga ruxsat
etilishidan avval texnik nazorat idoralari tomonidan texnik ko‘rib tekshirishdan
o‘tkazilishi va qayd etish kerak. Yuk ko‘tarish mashinalari kamida 12 oyda bir
marta davriy texnik ko‘rik tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak.
Navbatdan tashqari ko‘rik-tekshiruv mashina rekonstruksiya qilingandan va
amalga oshirilgan kapital ta’mirlashdan so‘ng o‘tkaziladi. Texnik ko‘rib tekshirish
natijasida yuk ko‘tarish mashinasining texnik nazorat talablariga mos kelishi, uning
xavfsiz ishlashni ta’minlovchi soz holatda bo‘lishi va mashinaning xizmat
ko‘rsatishi texnik nazorat qoidalariga va xavfsizlik talablariga mos kelishi
aniqlanadi.
Texnik ko‘rib tekshirishda yuk ko‘tarish mashinasi ko‘zdan kechiriladi, statik
va dinamik sinovlardan o‘tkaziladi.
Statik sinov mashinaning mustahkamligini va uning ayrim elementlari
mustahkamligini tekshirish maqsadida mashinaning yuk ko‘tarish qobiliyatidan
25% ortiq yuklanish bilan amalga oshiriladi.
Ko‘prikli kranni statik sinovdan o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) kran yo‘llar tayanchlari ustiga o‘rnatiladi; b) kran aravachasi eng katta egilishga
to‘g‘ri keluvchi holatga o‘rnatiladi; v) yuk ilgakka ilinadi va 200-300 mm
304
balandlikka ko‘tarilib, shu holatda 10 min mobaynida tutib turiladi, bunda kran
ko‘prigining egilish o‘lchanadi; g) tutib turilgandan so‘ng yuk pastga tushiriladi va
kran ko‘prigining qoldiqli egilish yo‘qligi tekshiriladi.
Dinamik sinov yuk ko‘tarish mashinaning mexanizmlarini xarakati va ularni
tormozlarini tekshirish maqsadida mashinaning yuk ko‘tarish qobilyatidan 10%
ortiq yuklanish bilan amalga oshiriladi.
Texnik ko‘rib tekshirish natijalari yuk ko‘tarish mashinasining pasportiga
yozilib, keyinga ko‘rik – tekshirish muddati ko‘rsatiladi.
Yechib olinadiga yuk tushish moslamalari (stroplar, zanjirlar, qisqichlar,
traversalar va boshqalar)ni ishni boshlashdan avval ko‘zdan kechirish, ko‘rib
tekshirishda esa ularning nominal yuk ko‘tarish qobiliyatidan 1,25 marta ortiq
yuklanish bilan sinovdan o‘tkazish zarur.
Ishlatish (foydalanish) jarayonida yechiluvchi yuk tushishi moslamalari va
idishni quyidagi muddatlarda davriy ko‘zdan kechirib turish zarur: har 6 oyda
traverslar; bir oydan keyin – qisqichlar; 10 kundan keyin – stropalar va idishlar.
Yechib olinuvchi yuk tutish moslamalari va idishni ko‘zdan kechirish
natijalari maxsus hisobga olish va ularni ko‘zdan kechirish jurnaliga yoziladi.
Yuk ko‘tarish mashinalarini va yuk tutish moslamalarini nazorat qilish,
saqlash va xizmat ko‘rsatishini ta’minlash korxonalarning rahbarlari zimmasiga
yuklanadi, mashinalarning soz holatini ta’minlash uchun javobgarlik tashkilot
rahbariyati buyrug‘i bilan tegishli malakaga ega bo‘lgan muhandis-texnik xodim
zimmasiga yuklatiladi.
|